Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Fizika -astranomiya fakultetiti 101-guruh talabasi
Download 8.32 Kb.
|
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Fizika -www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompleks tuzlar
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Fizika -astranomiya fakultetiti 101-guruh talabasi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Fizika –astranomiya fakultetiti 101-guruh talabasi Doniyeva Go’zalning Kimyo fanidan Kompleks Tuzlar mavzusida yozgan referati Mavzu : Kompleks tuzlar ,nomlanishi ,olinish usullari , xossalari . Reja : 1. Tuzlar haqida . 2. Kompleks tuzlar haqida . 3. Ularning olinish usullari . Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy ; fosfoniy ; gidroksoniy kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Kompleks tuzlar – tarkibida kompleks ion saqlagan murakkab moddalar. Masalan: K3[Fe(CN)6], K4[Fe(CN)6], Fe3[Fe(CN)6]2, Fe4[Fe(CN)6]3, Na3[Co(NO2)6], K3[FeF6], K2[‗tF4], Na2[HgI4], [CrCl2(H2O)4]Cl, [CrCl3(H2O)3] va h.k. Kompleks tuzlarni nomlash: asosan tarixiy nomlar ishlatiladi, masalan: K3[Fe(CN)6] – qizil qon tuzi, K4[Fe(CN)6] – sariq qon tuzi, Fe3[Fe(CN)6]2 – berlin zangorisi, Fe4[Fe(CN)6]3 – turunbul ko‘ki va h.k. Bundan tashqari kompleks tuzlar sistematik quyidagicha nomlanadi: K3[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (III), K4[Fe(CN)6] – kaliy geksatsianoferrat (II), Fe3[Fe(CN)6]2 – temir (II) geksatsianoferrat (III), Fe4[Fe(CN)6]3 – temir (III) geksatsianoferrat (II), Na3[Co(NO2)6] natriy geksanitrito kobaltat (III), K3[FeF6] kaliy geksaftoroferrat (III), K2[‗tF4] – kaliy tetraftoroplatinat (II), [CrCl2(H2O)4]Cl – dixlorotetraakva xrom (III) xlorid, [CrCl3(H2O)3] – trixlorotriakva xrom (III) va h.k.Ba‘zi murakkab moddalar boshqa murakkab moddalar bilan reaktsiyaga kirishib yanada murakkabroq moddalar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan moddalar XIX asrning oxirlarida kompleks birikmalar deb ataladigan bo‘ldi. Kompleks birikmalar hosil bo‘ladigan jarayonning mohiyatini tushunib olish uchun 1893 yilda Shveytsariya kimyogari A.Verner taklif qilgan va L.Chugaev, I.Chernyaev, A.Grinberg va boshqalar tomonidan to‘ldirilgan kordinatsion nazariya bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. Bu nazariyaning asosiy bandlari quyidagilardan iborat: Kompleks birikmalardagi ion yoki atomlardan biri markaziy ion (yoki markaziy atom) hisoblanadi va uni kompleks hosil qiluvchi deb ataladi. Kompleks hosil qiluvchi markaziy ion (yoki atom) atrofiga ma‘lum son qaramaqarshi zaryadli ionlar yoki qutblangan molekulalar (ligandlar) joylashadi (boshqacha aytganda ular koordinatsiyalanadi). Markaziy ion yoki atomning qo‘shimcha valentliklari fazoda ma‘lum yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Markaziy ion yoki atom ligandlar bilan birga kompleksning ichki sferasini hosil Markaziy ion yoki atom bilan bevosita birikkan ligandlar soni 2,4,6,8 ga teng bo‘ladi. Markaziy ion yoki atomdan uzoqroq joylashgan ionlar kompleksning tashqi sferasini tashkil qiladi. A.Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentliklar hisobiga hosil bo‘ladi. Kompleks birikmalar esa qo‘shimcha valentliklar hisobiga hosil bo‘ladi. Masalan: PtCl4 bilan 2KCl birikib, PtCl4∙2KCl ni hosil qilganda Pt va Cl atomlari o‘zlarining asosiy valentligidan tashqari yana qo‘shimcha valentliklar namoyon qiladi: bu erda qora chiziqlar asosiy valentlikni, punktir chiziqlar qo‘shimcha valentlikni qo‘rsatadi. Hozirgi zamon termini bilan aytganda asosiy valentlik elementning ayni birikmadagi oksidlanish darajasini, qo‘shimcha valentlik esa uning koordinatsion sonini ko‘rsatadi. PtCl4∙2KCl da platinaning asosiy valentligi 4 ga, qo‘shimcha valentligi 6 ga tengdir. Kompleks tarkibida markaziy atom bilan bevosita birikkan ligandlar orasidagi bog‘lanishlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deb ataladi. Kompleksda markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bog‘lanishlar bir xil kuchga ega bo‘ladi. Bir valentli elementning koordinatsion soni ko‘pincha 2 ga teng bo‘ladi: [Ag(NH3)2]Cl, K[Ag(CN)2]. Ikki valentlilarning kooordinatsion sonlari ko‘pincha to‘rtga, ba‘zan uchga va oltiga teng bo‘ladi: Na[RbI3], K4[Fe(CN)6], [Zn(NH3)4]Cl2. Uch va to‘rt valentli elementlarning koordinatsion sonlari asosan oltiga teng: K3[Fe(CN)6]. Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon" (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi. Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.[1] Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (osh tuzi) ishlatiladi. http://fayllar.org Download 8.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling