Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. BOSHLANG‘ICH TALIMGA INTEGRATSION YONDASHUVGA DOIR TAJRIBA-SINOV IS’HLARI TAHLILI 1. Tajriba-sinov ishlari mazmuni
BOB YUZASIDAN XULOSALAR Magistrlik ishimizning ikkinchi bobida biz o‘rganilgan ma'lumot va materiallarimizni tizimlashtirdik hamda ayrim xulosalarni ishlab chiqdik. Bundan tashqari integratsiyalashgan darslardan ayrim parchalarni keltirdik. Xulosa sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Yuqorida keltirilgan fanlarni integratsiyalashning mohiyatini quyidagicha tasvirlash mumkin: 1. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bir tomondan dastur talablarini o‘zlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan o‘quvchida fanlararo bog‘liqlik haqida tasavvur uyg‘otadi. 2. O‘quvchilar o‘qish darslarida hikoya va matnlarini o‘rganish orqali undagi bosh g‘oyani, qismlarga ajratishga, hikoya va matnlarning ma'nosini tushunishga o‘rganadilar. Ayni vaqtda bu jarayonda o‘quvchilarning faqatgina nutq boyliklari oshibgina qolmay, bu asarlarning mualliflari, ular sana'tining turlari haqida ham bilimga ega bo‘ladilar. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini madaniyatga, san'atga oshno qiladi.
59
Xulosa qilib aytganda, integratsiyaga asoslangan darslar tashkil qilish, uni amaliyotda qo‘llash davr talabi bo‘lib, bizning pedagogikamizda, metodika fanida hali qilinishi kerak bo‘lgan talay ishlar bor.
60
YONDASHUVGA DOIR TAJRIBA-SINOV IS’HLARI TAHLILI 1. Tajriba-sinov ishlari mazmuni Boshlang‘ich ta'limga integratsion yondashuv texnologiyasining tatbiqiy masalalari asosan amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari bilan bog‘liq. Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishda quyidagi nazariy asoslarga amal qilindi. Tajriba-sinov ishlari ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning ajralmas qismi bo‘lib, u sohaga oid har qanday izlanishlar natijalarining haqqoniyligi, amaliy ahamiyati hamda tatbiqiyligini tasdiqlashning bosh mezoni hisoblanadi. Tadqiqotchi va amaliyotchi pedagoglar aniq ta'limiy muammolar yechimiga bag‘ishlangan tajriba- sinov ishlaridan o‘z pedagogik va metodik mavqyeini oshirish, qo‘llanilayotgan pedagogik innovatsiyalar tasdig‘ini topish, ta'limda sifat o‘zgarishi yasashga intiladilar. Demak, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va qatnashishda tadqiqotchi va amaliyotchi pedagoglar uchun turli sabablar - motivlar bo‘lishi mumkin, biroq yagona bir shart mavjudki, unga ko‘ra bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilgan har bir ijrochi o‘z kasbining ustasi bo‘lishi, bor kasbiy mahoratini ishga solishi talab etiladi. Tajriba-sinov jarayonida yuksak natijalarga erishish uchun tadqiqotchi ishini rejalashtira olish, vazifalar tizimini aniq belgilash, ular orasidan muhimlarini ajrata olish, qo‘yilgan vazifalarning tez va tejamli bajarish usullarini topa bilish, vazifalarning bajarilishini tezkor va aniq nazoratini amalga oshirish, o‘z ishini tashkil qilishga tegishli o‘zgartirish va tuzatishlar kirita olish, olingan umumiy natijalarni tahlil qila olish, ularni belgilangan talablar bilan qiyoslash, talablarni bajarilmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf eta olish bilan bog‘lik, maxsus bilim va ko‘nikmalar tizimiga ega bo‘lishi kerak. Ta'lim islohotlari sharoitida tizimli ravishda amalga oshirilayotgan tajriba- sinov ishlari amaliyoti ko‘rsatib turibdiki, tajriba-sinov dasturlari, mazmuni hamda qo‘llaniladigan metodik vositalarining puxta ishlab chiqilishi, amalga oshirilish
61
ko‘lamining to‘g‘ri belgilanishi belgilangan maqsadlarga erishishning hal qiluvchi shartlaridan biri hisoblanadi. Tajriba-sinov ishlari sifatiga ta'sir qiluvchi bir qancha ob'ektiv hamda sub'ektiv omillar mavjud. Jumladan, tajriba-sinov o‘tkazuvchi tadqiqotchining xohish-istaklari, uning intiluvchanlik darajasini sub'ektiv omillar qatorida, tajriba- sinov ishlariga qo‘yiladigan me'yoriy-xuquqiy xamda pedagogik-psixologik talablarni ob'ektiv omillar qatorida qayd etish mumkin. Bu kabi talablar tajriba- sinov ishlarining turi (izlanuvchi, tasdiqlovchi yoki shakllantiruvchi), ko‘lami (respublika, mintaqa, viloyat yoki shaxar va tuman darajasida, maktablararo, maktab darajasida, individual yoki jamoaviy tajriba-sinov maydoni); tajriba-sinov ishlarining miqyosi (muddati, o‘quv materialini hajmiga ko‘ra bir qancha mavzular, chorak, o‘quv yili, bir necha yilni qamrab oluvchi) va boshqalarda ifodalanishi mumkin. Ta'lim muassasasi ma'muriyati tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish borasidagi vazifalarni muvaffakiyatli amalga oshirilishini ta'minlash bilan bog‘lik, tadbirlar majmuini amalga oshirishi lozim, jumladan: amaliyotchi o‘qituvchilarni tajriba-sinov jarayoniga jalb etishning motivatsion shart-sharoitlarini ishlab chiqish; tajriba-sinov jarayonining barcha
ishtirokchilari (o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning ota-onalari)ni yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan saqlashga qaratilgan xuquqiy-me'yoriy asoslarni belgilab olish; tajriba-sinov ishtirokchilariga nisbatan muayyan talablarni belgilash zarur. Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlari o‘zining aniq belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini nazarda tutuvchi quyidagi talablarni bajarishga yo‘naltirilmog‘i lozim: Dastlab pedagogik jarayonlarni boshqarish, unga zarur tuzatishlarni kiritish imkonini beruvchi tajriba-sinov ishlarining dasturi ishlab chiqilishi, unda tajriba- sinovga oid tadbirlar rejasi, kutilayotgan natijalar, unga erishilganlik darajasini belgilash usullari aks ettirilishi lozim. Tajriba-sinov ishining muayyan davri yakunlariga ko‘ra tahlillar o‘tkazib borilishi, ular hisobotlar, ma'lumotnomalar hamda makolalar kabi shakllarda 62
rasmiylashtirilishi lozim. Bu ortiqcha rasmiyatchilik emas, balki tajriba-sinov ishlarining zaruriy sharti, tajriba-sinov natijalarining asosliligi hamda amalga oshirilayotgan tadbir muhimligini belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Bu boradagi masalalar aniqlashtirilmasdan turib, tajriba-sinovni o‘tkazayotgan tadqiqotchi nimalarni hal qilayotganligi, qanday natijalarni kutayotganligi va qanday baxolash mezonlari asosida ish yuritayotganligi, natija sifatida nimalarga erishganligi mavhum bo‘lib qolaveradi. Tajriba-sinov ishlari dasturida ilmiy farazning to‘g‘ri shakllantirilishi uning murakkablik darajasi hamda yo‘nalishini belgilab beradi. Faraz umumiy yoki xususiy, intuitiv yoki mantiqan asoslangan, ishchi yoki ilmiy asoslangan bo‘lishi mumkin. Odatda, faraz quyidagi tuzilishga ega o‘ziga xos formula asosida shakllantiriladi: “agar ... bo‘lsa, ... ga erishiladi”. Misol uchun: “Agar pedagogika fanlarni o‘qitish jarayonida ma'ruza, laboratoriya, seminar, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar mavzularini o‘quvchilar bila olishiga qaratilsa, ularda fanga oid bilim,
ko‘nikma va
malakalarni mustaqil o‘zlashtirish qobiliyatlarini muvaffaqiyatli shakllantirishga erishiladi”. Tajriba-sinov ishlarining yana bir muhim jihati kutiladigan natijalarni baxolash mezonlarini ishlab chiqish bilan bog‘lik. Agar, mezonlar to‘g‘ri tanlanmasa, ilgari surilgan farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, taklif etilayotgan ishlanmalarning samaradorlik darajasini ob'ektiv baholab bo‘lmaydi. Ushbu mezonlarni ishlab chiqishda tadqiqotchi tajriba-sinov jarayonida qo‘llaniladigan materiallar (o‘quv dasturlari, metodikalar, didaktik tamoyillar, pedagogik usullar majmuasi) ta'sirida o‘quvchilarda yuz beradigan o‘zgarishlar qaysi nuqtai nazardan baholanishini belgilab oladi. Navbatdagi vazifa sifatida olinadigan natijalarni baholashning didaktik vositalari ishlab chiqiladi. Bunday vosita sifatida anketalar, test savollari, nazorat topshiriqlari, suhbat o‘tkazish uchun savollar va h.k.lar xizmat kilishi mumkin. Ularnipg barchasini ishlab chiqish va yoki tanlashda tajriba-sinov ishlaridan kutiladigan natijalarni baholash mezonlariga e'tibor qaratiladi. 63
Tajriba-sinov ishlari ob'ektining tanlanishi tadqiqot doirasi va amaldagi tartib, shart-sharoitlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar chegarasi belgilab olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda tadqiqotchi o‘rganiladigan sohaning chegaralari va nima o‘rganilishini aniqlashtiradi. Misol uchun, tajriba-sinov ishlari ob'ekti sifatida quyidagilar olinishi mumkin: boshlang‘ich ta'limda matematika fanini o‘qitish jarayoni; maktabgacha va umumiy urta ta'lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik jarayoni; yuqori sinf o‘quvchilarida dastlabki kasbiy tushunchalarni shakllantirish jarayoni va h.k. Tajriba-sinov ishlari predmetini belgilashda ob'ekt qanday o‘rganilishi; ob'ektda qanday xususiyat, munosabat va funksiyalar ajralib turishi; aynan olingan tajriba-sinov ishlarida ob'ektnin qaysi jihatlari ochib berilishi lozimligi bilan bog‘lik, masalalar aks ettirilishi lozim. Uning funksiyasi tadqiqot jarayonida amalga oshiriladigan ta'sir doirasini qayd etish, chegaralash bilan bog‘lik bo‘ladi. Tajriba-sinov ishlarining maqsadi, natija sifatida yaratiladigan va sinovdan o‘tkazish bilan bog‘lik, masalalarni aniq va lo‘nda ifodalarda shakllantirib olishga qaratiladi. Masalan; o‘quvchilarning o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik usullar majmuasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish; o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuvi va bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashuvini ta'minlovchi tarbiyaviy ishlar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish. Tajriba-sinov ishlari dasturida vazifalarni belgilashda maqsadga erishish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan tadbirlar, olinadigan natijalar ketma-ket belgilab chiqiladi. Vazifalar belgilangan umumiy maqsadning nisbatan aniq qismlarga ajratilganga xususiy maqsadlari sifatida xam qaralishi mumkin. Masalan: mehnat ta'limi metodikasi rivojining zamonaviy yo‘nalishlarini tahlil kilish; mehnat ta'limi samaradorligini belgilovchi pedagogik usullar hamda metodlar majmuasini aniqlash, ularni ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirish; ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida mehnat ta'limni samaradorligini oshirishga qaratilgan usul va metodlar majmuasini sinovdan o‘tkazish. 64
Tajriba-sinov ishlari odatda uzoq muddat davom etishi sababli u muayyan bosqichlarga ajratilgan holda amalga oshiriladi. Tajriba-sinovning ajratiladigan bosqichlarida uning qismlari, oraliq natijalar hamda ularga erishish ketma-ketligi belgilab olinadi. Qismlar muayyan belgilangan vaqt oralig‘ida tadqiqot ilmiy farazida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishning uzviyligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bosqichlar esa oraliq natijalarni aniqlash, ularni baholash va tegishli tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Shu sababli tajriba-sinov bosqichlarini belgilashda oraliq natijalar xamda ularga erishish ketma-ketligi, buning uchun zarur bo‘ladigan muddatlar oldindan aniqlab olinadi. Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va bu boradagi dasturlarni ishlab chiqishga oid mulohazalarimizni xulosalab, bu jarayonning barcha ishtiroklari uchun muhim bo‘lgan quyidagi muhim jihatlarni ta'kidlab o‘tmoqchimiz: tajriba- sinov ishlari amaldagi jarayonlarga o‘zgartirish kiritishini nazarda tutuvchi tadbirlar majmuasi bo‘lib, unda har bir tadbir oqibati baholanib, puxta o‘ylangan xolda ishlab chiqilmog‘i, qo‘llaniladigan metodika va yangi tajribalar ilmiy- metodologik jihatdan asoslangan hamda qiyosiy o‘rganilgan holda tavsiya etilmog‘i lozim. Ma'lumki, tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvning ilg‘or usullarini aniqlash, unga ta'sir qiluvchi omillarni ishlab chiqish, muammoga doir tajriba-sinov natijalarini amaliyotga tavsiya qilishdir. Ilmiy-metodik tajribalar orqali chiqarilgan xulosalar, ilgari surilgan g‘oyalar, metodik tavsiyalar, ta'lim texnologiyalari ishlab chiqilgan tizimning samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvning darajalarini aniqlash maqsadida ilmiy izlanish usulidan foydalanildi. Bunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflardan nazorat sinflari va tajriba sinflarida tabiatshunoslik darslari misolida kuzatildi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan suhbatlar uyushtirildi, anketa so‘rovlari asosida integratsiyalashgan darslarini tashkil qilish darajasini aniqlashga harakat qilindi.
65
Ilmiy tadqiqot Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 44-maktabida o‘tkazildi. Ilmiy tajriba davomida jami 20 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 73 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning hammasi 4-sinf o‘quvchilaridir. Ilmiy tadqiqot jarayonida suhbat, savol-javob, kuzatish, tajriba, anketa so‘rovlari kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Bu borada bayon qilingan nazariy masalalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining amaliy faoliyati bilan bog‘liqligini tahlil qilish maqsadida tadqiqot loyihasi doirasida respondentlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazildi. Quyida so‘rovnoma natijalarining qisqacha tahlilini keltiramiz. Anketadagi “Integratsiya tushunchasini ta'riflab bering?” deyilgan birinchi savolga o‘qituvchilar javoblari quyidagicha bo‘ldi: To‘g‘ri javob – 1 ta Qisman to‘g‘ri javob – 3 ta Mazmunan to‘g‘ri javob – 6 ta Noto‘g‘ri javob – 10 ta “Fanlararo integratsiyani amalga oshirish uchun nimaga e'tibor berish kerak?” deyilgan savolga esa o‘qituvchilar javoblari quyidagicha bo‘ldi: To‘g‘ri javob – 4 ta Qisman to‘g‘ri javob – 4 ta Mazmunan to‘g‘ri javob – 8 ta Noto‘g‘ri javob – 4 ta “Biror bir fan doirasidagi integratsiyani amalga oshirish uchun nimaga e'tibor berish kerak?” savoliga o‘qituvchilar quyidagicha javob berdilar: To‘g‘ri javob – 1 ta Qisman to‘g‘ri javob – 6 ta Mazmunan to‘g‘ri javob – 5 ta Noto‘g‘ri javob – 8 ta Boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvni muvafaqiyatli amalga oshirish uchun sharoit yaratish lozimligini ko‘pchilik (17 nafar) o‘qituvchi ta'kidlab o‘tdilar. Bu javoblardan ko‘rinib
66
turibdiki, boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuv uchun sharoit yetarli emas. O‘qituvchilarning metodik jihatdan yaxshi tayyor emasligi boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvni amalga oshirishga o‘z ta'sirini o‘tkazgan. Tadqiqotimizda quyidagi mezonlarga asoslangan holda tajribalar o‘tkazildi: a) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning integratsiyalashgan darslarga bo‘lgan qiziqishlarini ortishini o‘rganish; b) boshlang‘ich ta'limda integratsiyalashgan darslarning o‘rni va ahamiyatga ega ekanligini aniqlash; v) boshlang‘ich ta'limda integratsiyalashgan darslardan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyatlarini aniqlash. Bizning izlanishlarimizda boshlang‘ich ta'lim jarayonida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishga e'tibor qaratildi. Masalaning yechimini topish jarayonida integratsiyalashgan darslarning imkoniyatlari o‘rganilib, tahlil qilindi. Ushbu jarayonining natijasi sifatida o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortganligi aniqlandi. Ushbu faoliyat mobaynida integratsiyalashgan fanlardan ongli ravishda foydalanish namoyon bo‘lganligiga amin bo‘lindi. Tajriba-sinov ishlari olib borilgan Yangiyo‘l shaxridagi 44-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 4-A va 4-B sinflar tanlab olindi. Maktabning A sinfi tajriba guruhi va V sinfi kuzatuv guruhi qilib belgilandi. Muammo yuzasidan tajriba-sinov ishlari olib borilayotgan maktablarda darslar tashkil qilindi, kuzatildi, tegishli ilmiy adabiyotlar o‘rganildi hamda integratsiyalashgan darslarning samaradorligini aniqlash uchun anketa savollari tarqatilib javoblar tahlil qilindi. «Integratsiyalashgan darslarning psixo-pedagogik asoslari» mavzusida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. O‘quvchilarni anketa savollariga bergan javoblari va yozgan ijodiy ishlari tekshirib ko‘rildi va qiyosiy tahlil qilindi. Muammo yuzasidan tajriba-sinov ishlari olib borilayotgan maktablarda darslar
tashkil etildi,
kuzatildi, tegishli ilmiy adabiyotlar o‘rganildi, 67
integratsiyalashgan darslar tashkil qilinib, bu darslarga bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishlari aniqlandi. Tajriba sinflarida o‘tkazilgan darslar davomida ilmiy izlanishlarimiz asosida ishlab chiqilgan, integratsiyalashgan ona tili va tabiatshunoslik darslarida turli muammoli ta'lim elementlaridan, metodlardan foydalanildi. O‘quvchilar bilan ta'lim jarayonida erkin muloqot, teng munosabat, ijodiy hamkorlik o‘rnatildi. O‘quvchilarning o‘z fikrlarini tortinmay aytishlariga, muammolarni mustaqil hal etishlariga imkon berildi. Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o‘qituvchilar bunday darslarni bajonidil o‘tdilar, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib bordilar va keyingi darslarda bu mulohazalar inobatga olindi. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Yangiyo‘l shaxridagi 44-sonli (R.G.Farmonova) bizning tavsiyalarimiz asosida darslarni tashkil qildi. Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, dars jarayonida beriladigan har bir yo‘llovchi topshiriq hyech kimni befarq qoldirmaydi va o‘quvchilarning faol ishtirokida mustaqil bajariladi. O‘quvchilarda darsga
bo‘lgan qiziqishlarini ortishida 4-sinfdagi integratsiyalashgan ona tili va tabiatshunoslik darslariining imkoniyatlari, ayniqsa, kattadir. Ayni muammo yuzasidan 4-sinfda o‘tkazilgan integratsiyalashgan ona tili va tabiatshunoslik darsi namuna bo‘la oladi. Tajriba butun o‘quv yili mobaynida 3-bosqichda o‘tkazildi: 1-bosqich – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish imkoniyatlarini o‘rganish. 2-bosqich – shakllantiruvchi bosqichning mazmuni. 3 -bosqich – o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish. Birinchi bosqichda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish imkoniyatlarini o‘rganishning quyidagi 3ta darajasi aniqlandi: 1 daraja – o‘quvchida qiziqish uyg‘onishining bu darajasida o‘quvchi uchun o‘rganilayotgan ob'ekt mazmuni ahamiyatsiz bo‘ladi, faqatgina u o‘zlashtirish uchun oson ekanligi, qiyin emasligi bilan xarakterlanadi. 68
2 daraja – qiziquvchanlik umumiy tarzda namoyon bo‘ladi. 3 daraja – o‘quvchining qiziqishi yoki uning faoliyatida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan biror sabab bilan bog‘liqligi. 2.Tajriba-sinov ishlari tahlili va natijalarga matematik statistik ishlov berish 1 bosqich. O‘quvchilarning integratsiyalashgan darslarga bo‘lgan
munosabatlari o‘rganilib, 5 balli tizimda baholandi.
3.1-jadval № O‘quv fanlari O‘quvchining munosabati Yoqadi
Judayam yoqadi
Yoqtirmaym an
1. O‘qish 12 12
14 2.
Ona-tili 15
11 12
3. Matematika 11 12
15 4.
Tabiatshunoslik
16
11 11
2 bosqich. Shakllantiruvchi tajribaning mazmuni. Boshlang‘ich ta'limda integratsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish va dasturni o‘zlashtirishda o‘quvchilar faolligini oshirish uchun 4-sinfda quyidagi mutanosiblikda integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiq deb topildi. 3.2-jadval № Integratsiyalashgan fanlar nomi 1.
O‘qish-rus tili 2.
O‘qish-tasviriy san'at 3.
Ona-tili va tabiatshunoslik 4.
Tabiatshunoslik-matematika 5.
Tabiatshunoslik-mehnat ta'limi 6.
Matematika-mehnat ta'limi 7.
Matematika-jismoniy tarbiya 69
Mazkur reja asosida bir qator integratsiyalashgan darslar tashkil qilindi (1- ilova ). 3 bosqich. O‘quvchilarda integratsiyalashgan darslarga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini shakllantirish. 4 «A» va 4 «B» sinf o‘quvchilariga o‘qish, matematika, ashula, mehnat darslariga doir belgilangan mavzularida nazorat ishlari berildi. 4»A» sinf o‘quvchilari bu mavzularni an'anaviy tarzdagi o‘qish, matematika, ashula, mehnat darslarida o‘rgandilar, 4- «B» sinfida o‘qish, matematika, ashula, mehnat darslarini integratsiyalashgan darsida o‘rgandilar. Mavzularni o‘zlashtirish sifati hisoblandi va jadvalda aks ettirildi. 3.3-jadval. Natijalar (% da)
Sinf soni O‘quvchi- lar soni 56-70%
71-85% 86-100%
Nazorat sinf 1 35 11 16
8 Tajriba sinf 1 38
6 15
17
Avval nazorat guruhidan quyidagicha natijalar olindi: 11 ta o‘quvchi o‘quv materillarini 56% dan 70% gacha, 16 ta o‘quvchi 71% dan 85% gacha, 8 ta o‘quvchi 86% dan 100% gacha o‘zlashtirilishi qayd qilindi. Nazorat va tajriba guruhlarida o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi yuzasidan aniqroq tasavvurga ega bo‘lishi uchun quyidagicha gistogrammani keltirib o‘tamiz. 3.1. gistogramma
Tajriba guruhidan quyidagicha natijalar olindi: 6 ta o‘quvchi o‘quv materillarini 56% dan 70% gacha, 17 ta o‘quvchi 71% dan 85% gacha, 15 ta o‘quvchi 86% dan 100% gacha o‘zlashtirilishi qayd qilindi. 70
Nazorat va tajriba guruhlarini solishtirish natijasida quyidagicha natijalar olindi: 3.4-jadval Guruhlar Sifat
Samara Nazorat sinf 77% 78%
Tajriba sinf 84%
86%
Ushbu jadvalda ko‘rinib turibdiki, tajriba sinflarida nazorat sinflariga nisbatan sifat 7% ga, samara 8% ga oshgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda integrativ ta'limdan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochishga qaratilgan tajriba sinov ishimiz natijalari mazkur jadvalda ko‘rsatilgan. O‘qish, matematika, ashula, mehnat fanlarini integratsiyalashga qaratilgan dars ishlanmasi (ilova qilindi). 3.5-jadval Guruhlar O‘quvchilar soni 56-70%
71-85% 86-100%
Nazorat guruhi
(o‘quvchilar miqdori). 35
10 16
9 Tajriba
guruhi (o‘quvchilar miqdori). 38 4
20
Jadvaldan ko‘rinadiki, tajriba guruhida o‘quvchilarning 5 nafari topshiriqlarni “3” ga bajargan, nazorat guruhida esa 10 ta. Tajriba guruhida 14 ta, nazorat gurhida esa 16 ta o‘quvchi topshiriqlarni “4” ga bajargan. Topshiriqlarni “5” ga bajargan o‘quvchilar soni nazorat guruhida 9 nafar, tajriba guruhida esa 19 nafarni tashkil etdi. Tajriba guruhida olib borilgan ishlar samaradorligi haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun quyidagi gistogrammani tuzdik.
71
3.2-gistogramma Nazorat va tajriba guruhlarini solishtirganda sifat va samara quyidagi miqdorda oshganligini kuzatdik: 3.6-jadval. Guruhlar Sifat
Samara Nazorat sinf 71% 79%
Tajriba sinf 89%
88%
Tadqiqot ishi davomida darslarda integratsiyaning qo‘llanilishi o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishini ortishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Ilmiy izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalar va dars ishlanmalari asosida uyushtirilgan tajriba-sinov ishlari kutilgan samarani berdi. Bunday darslar boshlang‘ich ta'limda integratsiyalashgan darslariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi, ularda bilimlarni o‘zlashtirishga ishtiyoq uyg‘otib, mustaqil fikrlash qobiliyatlarining shakllanishiga yaqindan yordam berdi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling