Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


III BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING SAMARADORLIGI


Download 0.73 Mb.
bet13/29
Sana06.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1673551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Munavvar ilmiy ish yakuni

III BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA’MINLASHNING SAMARADORLIGI
3.1-§. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi
Tadqiqot olib borilayotgan muammoning bugungi kundagi amaliy xolatini о‘rganib chiqish maqsadida qayd etuvchi tajriba va sinov ishlari olib borildi. Tajriba sinov ishlari Mirzo Ulug’bek tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 113-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilarning Ota-onalari bilan о‘tkazildi.
Tajriba sinov ishida 23 nafar ota-ona ishtirok etishdi. Mazkur qayd etish sinovi 2021 yilning dekabr oyida о‘tkazildi.
Tajriba sinovni о‘tkazish uchun sinov dasturi ishlab chiqildi. Qayd etuvchi sinov ishida quyidagi materiallardan foydalanildi:

  • Ota-onalarni MTT da bola ta’lim-tarbiysidagi ishtiroki xaqidagi bilimlarini aniqlashga qaratilgan sо‘rovnoma savollari kiritilgan;

  • Tarbiyachilarning ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini qay darajada tashkil etganligini baxolovchi test xamda sо‘rovnoma;

Tajriba – sinov ishini olib borish mobaynida pedagogik jarayon kuzatildi.
Sо‘rovnoma о‘tkazishdan asosiy maqsad Oila hamda MTT hamkorligining samarali usullarini aniqlash orqali tarbiyalanuvchilarning salohiytini yanada yuksaltirishdan iborat.
Tajriba-sinov ishi dasturi
I. Ota-ona va tarbiyachilar bilan suhbat.
II. So’rovnomalar ( tajriba-sinov ishi boshi hamda yakunida)
III. Seminar-treninglar ( xar oyda 1 marta)
IV. Ochiq eshiklar kuni (xar oyda 1 marta)
V. Ota-nalar bilan hamkorlikda ko’rik tanlovlar
VI. Sport musobaqasi.
VII. Ota-onalarga tavsiyalar


Ota-onalar bilan suhbatlar olib borildi. Suhbatlarni tashkil etishda quyidagi savollardan foydalanildi.
- Oilada kim ko’proq farzand tarbiyasiga mas’ul hisoblanadi?
- Farzandingiz boshqa bolalardan qanday farq qiladi?
- Farzandingiz intizomidagi eng kattta muammo nima?
- Farzandingiz kelajakda kim bo’lishini hohlaysiz?
- Farzandingiz qiziqishlarini rag’batlantirasizmi?
- Farzandingizning MTT da faoliyatini ijobiy baxolaysizmi ?
- Farzandingizning MTT da olayotgan ta’lim-tarbiyasida tarbiyachining faoliyati siz uchun qoniqarlimi?

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling