Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savollar
TARBIYAGA OID HADIS, RIVOYATLAR, ALLOMALARNING HIKMATLI SO’ZLARI. Har bir yaxshilik sadaqadir.(Imom Buxoriy rivoyati) Islomda o’ziga ham o’zgaga ham zarar etkazish yoq.(Ibn Mojja rivoyati) Musulmon kishi birodari bilan uch kundan ortiq gaplashmay yurishi halol emas. (Termiziy rivoyati) Kimda to’rt xislat bo’lsa,foyda ko’ribdi: rostgo’ylik, hayo, chiroyli xulq va shukr.(Ibn Abbos rivoyati) Musulmon kishi bemor birodari ziyoratiga borsa, qaytib kelguncha jannat bog’lari ichida sayr qilib yurgan bo’ladi.(Muslim rivoyati) Alloh menga vahiy qildi:”Kamtarin bo’linglar.Toki birov- birovga faxrlanmasin. Biror kishi biror kishiga zulm qilmasin.” (Muslim rivoyati) Qo’pol, beparda so’zlarni gapirish Islomdan emas. Odamlar ichida islomi eng go’zali axloqi eng go’zalidir.(Imom Ahmad rivoyati) Yaxsh narsani hech qachon arzimas sanama.Garchi birodaringni yuziga tabassum bilan qarash bo’lsada.(Muslim rivoyati) Chaqimchi jannatga kirmaydi.(Buxoriy rivoyati) Kim yomonlikdan saqlansa, Allohning o’zi uni yomonlikdan saqlaydi.(Tabaroniy rivoyati) Kim yaxshi amalidan xursand bo’lib,yomon amalidan xafa bo’lsa,u mo’mindir.(Ahmad rivoyati) Yaxshi ishga sababchi bo’lgan kishi uni ado etgan kabidir.(Termiziy rivoyati) Do’zaxdan yarimta xurmo berib yoki bir og’iz shirin so’z aytib bo’lsa ham, saqlaninglar.(Imom Buxoriy rivoyati) Aniqki, eng halol luqmangiz kasbingiz ortidan kelgan luqmadir. (Termiziy rivoyati) Qaysi bir musulmon biror daraxt yoki ekin eksa va uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etiladi. .(Buxoriy rivoyati) Kim rizqim ulug’, umrim uzoq bo’lsin desa, qarindosh-urug’lariga mehr oqibatli bo’lsin. Elga sharaf kelmadi johu nasab, Lek sharaf keldi hayou adab. Bo’lmas adabsiz kishilar arjumand, Past etar ul haylni charxi baland. (A.Navoiy) 27 Hayo-insonning abadiy go’zaligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o’xshaydi.(Abu Ali ibn Sino) Takabburlik va zulm–ulug’likning ofati, hilm va tavoze-insonning ziynati, sharm-hayo uning eng g’zal yoqimli libosidir. (Suqrot) Inson dunyoni qanchalik bilsa, o’zligini ham shunchalik anglaydi. Hayo inson uchun eng sharafli va maqbul xislatdir. Hayo imon daraxtining shoxidur va olam barqarorligiga sababdur.Odob, bu yomon so’zdan va yomon ishdan o’zini tiymoqdur hamda o’zining ham, o’zganing ham izzatin saqlab,obro’sini to’kmaslikdur. Mehribon va rahmli bo’lmoq umrning va rizqning barakali bo’lishiga sabab bo’ladi. Hech kim ishni bamaslahat qilganidan ziyon ko’rgan emas. Ustoz va muallimlar hurmatini o’rniga qo’yganlar bu dunyoda ham,oxiratda ham barakayu saodat topar. Yaxshilar bilan hamsuhbat bo’lish va donolar bilan muloqot qilish saodatga elitar. Ulug’lar aytibdurlarki, barcha insonlar aqlga muhtojdirlar. Aql esa tajribaga suyanadi.Chunki tajriba aqlning oynasidur.Hayot tajribasi ko’p umr ko’rish natijasida hosil bo’ladur. Yaxshilar bilan hamsuhbat bo’lish baxti davlat keltiradi. Yomonlar bilan birga bo’lish afsus va nadomatga yoliqtiradi. Odob-ning o’g’li. Bir kuni xalifa Ma’mun odob bilan so’zlayotgan bir boladan: ”Kimning o’g’lisan?”-deb so’radi. Bola:”Odobning o’gliman”,-deb avob berdi.Bu javobni eshitgan Ma’mun:”Qanday chiroyli otang bor ekan-a”, - deb unga tahsin o’qidi. Odobning foydasi. Odob bir bulutki, uning tomchi yomg’iri yaxshi kishilarning amal ekinzoriga yog’sa umid polizini abadiy ko’kalamzoriga aylanadi va yaxshi nom hosilidan foydalar xirmonini barpo qiladi. Rivoyat:Qadim zamonda uchta sarkarda oralarida kim kuchliroq ekanini sinab ko’rmoqchi bo’libdi. Buning uchin ular shogirdlarini chaqirishibdi. Har bir sarkarda shogirdlariga navbat bilan ustoziga toshlar otib turishni buyuribdi. Birinchi sarkarda uchib kelayotgan toshlarni ustalik bilan qaytaribdi. Ikkinchi sarkarda ustalik bilan toshlarga chap beribdi. Uchinchi sarkardaga esa birorta ham shogirdi tosh otmabdi. Xulosa- Ey farzand, bilgilki, ilmning boshi odob va axloqdir. Ular bo’lmagan joyda hech qanday ilmu hunar naf bermaydi. Rivoyat: Bir kuni Luqmonu hakimdan so’rashdi: -Sen donishmandlikni kimdan o’rganding? -Ko’rlardan. Ular atrofni ko’ra olmaganlari sababli ko’p qoqildilar, to’siqlarga uchraydilar, yiqiladilar. Xulosa: Ey farzand, agar ko’zing ochiq bo’lsa, atrofi- ngdagilarning bosayotgan qadamlariga razm sol. Shunda hayot yo’lingda kamroq qoqilasan. Rivoyat: Yo’l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib turar edi. Bir otliq odam yonidan o’tib ketayotib qamchisi bilan uni bir urdi va yo’lida davom etdi. Gadoy uning orqasidan qarab: -Baxtli bo’l!-dedi. Buni ko’rib turgan bir yo’lovchi: -U seni ursayu sen unga baxt tilasang, bu qanaqasi?-deb so’radi - Shinda tilanchi:-Agar u baxtli bo’lganida meni urmas edi! –deb javob berdi. Rivoyat: Bir bolaning buvasi hayot saboqlaridan gapirib nabirasiga shunday dedi: 28 -Bolaginam, har bir insonning ichida go’yo ikkita bo’ri yashaydi. Ular doimo bir-biri bilan kurashadi. Bo’rilarning biri ochko’z, badjahl, yolgonchi va hasadchi bo’lsa, ikkinchisi rostgo’y, mehribon, ochiqko’ngil va saxiydir. Buvasining gaplaridan ta’sirlangan nabira so’radi: -Buvajon, oxirida qaysi bo’ri yutib chiqadi? -Sen qaysi bo’rini ko’proq boqsang, o’shanisi yutib chiqadi,-dedi buvasi. Xulosa- Ey farzand, sen hayotda rostgo’y, mehribon, ochiq ko’ngil va saxiy bo’lgin, ana shunda xotirjam bo’lasan. Tinchlik va xotirjamlik katta ne’matdir. Mavzu yuzasidan savollar: 1. Hadis deb nimaga aytiladi? 2. Qur`on qanday kitob? 3. Hikmatli so`z deb nimaga aytiladi? 4. Hadisshunos olimlarni bilasizmi? 5. Tarbiyaga oid “Qur`oni Karim” oyatlaridan namunalar to’plang Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling