Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/120
Sana02.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#199849
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav

                 Oylik tadbirlar 
№     Oylar            O‘tkaziladigan        tadbirlar 
1     Sentyabr        «Matematika  tarixini o‘rganamiz» 


78 
 
2     Oktyabr         «Raqamlar olamida» 
3     Noyabr          «Buyuk matematiklar ijodidan» 
4     Dekabr          «Kim ko‘p matematik yangiliklarni biladi?» viktorinasi 
5     Yanvar       «Matematika mamlakatining qiroli» tanlovi 
6     Fevral        «Matematik she’riyat kechasi» 
7     Mart           «Matematika mamlakatining qirolichasi» tanlovi 
8     Aprel          Texnika olamiga sayohat 
9     May           «Eng yaxshi matematik o‘yinni tuzish» tanlovi 
Bu  tanlov-tadbirlar  yil  davomida  oyma-oy  o‘tkaziladi.  Agar  matematikaga 
ixtisoslashtirilgan  sinf  (maktab)  o‘qituvchilari  yuqoridagi  haftalik  va  oylik  reja-
jadvallardan  foydalanib,  iqtidorli  o‘quvchilarning  darsda  va  darsdan  keyin  ta’lim 
olishini  rejalashtirsa,  yaxshi  natijaga  erishadi.  Yuqori  natijalar  esa,  yurtimizning 
kelajagi  bo‘lgan  yoshlarning  barkamol,  yetuk,  ilmli  bo‘lib  voyaga  yetishlariga  zamin 
yaratadi va bu yurtimizning ravnaq topishida o‘z ifodasini ko‘rsatadi. 
Iqtidorli  bolalarni,  shuningdek,  diqqatni  nimagadir  yuqori  darajada jamlay  olish, 
unga  qiziqarli bo‘lgan  sohada natijaga erishishga qunt bilan intilishi ajratib turadi. Shu 
bilan  birga,  ularning  ko‘pchiligiga  xos  bo‘lgan  turli-tuman  qiziqishlari  ba’zan  shunga 
olib  keladiki,  ular  bir  nechta  ishni  bir  vaqtda  boshlashadi,  shuningdek,  nihoyatda 
murakkab  vazifalarni  o‘z  zimmalariga  oladilar.  Ularda,  shuningdek,  aniq  sxema  va 
klassifikatsiyalarga  qiziqish  bo‘ladi.  Masalan,  ular  turli  xil  jadvallar  tuzish,  tarixiy 
faktlar, sanalarni sistemalashtirishni yaxshi ko‘rishadi. 
Biroq, 
umuman 
olganda, 
iste’dodli 
bolalarni 
diagnos- 
tikalash  mumkin,  agar  ular  ulkan  fikrlash  mustaqilligi  bilan  ajralib  turishsa,  nozik 
yumor tuyg‘usi, ishni tashkil qilish va tartibga e’tibor bermaslik ularga xosdir. Ularning 
asosiy  ustunliklaridan  biri  shundan  iboratki,  ular  umumqabul  qilingan  tushunchalarga 
jur’at  bilan  shubha  bildiradilar,  ular  hamma  narsaga  istehzo  bilan  qarashadi  hamda 
avtoritetlarni  ham  hurmat  qilishadi.  Ularni,  odatda,  atrofdagilarning  mavqei  va 
qarashlarini  idrok  qilish  hayajonga  solmaydi,  ular  umum  qabul  qilingan  nuqtai 
nazarlarni  ajratmaydilar.  Shuning  uchun  ular  bolaligida  —  o‘qituvchilariga, 
ulg‘ayganlarida  —  boshliqlariga  ko‘plab  tashvish  keltirishadi...  Ammo  aynan  ular 
to‘g‘risida mashhur pedagog va psixolog Sh.Amonashvili mehr bilan o‘rinli gap aytgan: 
«Shumtakalar — taraqqiyot dvigatelidir»... 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling