Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”
Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
Download 77.28 Kb.
|
Kochkarova D.A Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.
Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Metodikaning mazmuni va uni amalga oshirishning yetakchi g‘oyalari sifatida quyidagilar chiqadilar: bolaning qadr-qimmatini va uning o‘ziga hosligini tushunish, bola nutqini “yaqin rivojlanishi hududi”ga qarab rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda; rivojlanish hususiyatlarini hisobga olish; pedagogik muloqotning bola bilan emotsional aloqa o‘rnatishga, u bilan dialogik hamkorlik qilishga yo‘naltirilganligi; maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni maxsus o‘rgatishning asosini kommunikativ yondoshuv tashkil etishi lozim bo‘lgan nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida amalga oshirilayotgan ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini tan olish. Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Nutqni rivojlantirish mwtodikasi zamonaviy ona tili (o‘zbek, rus tillari va boshq.) kurslariga, adabiyotshunoslik asoslarini o‘zida jamlagan bolalar adabiyotiga, umumiy, bolalar va pedagogik psixologiya, umumiy va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasiga tayanadi. Nutqdagi buzulishlar – inson ahvolini baholashda til predmetlari yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyatlarda (ruhiy zo‘riqish, siqilish paytida) yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarda fiziologik parametrlar bo‘yicha ayrim nuqsonlar sezilmaydi. Ammo ularning nutqi mutaxassis bo‘lmagan odam tushunishi qiyin bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha faqat til mezonlariga bunday holat yuz berishida dalolat berishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayonda bolalarda umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar adabiy asarlarni qabul qilishlarida va tushunishlarida ularga quyidagi holatlar xos: 1. Qahramonlarga qayg‘urish hamda ularga hammdard bo‘lish, shu tufayli bevosita tashqi ifodalangan emotsionallikning pasayishi. 2. Voqealar zanjirini tiklash va asar ichida hamda asarlar o‘rtasida turl xil mavzuli aloqalar o‘rnatish qobiliyati. 3. Qahramonlikning tashqi harakatlarini ko‘rish va qahramonlar xulq-atvoridagi ochiq motivlarni tushunish, ularning yashirin niyatlari ma’nosiga va xarakatlarining nooshkora motivlariga kirishishga urinish. 4. Hosil bo‘lgan voqea bolaning shaxsiy kundalik hayotidan hikoya emas, balki ko‘proq ertakka o‘xshash bo‘lishi uchun adabiy vaziyatni talqin qilish va o‘zgartirishga urinish. 5. Janr asosi (ertak, hikoya, she’r) va maqbulmavzularining (haayvonlar, sehrgarlik ko‘rinishlari, bolalar va boshq.) paydo bo‘lishi. 6. Tilning ayrim ifodali vositalarini payqash qobiliyatlarini paydo bo‘lishi. 7. Adabiy asarlarning xaraktelli tuzilmasi va shakli haqidagi tasavvurlarni o‘z ijodida ifodalash (kompozitsiyalarining uch qismliligi, adabiy qahramonlikning asosiy harakatlari va boshq.) Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish sohasida pedagoglar va ota-onalar oldiga quyidagi vazifalar turibdi: bolalarni yuqori badiiy saviyadagi adabiyotlarga oshno qilish, ularda adabiy-badiiy taassurotlar zahirasini shakllantirish; ifodali badiiy nutqni shakllantirish; bolalarga kichik prozaik matnlar mazmunini emotsional va ifodali tarzda yetkazish hamda kichik she’rlarini yoddan aytib berishni o‘rgatish. Ma’lum adabiy asarlarni sahnalashtirishda ishtirok etish.9 Xulosa. Maktabgacha yoshdagi katta bola erishgan eng muhim yutuqlar – bu jaranglayotgan nutqqa nisbatan qizg‘in qiziqish, til borlig‘ini eng oddiy tarzda anglashni shakllantirishdan iboratdir. Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutq tuzilishini o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Maktabgacha davrdagi katta yoshda inson hayotining eng muhim davrlaridan biri, uning birinchi dorilfununi nihoyasiga еtadi. Download 77.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling