Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI I O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.
- II O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.
- Qo‘shimcha adabiyotlar.
- VI. Davriy nashrlar va ilmiy maqolalar to‘plami.
- ILOVALAR
- Toifalash sharhini tuzish qoidasi
- Misol (namuna)
- Klaster tuzish qoidasi
- Misol (namuna) Klaster.
- Muammo» texnologiyasi
- Misol (namuna) «Muammo» texnologiyasi Muammo Yuzaga kelish sababi Salbiy oqibatlar
BOB YUZASIDAN XULOSALAR O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlaridan keyin o‘quvchilarda bilish faolligi ortdi, o‘qishga, o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqish ortdi. Integratsiyalashgan darslar sinfda bolalarni ijodiy qobilyatlarini namoyon qilish imkonini yaratish bilan birga, darsga bo‘lgan ijobiy emotsional kayfiyatni ko‘tarishga xizmat qildi. O‘quvchilarda fikrlarini erkin ifodalash hissi va muloqotga kirishuvchanlik ortdi, o‘qishga o‘rganishga bo‘lgan havas uyg‘ondi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik kabi ijobiy sifatlar ortdi. Tajriba-sinov ishlari yakunlari tahlili ilmiy farazimizning asosli ekanligini ko‘rsatdi.
72
Ilmiy manbalarning tahlili sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek pedagoglari integratsiyalashgan darslarni amaliyotga tadbiq etishga harakat qilganliklarini ko‘rsatdi. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradigan omillar ichida darslarni integratsiyalashgan asosda tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan darslarni olib kirish dolzarb muammolardan biridir. Bugungi kunda ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan darslarni olib kirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ta'lim jarayonini integratsiyalashgan darslar asosida tashkil etishning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda olamni yagona bir butunlikda ekanligi, tabiatdagi mavjud o‘zgarishlar bir-biri bilan bog‘liqlikda ekanligi haqida ta'limotga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratiladi. Ta'lim jarayonini integratsiyalashgan darslardan foydalanish o‘quvchilarni bilim olishlaridagi eng muhim omillardan biri hisoblanib, o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirishlarida yuqori samara beradi. Tavsiyalar: Magistrlik dissertatsiyasida to‘plangan ma'lumotlardan boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan mutaxassislik fanlaridan olib
boriladigan mashg‘ulotlarda, pedagogik amaliyotda, maxsus seminarlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda foydalanish mumkin. Darslarni integratsiyalash asosida tashkil etishning o‘ziga xos xususiyati – bu mashg‘ulotlar pedagogga dars mazmunini boshqarish, o‘quvchilarda olam bir butun ekanligi tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatini beradi. Darslarni integratsiyalash tizimini nazariy-metodik jihatdan takomillashtirish, ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuvga doir didaktik materiallar yaratish lozim. Boshlang‘ich sinf darslari uchun tavsiya etiladigan darslik va qo‘llanmalar yaratishda tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan xulosalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 73
Bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Ayniqsa, ularda o‘quvchilar bilan ishlashga doir amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga e'tibor qaratish zarur. Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta'lim jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi. Ota- onalarning hamda davlatning o‘qish jarayoniga sarflaydigan mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi; mavzulararo integratsiya asosida o‘quv-biluv jarayoni natijalarini istiqbollik qilish mexanizmlari yaratiladi; integratsiyalashtirilgan ta'lim jarayonini boshqaradigan o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi; integral dasturlar asosida o‘quv-biluv jarayonining iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniqlanadi; o‘quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi.
74
I O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari. 1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997-yil. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997-yil. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa- konserni. 1992-yil.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ- 191-sonli Qarori. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli Qarori. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ- 191-sonli Qarori. 75
9. Karimov I. A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq nashriyot – matbaa konserni. 1997. -63 b. 10. Karimov I. A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: 2011-y. 11. Karimov. I. A. Barkamol avlod orzusi. –T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni. 1998. 144 bet. 12. Karimov. I. A. Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch. –T.: “Ma`naviyat” 2008. IV Asosiy adabiyotlar. 1. Амоношвили Ш. К
ребенку-индивидуалный подход»
Воспитание основы (началная школа 1991г). 2. Бухарева Л. Н. Интеграция учебных занятий в началной школе на краеведеческой основе (началная школа 1991г №8). 3. Выготский Л. С. Педагогическая психология. М., 1991. - С.89. 4. Колягин Ю.М., Алексеенко О.Ж. Интеграция школьного обучения. // Нач.школа.-1990, № 9. С. 28-36. 5. Кузмин Л. Л. , Зырина С. В. , Малгорова О. В. Проверочные задания по темам «Растения весной», «Насыкомые и птицы весной». М. Просвещение 1991г. 6. Ян Амос Коменский. Буюк дидактика. Тошкент.1991 7. Мавлонова Р., Раҳмакулова Н. Бошланғич таълимни интеграциялаш. Тошкент 2011й. 8. Мавлонова Р., Воҳидова Н., Раҳмонқулова И., Педагогика назарияси ва тарихи (дарслик) –Т:, “Фан ва технология” нашриёти 2010-йил. 464-бет. 9. Мавлонова Р.А. ва бошқалар. Педагогика (дарслик). Т: “Ўқитувчи” нашриёти. 2002 йил. 10. Новиков А.М. Интеграция базового процесса образования. Педагогика. № 3, 1997.-С. 19-22. 11. Проблемы интеграции в образовании: материалы науч. практич. конф.- Орел: ОГПУ-ИУУ, 1996. С. 6-11. 76
12. Раченко И.П. Интегрированная педагогика. Част 1. Пятигорск: Изд. Пятигорского государственного лингвистического университета, 1997. -212 с.
13. Умумий психология. А.В.Петровский., Брушлинский А.В., В.П.Зинченко. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 512 б. 14. Фетисов Б.Ҳ. Психолого педагогические основы профессионалной адаптации курсантов в средних учебных заведениях МВД РФ: Автореф.дисс. канд. пед. наук. - Брянск, 1996. - 18 с. 15. Фоминых Ю.Ф. Интегративный подход к формированию мировоззрения школников // Педагогика. 1997 г. № 5. - С. 26-29. 16. Франк С.Л. Смысл жизни // Вопросы философии. 1990.- № 6.- С.68 - 93. 17. Чапаев Н.К. Средства интеграции педагогического и технического знания в дидактике профтехобразования // Интеграционные процессы в педагогической теории и практике: Сб. научн. тр. Свердловск, 1990. - С. 22- 26.
18. Haydarov F.I., Xalilova N.I., Umumiy psixologiya. –T.: 2010-yil. 19. Haydarov F.I., Xalilov N.I. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi (o‘quv qo‘llanma). –T.: “Mehnat” nashriyoti, 2007-yil, 178 b.
20. Abdullaeva M. (ma'sul muxarrir), Jalolov A., Nazarov Q., Nosirov R., Otamurodov S., Ochildiev A., Ro‘ziev R (rahbar), Sharipov A., Shermuhamedov S., Haitov Sh., Hoshimova I. Falsafa: ensiklopedik lug‘at. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010-yil, 344 b. 21. Djuraev R.X., Tolipov O‘.Q, Safarova R.F., To‘raqulov X.O., Inoyatova M.E., Divanova M.S. Pedagogik atamalar lug‘ati. –T.: “Fan” nashriyoti, 2008-yil. 22. Hasanboev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Pedagogika fanidan izohli lug‘at. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008-yil. 480-bet. 23. Qiyomiddin Nazirov (tuzuvchi). Falsafa qomusiy lug‘at. –T: “Sharq” nashriyoti. 2004-yil, 496 bet.
77
24. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4 tom. Toshkent.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2002-yil. 704-bet. VI. Davriy nashrlar va ilmiy maqolalar to‘plami. 1. “Kasb-hunar ta'limi” jurnali 2007-yil. №1. 2. Boshlang`ich ta`lim jurnali 2014-yil. №8. 3.
Начальная школа. - 1991. - 8. - С. 48-51. 4. “Kasb-hunar ta'limi” jurnali. 2008-yil. №2 5. Народное образование. - 1996. -№1. - С. 87-89. 6. Узлуксиз таълим. –2005. -.№1. - Б.14. 7. “Ma'rifat” gazetasi. 2012-yil. 28-noyabr, № 94 (8535). 8. Xalq so‘zi, 2012 yil 17 fevral. 9. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiningijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2012-yil. 7- noyabr. №45(210). 10. “O‘quvchilarning milliy ma'naviyatini shakllantirishda boshlang‘ich ta'limning o‘rni” mavzusuga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to‘plami. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent. 2010-yil. VII. Internet saytlari http//www.Norma.uz. O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlar to‘plami sayti. http//www.pedagog.uz. http//www.ziyo.net.uz. O‘zbekiston respublikasi talim sayti. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm http://dl.nw.ru/theories/technologies (Kraevskiy V.V. Problemы nauchnogo obosnovaniya obucheniya. – M.: 1977 g.) http://www.Uzedu.uz, e-mail: info@ uzedu.uz O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi qarorlari. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. – T.: Respublika ta’lim markazi. 2010-y. 143 b. 138-142 betlar.
78
Ilova-1
4- Sinf. O‘qish darsi. Dars nomi: Non eng aziz ne'mat. Kun hikmati: Non aziz, eng halol Non serob bemalol Bo‘lmasin hyech uvol Uvog‘in terib ol. Dars mavzusi: Qambar O‘taevning ”Non qaerdan keladi” she'ri. Darsning maqsadi: 1.Ta'limiy maqsad: Qambar O‘taevning “Non qaerdan keladi?” she'rini o‘rganish. 2. Tarbiyaviy maqsad: nonning –aziz ne'mat ekanligini uqtirish, uni uvol qilmaslikka o‘rgatish, she'r orqali o‘quvchilarda nonni e'zozlash qadrlash hissini uyg‘otish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda ifodali o‘qish malakalarini va nonni tayyorlash malakalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi, noan'anaviy Dars metodi: guruhlarda ishlash, Aqliy hujum, o‘z-o‘zini baholash, boshqarish, boshqotirma, Muammo texnologiyasi, Klaster,Toifalash jadvali. Dars jihozi: Didaktik vositalar: non turlari aks etgan rasmlar, bug‘doy, un, boshqotirma usuliga tarqatmalar. Texnik vositalar: proektor, ekran, kompyuter, disk. Darsning borishi: Darsning blok sxemasi:
79
№ Dars bosqichlari Vaqti
1 Tashkiliy qism. 3 minut 2 Yangi mavzuni tushuntirish. 12 minut 3 Yangi mavzuni mustahkamlash. 25 minut 4 O‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. 5 minut
I Tashkiliy qism. O‘qituvchi tomonidan dars nomi va kun hikmati e'lon qilinadi. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. II Yangi mavzuni tushuntirish. O‘qituvchi bugungi mavzuni e'lon qiladi va o‘quvchilarni guruhlarga ajratadi. Bugun darsda shoir Qambar O‘taevning “Non qaerdan keladi? she'rini o‘tamiz. Avvaldan tayyorlanib kelgan o‘quvchi shoirning biografiyasi haqida gapirib beradi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga shoirning tug‘ilgan kuni va oyini son bilan yozish topshirig‘ini beraman. Bunda o‘quvchilarni sanani to‘g‘ri yozishga o‘rganadilar. “Aqliy hujum” metodi o‘tkaziladi. Non qaerdan keladi? Savoliga o‘quvchilarning javobi tinglanadi. Javoblar umumlashtiriladi. Ekranda ovozli slayd qo‘yib ko‘rsatiladi. Unda nonning qanday paydo bo‘lishi va uning tayyor bo‘lib, dasturxonimizga yetib kelguncha bo‘lgan kishilar mehnati hikoya qilinadi. She'r o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi. So‘ng har bir guruh o‘quvchilari o‘qiydilar. Lug‘at ustida ishlash va ohangdosh so‘zlarni topish guruhlarga vazifa qilib beriladi. She'r o‘quvchilar tomonidan qismlarga bo‘linib, o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi. She'rning birinchi to‘rtligida mehmon kelganda dasturxon yozilib, oldiga non qo‘yish kerakligini odobnoma darslaridan ham ma'lumligi esga olinadi.
80
III Yangi mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilarda “Non qaerdan keladi” degan savolga nonni dunyoga kelguniga qadar insonlarni mehnati haqidagi bilimlarini bilishlari va farqlashlashlari bo‘yicha “Toifalash jadvali” trening o‘tkaziladi.
muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat. Ajratilgan alomatlar asosida olingan
ma'lumotlarni birlashtirishni ta'minlaydi. Tizimli
fikrlash, ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 1. Toifalar bo‘yicha ma'lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin. 3. Ta'lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo‘ladi. Misol (namuna) Toifalash jadvali Kishilar mehnati Dehqon mehnati Un kombinatidagi ishchilari mehnati Nonvoy mehnati Bizning
dasturxonimizdagi kulcha, patir, shirmoy nonlarga solinadigan bug‘doy unini dehqon yetishtiradi. Bug‘doyni yetishtirish uchun,
dehqon uni
ekadi, sug‘oradi, mineral o‘g‘it bilan o‘g‘itlaydi, o‘radi, tegirmonga topshiradi.
Un kombinatida ishchilar maxsus zamonaviy tegirmon apparatlarida bug‘doydan un
tayyorlaydilar. Unlarni
qoplarga joylaydilar, so‘ngra unlarni
magazinlarga, savdo
rastalariga, bozorlarga savdoga chiqaradilar. Nonvoy nonni yasashda juda ko‘p mehnat qiladi. Nonvoy
nonni tayyorlash insonlar dasturxoniga yetkazish uchun bir kun avvaldan xamir qoradi.
Erta tongda uyg‘onib, undan non uchun
zuvala yasaydi, nonni yasaydi. Tandirga olov qalaydi. Non
yaxshi pishishi uchun tandirni yaxshilab
81
qizdiradi. Qaynoq tandirga nonlarni yopadi. Pishgan nonlarni tandirdan uzib, insonlar dasturxoniga yetkazadi.
qaerdan keladi” vazifasi bo‘yicha klaster (g‘uncha bog‘lam) metodini bajarish topshirig‘i beriladi.
tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing. 2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang. 3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
Yuqoridagi berilgan interfaol metodlarni o‘quvchilar bajargandan keyin, o‘qituvchi nonni dasturxonimizga kelguniga qadar bo‘ladigan insonlar mehnatini qadrlash zarurligini eslatib o‘tadi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarda malaka hosil qilish uchun “Non isrofi” mavzusida «Muammo» texnologiyasi bajarishni o‘quvchilarga taqdim etadi. Mashgulotni o‘tkazish tartibi: O‘qituvchi o‘quvchilarni guruxlarga ajratib, ularni mos o‘rinlariga joylashtirgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va har bir bosqich o‘quvchilardan katta diqqat-e'tibor talab kilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg‘otadi.
82
O‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangsh kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo‘yish (agar kinofilm ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biro muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o‘quv materialidan foydalanishi mumkin); har bir guruh a'zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan hayotiy voqyeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-4 formatdagi qog‘ozga flomaster bilan yozib chiqadi; berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o‘qib eshittiriladi; o‘qituvchi guruxlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog‘ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatadi; tarqatilgan kog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a'zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir gurux a'zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. Misol (namuna) «Muammo» texnologiyasi Muammo Yuzaga kelish sababi Salbiy oqibatlar Hal etish yo‘llari Shaxsan men nima qilshim mumkin? Non isrofi Iste'moldan ortiqcha nonnii sotib olish Nonning uvol bo‘lishi va boshqalar Iste'moldan ortiqcha nonnii sotib
olmaslik, nonni
nisbatan isrof qilganlarga befarq bo‘lmaslik va boshqalar Birinchi navbatda iste'molga yarasha
nonni sotib olishga o‘rganishim, mabodo non ortib qolsa, undan qotgan non tayyorlab qo‘yishim va boshqalar
“Blits” tezkor savol-javob. Bunda o‘quvchilarga birgina nonni yuzaga kelishiga doir qiziqarli matematik savollar beriladi. 1 gektar bug‘doyni sug‘orish uchun dehqon 6 soat mehnat qiladi, 5 gektar yerni sug‘orishga qancha soat mehnat talab qilinadi?
83
Bir tandir nonga 4 kg un ishlatiladi, 10ta tandirga necha kg un kerak? Bir tandir nonni yopish uchun nonvoy 4 soat mehnat qiladi. Aytingchi, agar nonvoy bir kunda 4 tandir non yopsa, u necha soat mehnat qilishi kerak? Dam olish daqiqasi. Musiqa faniga bog‘langan holda o‘tkaziladi. “Non aziz – eng halol” qo‘shig‘i o‘quvchilar bilan rubob jo‘rligida ijro etiladi. “Amaliy ish” metodi. Bu metod mehnat faniga bog‘lash maqsadida o‘tkaziladi. Har bir guruh o‘quvchilariga avvaldan uyda un mahsulotidan xamir qorib kelish vazifa qilib beriladi. Mehnat fanida o‘quvchilar plastilin bilan ishlash bo‘limidagi narsa buyumlarni yasash mavzusi esga solinadi. Bolajonlar, hozir ”Eng yaxshi nonvoy“ tanlovi o‘tkaziladi. Ko‘raylikchi, tanlovda qaysi guruh a'zolari chiroyli non yasab g‘olib bo‘lar ekan?
Bu metod nonni yasashning qanchalik murakkabligi, mashaqqat va qiyinchiliklari bilan tayyorlanishini his etish va o‘quvchilarni nonvoylik kasbiga mehr uyg‘otishga yo‘naltirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilarga vaqt beriladi. Jarayon tugaguncha guruhdagi boshqa a'zolarga “Boshqotirma usuli o‘tkaziladi.
nin Uvo non Non u g‘i
ham
3 ta guruhga ham topshiriq beriladi. Berilgan bo‘g‘inlardan maqol tuziladi. ”Nonning uvog‘i ham non” maqolini birinchi bo‘lib topgan guruh maqolni she'rga bog‘langan holda izohlab beradilar. Nonni nima uchun qadrlash kerakligi o‘quvchilardan so‘raladi. O‘quvchilarning fikrlarini o‘qituvchi xulosalaydi. Dars boshida e'lon qilingan kun hikmati yoritiladi.
84
Non aziz – eng halol Non serob bemalol Bo‘lmasin hyech uvol Uvog‘in terib ol. V O‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berish Amaliy ishlar natijasiga ko‘ra “Eng yaxshi nonvoy tanlovi” bo‘yicha o‘quvchilar taqdimotga chiqadilar va ballar e'lon qilinadi. G‘olib o‘quvchiga “Eng yaxshi nonvoy “ (nominatsiyasi) sovg‘asi beriladi qolgan o‘quvchilar ham rag‘batlantirilib baholanadilar. Uyga vazifa: Qambar O‘taevning “Non qaerdan keladi?” she'rini yod olish. Dars yakunlanadi. Ilova 2 4-sinfda O‘qish kitobidagi quyidagi mavzularni boshqa fanlar bilan intergatsiyalashgan dars sifatida o‘tish mumkin. O‘qish
Tabiatshunoslik Tasviriy san'at Matematika
“Boychechak” Tog‘ o‘rmonlari va o‘tloqlari Boychechak rasmini
chizish -
“Tuyalar” Uy hayvonlari Tuyani rasmini chizish Tuya mehnatiga doir misol va masalalar yechish
“Oftob chiqdi olamga” O‘zbekiston quyoshli diyor Erkin ravishda “Quyoshli o‘lka”
rasmini chizish O‘zbekistonnin g
kunlariga doir
tezkor savol
javoblar
“Laylak keldi, yoz bo‘ldi” Qushlar
Laylakni rasmini
chizish - «Hidi, tilimi va
mazasidan» Ona
yurtim O‘zbekiston Qovunning rasmini
chizish
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling