Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Tayanch so’zlar: Tayanch so’zlar
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
Tayanch so’zlar: Tayanch so’zlar: Qur`on, hadis, hadisshunos,ahloq, ilm, farz,
hikmatli so`z, da`vat, ijodi, afsona, asotir, rivoyat,din, totuvlik, millatlararo, an`ana, milliy urf-odat, milliy meros, tarbiyachi, pedagogik talab, Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulqatvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda: —fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; —vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; —diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish; 21 —davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish; —o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; —yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash; —maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati; — tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati; —o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik. Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini „Uchinchi ming yillikning bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad—„Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ravishda singdiradi: —xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodlarimiz merosidan foydalanish. —O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash. —yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. —mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega: a) sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish. b) o‘quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar- biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish. d) kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati. e) o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar ha- qidagi bilim darajasi. f) qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za- mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o‘xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari: 22 • Vatanga muhabbat va insonparvarlik. • Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish. • Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun). • Ota-onalar bilan ishlash. • Ma’naviy tarbiya (odob-axloq). • Go‘zallik tarbiyasi. • Iqtisodiy tarbiya. • Ekologik tarbiya. Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak: ⇒ Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi. ⇒ Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi. ⇒ Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘lishi. ⇒ Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchining mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi. Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbiyalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchinchidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi: — tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak. — tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim. — hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. —nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish. —bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish lozim. —natijalarni e’lon qilish. 23 —jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil hamda yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘yiladi. Tarbiyaviy ishlarning tahlili 1) Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning barcha ko‘rinishlari o‘z aksini topganmi? 2) Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi? 3) Ko‘zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish darajasi javob beradimi? 4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manbalar bilan mustahkamlandimi? 5) Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun? 6) Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi? 7) Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi? 8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomigagina bog‘langan to‘plamdan iborat bo‘ldimi? 9) Yangilik samarasi sezildimi? 10) Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob berdimi? 11) Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniqtiradimi, ularni qaysi savollar o‘ylashga majbur etdi? 12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga loyiq? 13) O‘quvchilarning xulqi qanday edi? 14) Nima uchun ayrim o‘quvchilarda u yoki bu pedagogik harakatga nisbatan qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi? 15) Nimadan voz kechish kerak? Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning umumiy belgilari: • tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning elementlarini qamrab oladi; • har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali tashxislash bilan boshlanadi. • tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi. 24 • tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rganadilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar; • shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida mustahkamlanadi. Tarbiyaviy ishlar salohiyatini oshirish, bola qalbida insoniy fazilatlarni shakl-lantirishda islom ta’li moti manbalarining o’rni beqiyosdir. Mustaqillik qo’lga kiritilgach, o’z davlatchiligimizni shakllantirishda Islom ta’limoti manbalarining asosini Qur’on va Hadis ilmini o`rganishga alohida ahamiyat qaratildi. Qur’on (arabchada-qiroat-o’qish) ma’nosini anglatib, 114-ta suradan iborat. Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv yashashga, birodarlikka, tenglikka, saxiylik va mehr-muhabbat ko’rsatishga undaydi. Shinga ko’ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. ”Qur’on’’ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga erishishida qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon etadi. Shuning uchun ham u necha asrlardan buyon insoniylikning eng ulug’ qadriyati sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Islom odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, yomonlikdan qaytaradi. Insonpar-varlikni targ’ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy –ma’naviy poklik va ravnaqqa, mehnat qilishga hamda yer yuzini obod va go’zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ’ib etadi. Qur’oni Karimda ta’kidlanishicha, ota-ona bilan muloqotda bo’ladigan farzandlar besh narsani bilishi kerak. Muloqot chog’ida ular: -ota-onalari qattiq-qurum gapirib yuborganlarida ham ularga malol kelib (uff) demasliklari; -ota-onani xafa qiladigan so’z so’zlamasliklari; -ota-onalariga doimo ehtirom bilan yaxshi so’zlarni so’zlashlari; -ota-onalariga doimo rahm-shafqat ko’rsatib, o’zlarini ularning oldida kamtar tutishlari; - Allohdan ota- onalariga rahmat tilab duo qilishlari lozim ekanligi uqtiriladi. Ota-onalar bolani dunyoga keltirishga sabab bo’lganliklari uchun emas, balki uni odobli, hayoli, axloqli qilib voyaga etkazganliklari uchun olqishga sazo-vordirlar. Qur’oni Karimda kishilar o’rtasida o’zaro munosabatlarni yaxshilash to’g’risida ham gap boradi va bu oily darajadagi insoniy xislat bo’lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Bu xislat xoh jamiyat miqyosida bo’lsin, xoh odamlar orasida bo’lsin tinchlik, osoyishtalik keltiradi. Shuning uchun ham kishilarning o’zaro aloqasini mustahkamlash misulmonchilik talablaridan sanaladi.Qur’oni Karimda insondagi eng zarur xislat sanalgan oilyjanoblik haqida ham fikr yuritiladi. Oliyjanoblik-yaxshilikni o’zi uchun emas, boshqalar uchun ham zarurligini anglash istagidir. Demak, oilyjanoblik ruhiy holat bo’lib inson kamolotini ko’rsatuvchi xislatdir. Qur’oni Karimning ma’lum oyatlari shirinsuxanlikka, to’g’ri so’z va muomala madaniyatiga bag’ishlanadi. Chunki kishilarda shirinso’zlik, madaniy muomala taraqqiy etgan mamlakatdagina amalga oshadi. Shirinso’zlik insonning muomala madaniyatiga 25 ega ekanligini ko’rsatadi, obro’sini orttiradi, hurmatga sazovor qiladi. ”Kishilarga chiroyli sozlar so’zlangiz”(Baqara surasi,53-oyat). Qur’oni Karimda insonni ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy shakillantirishda, bir soz bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi. Qur’oni Karimdan keyin mo’tabar sanalgan Hadisi Shariflarda musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamolligi, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, o’zaro ahil bo’lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo’lish yollari bayon etilgan. Hadis-arabcha hikoya, habar, yangilik ma’nolarini anglatib Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom aytgan so’zlari, qilgan ishlari va ko’rsatmalari to’plamidir. Uzoq vaqt davomida o’zining mashhur hadislar to’plamini yaratgan Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870) juda boy va qimmatli meros qoldirgan. Ulardan ,,Al- Jome as-Sahih”(Ishochli to’plam) va ,,Al-adab Al-mufrad”(Adab durdonalari) degan asarlari mashhur bo’lib butun musulmon olamida tanilgan. Bu kitoblarga 1322ta hadis kiritilgan. U bolalarning ota-onalari oldidagi burchi haqidagi masalalar bilan boshlanadi. Unda, shuningdek keksalar va yoshlar, qavm-qarindosh-lar o’rtasida munosabat masalalari, ayollarning huquqlarini himoya qilish, tejamkor-lik va isrofgarchilik, kishilar o’rtasidagi do’stlik va burch haqidagi masalalar yoritil-gan: Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom dedilarki:,,Topilgan molning eng tozasi (pokizasi) kishining peshona teri bilan topilgan mol va beg’irrom halol savdodan topilgan pulidir’’ (128-hadis) Har bir odam, agarda ko’ngli tinch, hayoti saodatli bo’lishini istasa, u bahil bo’lmasligi, ko’ngilsiz holatlarga uchramaslikka harakat qilishi kerak. . Kamtarlik insoniy eng go’zal fazilatlardandir. Kamtarlik insonning madaniyati, odamiyligi mardligi kabi xislatlar bilan belgilanadi. Insonning kamtarligi avvalo uning mehnatida namoyon bo’ladi. Kamtar kishida havoi-nafs, g’urur, manmanlik bo’lmaydi. U odob-axloqli, mehr-shafqatli bo’ladi. Ishida, so’zida qat’iy turadi. Islom dini ilmga talabni ibodat darajasiga ko’taradi. Islom ta’limotiga ko’ra ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir. Chunonchi, Payg’ambarimiz hadislarida ilm inson kamolotining negizi, ezgulik va poklik insonlarni turli ofatlardan saqlovchi vosita sifatida izohlanadi. Ilm-ulug’ hikmat, ilm-iymon, e’tiqod. Demak din asosini, Qur’oni Karimning mazmuni mohiyatini bilish, anglash uchun ham ilmli bo’lish, uni mukammal egallash kerak. ”Bir soat ilm o’rganish kechasi bilan ibodat qilib chiqqandan afzalddir”(536-hadis) ”Ilmu hunarni Xitoyda bo’lsa ham borib o’rganinglar deb kishilarni ilm-hunar egallashga chaqiradilar.(126hadis) Qur’oni Karimda ilmga katta e’tibor berilgan va ,,ilm”so’zi 765 o’rinda tilga olib o’tiladi. Ilm o’rganish har bir inson uchin farzdir. Ilm o’rganishdan murod mansab emas, avval o’qigan ilmiga o’zi amal qilib, so’ng xalq va Vatan oldi-dagi burchni ado etishdir. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling