Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar.
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon, xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib, bilishga intilayotgan, turli masalalarni tez va oson yecha oladigan o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish mumkin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi», deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tinimsiz mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi. Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar va sinflar tashkil etilgan. Iqtidorli o‘quvchilarning aksariyati san’atga, she’riyatga, musiqaga, sportga qiziqadi. Shuning uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotir. Iqtidorli bolalarni qobiliyatiga qarab musiqa maktablari, sport maktablari, san’at studiyalari, ijodiyot klublari va saroylari, kutubxonalarga jalb etish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib turibdi. Ma’lumki, har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. O‘qituvchilar, sinf rahbari ulardan guruhlar tuzib, qo‘shimcha topshiriqlar bersalar, ular bilan alohida ishlasalar, darslar davomida ham bunday o‘quvchilarga mavzuni kengroq, qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda tushuntirsalar, muammoli savollar bersalar o‘quvchi uchun ham o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni iqtidorli bolalar uchun darslarni yuksak saviyada qiziqarli, ilmiy jihatdan yuqori darajada qilib o‘tkazish zarurdir. Bu o‘qituvchidan katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi. 77 «Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni olaylik. Bunday sinfga matematik qobiliyatga ega bo‘lgan, ziyrak, kuchli xotiraga ega, aqlli, mantiqan fikrlaydigan zukko bolalar tanlab olinadi. Tanlab olingan bolalar ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quvchilari hisoblanib, ular ixtisoslashtirilgan sinf (maktab)ning qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak. Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim? Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday kitoblar yoqishini, qanday ko‘rsatuv, eshittirish, gazeta-jurnallarga qiziqishini qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajarishini aniqlash zarur bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi. Darslarda faqat matematika bilan chegaralanibgina qolmay, balki o‘quvchilarga kompyuter savodxonligini, shaxmat o‘yinini ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki kompyuterni o‘rganish matematikani yanada chuqur bilishga yordam bersa, shaxmat o‘yini o‘quvchini fikrlashga, aqlini charxlashga xizmat qiladi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarda «Matematik kechalar», «Kompyuter bilimdoni», «Geometrik jismlar yasash», «Eng yaxshi matematik boshqotirma tuzish» tanlovlari, o‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Darslarda o‘qituvchi darslikdagi barcha misol-masalalarni yechishdan tashqari, qo‘shimcha matematik adabiyotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, topshiriqlar berilsa, o‘quvchining bilimi oshishi bilan bir qatorda, unda turli murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi. Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘quvchilar DTS talablariga asosan berilgan masalalarni mustaqil, qisqa shart tuzib yechishlari, misol-tenglamalarni mustaqil yechishlari, darslikdagi mavzularning savollariga qiynalmay javob berishlari kerak. Darsda mavzuga bog‘lab va darsdan tashqari bunday sinf (maktab) o‘quvchilariga kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib boriladi. Chunonchi, matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni hafta davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin: Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling