Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni yaxshi yo`lga qo`yishda maktab
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni yaxshi yo`lga qo`yishda maktab
jamoasi va o`qituvchilarining vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak. O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir. Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak. Sinfdan tashqari ishlarning metodlari va vositalari tarbiya metodlari hamda vositalaridan iboratdir. Ularni tanlash sinfdan tashqari ishning mazmuni, shakli bilan belgilanadi. Masalan, pedagog bolalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, ong-bilim doirasini kengaytirishga qaratilgan va „Inson va fazo“ deb nom-langan sinf mashg‘ulotini tanladi deylik Shunda u quyidagi metod-lardan foydalanishi mumkin: bolalar bilan suhbat (ularning qiziqishlari, mazkur masala yuzasidan xabardorligini aniqlash maqsadida); bolalarga axborot tayyorlash bo‘yicha topshiriq (o‘ziga xos hikoya metodi); o‘yin metodi turli variantlarda qo‘llaniladi (sujetli rollarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin elementlari - bunda maxsus o‘yin anjomlari yordamida bolalardan biri „kosmos“ga yuboriladi va undan ko‘rayotganlarini tavsiflash so‘raladi); „parvoz rejasi“ni tuzish - bunda bolalar kosmonavtlar bajaradigan ish turlarini aytib o‘tadilar; uzoq sayyoralarda qoldirilgan sirli xatlarni rasshifrovka qilish va hokazo. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling