Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat mustaqil ish
Materiarxat (onalik) urug‘chilik davrida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari
Download 33.64 Kb.
|
2 MAVZU
Materiarxat (onalik) urug‘chilik davrida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari.
Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan qiskiliq jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chiliq jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy jamoa mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, tasviriy san’at bunyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoaning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy madaniyatning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning ma’naviy dunyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa harakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi. Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat kishini tarbiyalashda tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining yangi vositasiga ega bo‘ladilar. Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. Mikluxa-Maqlay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqsadda o‘yinlaridan ham foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliyotga etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan ham huddi shunday hol yuz beradi, chunki ular ho‘jalik ishlari bilan juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar. Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, qisklarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, o‘nga nayza otish rasm bo‘lgan; Bunda har bir ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bu yerda mashq va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishilik o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chiliq tuzumi (matriarxat) va otalik urug‘chiliq tuzumi (patriaraxat)ga bo‘lingan. Bu urug‘chiliq tuzumining har bir o‘ziga xos taraqqiyot va jismoniy madaniyat hususiyatlariga ega bo‘lgan. 2 Onalik urug‘chiliq tuzumining gullab-yashnagan davrida o‘yin uchun mahsus tayyorlangan narsalar (jundan qilingan koptok, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi tuntoq nayzalar, o‘yinchoq, paloxmon, o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan. Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga o‘rgatish ibtidoiy jismoniy madaniyat tarkibiga kirib, uning eng muhum tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga va bumerang irg‘itishga o‘rgatish ayniqsa murakkab bo‘lgan. Onalik urug‘chiliq davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro etilgan edi. Masalan: indeeslarda otalik urug‘chiligi davriga (ularni еvropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish bosqichidayoq ichi kovak va yaxlit kauchoqli koptoklar, mahsus chana (“taboggan”) lar bor edi; ular bu koptok va chanalardan faqat xojaliklardagina emas, balki musobaqalarda ham foydalanganlar. Kolumb davridayoq еvropaliklar indeeslarning koptoklari – Kostilyaliklari (Ispaniya) ning koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Indeeslar tomonidan rezina koptokni kashf etilishi ko‘pgina boshqa Yevropa xalqlarida ham koptok o‘yinning yanada ravnoq topishida muhum rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan changilar, qongilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum bo‘lgan. Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnat va mudofaa faoliyatida ayollar erkaklar bilan bab-baravar qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaklar musobaqasi o‘tqazilar edi. Ba’zi bir ma’lumolarga qaraganda, ayollarning Bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat tuzumi sharoitidagi ayrim boshqa uruglar orasida saqlanib qolgan. Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar xayotda kerak bo‘ladigan epchiliq, chidamliliq, chaqqonlik, jasurlik va qatiyatlik kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va qonella (sharqiy Brazilya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmagunlaricha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Brazilya tadqiqotchilaridan bari Bo‘shan, bu badan mashqlarining qiyinligi shundaki, yugurayotgan kishi yelkasida og‘ir bir yog‘och bo‘lagini ko‘tarib borishi va yugurib borib, nishonga tegizishi lozim, deb yozgan edi. Meksikalik indeeslarda yugurish musobaqasi 20 kmlik masofani aylanib o‘tishdan iborat edi. Etnograf Sobel indeeslarning qaragumar qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta masofani erkaqlar bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini ko‘zatgan. Sharqiy Afrikadagi ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham bo‘lganligi ma’lum. Chunonchi vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy xodisa bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa sharoitlaridayoq suzishning turli usullari, elementlari (masalan; krol usuli bilan suzish) ma’lum bo‘lgan, kanoe va baydarka - xilidagi еngil uzunchoq qayiqda eshkak eshish qo‘llanilgan. Etnografik materiallar Janubiy Amerikadagi ba’zi bir qabilalarda (Evropaning mustamlaka qilib olishgacha bo‘lgan davrda) turida mashq qilish elementlari mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida dalolat beradi. Shimoliy Amerika indeeslarining ayrim qabilalarida (bu qabilalar kashf etilgan vaqtida onalik huquqi asosida urug‘a birlashtirilgan edi) katta rezina koptok, chovg‘anlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va kishi o‘yinlar rasm bo‘lgan. Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham bo‘lganligi ko‘rsatadi. To‘g‘ri, halq bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil bo‘lmagan balki kompleks harakterdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan. “Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shakilda bo‘lgan. Oldin kaktusdan tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. O‘ynovchilar ikki to‘daga bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan teqizishga harakat qilganlar. O‘qi nishonga tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan. Yuqorida aytilgan gaplar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator elementlari onalik urug‘chiligi sharoitidayoq paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Download 33.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling