MUNDARIJA
Kirish........................................................................................................................
I BOB. SMM – IJTIMOIY MEDIA MARKETING............................................
1.1 SMM platformasi bilan tanishish.
Facebook tarmog‘i………………………………………………...…………
1.2 SMM platformasi bilan tanishish.
Youtube sayti…………………………………………………..…………….
1.3 SMM platformasi bilan tanishish.
Telegram tarmog`i…………………………………….……………………
1.4 SMM platformasi bilan tanishish.
Instagram tarmog`i.………………………….…………………………….
Ⅱ.”SMM – ijtimoiy media marketing” bo’limini innovatsion ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitish metodlari ……………….
2.1 “Informatika va AT” fanidan ta’lim texnologiyalari va ularni qo‘llash…………………………………………………………………………….
2.2 “SMM – ijtimoiy media marketing” bo’limida innovatsion ta’lim texnologiyasini qo‘llash metodikasi……………………………
XULOSA…………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….
Kirish
Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bо’lishi va keng tarqalishi axborot texnologiyalarini muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi.
О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va Raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari tо’g‘risida”gi 2002 yil 6 iyundagi qarorida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini tо’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot ashyolaridan bahramand bо’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalariining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish; Raqamli texnologiyalar sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy AK tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish masalalari kompterlashtirish va AKT larini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari qatoriga kiritilgan.
Bugungi kun talabi qisqa vaqt ichida talabalarga sifatli ta’lim berish, egallagan bilimlarini nazorat qilish hisoblanadi. Bu borada respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan “О’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо’yicha Harakatlar strategiyasi tо’g‘risida”gi farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan tо’rtinchi yо’nalishida “ umumiy о’rta ta’lim, о’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi” degan jumlalar qayd etib о’tilgan. Bundan, ta’lim sifatini oshirish maqsadida talabalarga о’rgatilayotgan fan bо’yicha bilim berishda zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurligi yaqqol namoyon bо’lmoqda. Mustaqil Respublikamizni har sohada rivojlantirishning negizini tashkil etuvchi ilm-fanni taraqqiy ettirishda jamiyatimiz har bir a’zosining tashabbuskor, g‘ayratli, bilimli, qobiliyatli, ijodkor va albatta axborot madaniyatli bо’lishligi muhim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |