Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat mustaqil ish


Download 33.64 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi33.64 Kb.
#1114536
  1   2   3
Bog'liq
2 MAVZU


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT
MUSTAQIL ISH
Talabaning :Turabov.S
Tekshirdi : Tursaotov.A
Guruh: 101

Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi

Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari xal etishga urinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar.


Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning ko‘lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “ mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. Rus olimi G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlar jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yinda kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.1
Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoiy hayvon ovi Xalq tasodifi harakterga ega edi. Bu davrda jismoniy madaniyatning biron nisbatni mustaqil elementlarining borligi haqida ishi ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobilyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida xosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy mashqlarni rivojlanishi
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalqk irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli mustahkam va o‘tkir uchli еngil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo bo‘lishi ovchiliq kishini ng asosiy kasbiga aylantirdi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgoxlari odamning ancha yaxshiroq hayot kechira boshlaganidan va o‘z extiyojlarini qondirish uchun ancha katta imqonyatlarga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Chunonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh avlodning madaniyatlash imqoniyati tug‘ildi; Bunda jismoniy madaniyat asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir yerga yig‘ilish va tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki jamoasi ham mustahkam ijtimoiy tuzum emas edi. Shuning uchun ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy poda” deb atalardi.

Download 33.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling