Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
Hikoyat. Suqrot hakimni o’ldirish uchun olib borishayotgan chog’da shogirdlardan
bir jamoa unga hamroh bo’lib borar edilar. Ular yig’lab, zorlig’ qilib so’radilar: «Hay 70 hakim, endi o’limga ko’ngil qo’ymishsan, aytgil, seni qaysi yerga dafn etaylik?» Suqrot tabassum qilib dedi: «Qay joyni ko’nglingiz tilasa, ul joyga dafn qiling, ya’ni mening jasadim qayda bo’lsa, so’ngaklarim unda bo’lg’ay, faqat meni yod qilsangiz bas». Odamlar bila do’stliging o’rtacha bo’lsun, Do’stlaringning e’tiqodidan g’ofil bo’lmang. Do’stlikni farog’likda va tangdastlikda imtihon qilg’il, farog’likda roz va taom bila, tangdastlikda sud va ziyon bila. Har do’stki, sening dushmaningni dushman tutmas, uni do’st demag’il. Ta’magir, kekchi do’stdin uzoq bo’lg’ul. Yusuf Xos Hojib ham «Kutadg’u bilig» asarida ulfat tutish haqida, ularga hamisha e’tiborli bo’lish, hamdardlik ko’rsatish, zinhor dillariga ozor yetkazib, do’stni dushmanga aylantirmaslik haqida fikr bildradi. CHunonchi: Ko’ngil deganlari misoli shisha, Sinib qolmasin u, uni hamisha. Ko’ngil nozikligi bu so’zga nishon, U issiq-sovuqda bog’liq har qachon. Jura ko’ngli sinsa, bular ichki yov., Qayda yov bo’larkan, keki-beayov. Yovi bor odamning hayoti totli bo’larmidi? Yovi bo’lgan, yovi bilan urisha-urisha qarigan kishi nima deydi, eshitgin: Dushmanim kichik deb g’aflatda qolma, Nega qo’rqayin deb sen shov-shuv solma. Yoving bo’lmasa, aslo g’omil bo’lmagin, Yovga yov, yaxshiga yaxshi bo’l, tolma. Muallif fikrini davom ettirib kimning do’sti ko’p bo’lsa, uning ismi yoyiladi. Barcha ishlari o’z vaqtida ado etiladi. Do’stlar kishining yaxshi tomonini oshiradi, ayb- nuqsonlarini yashiradi, deydi. Agar yaqin do’stlar, qarindosh-urug’lar sendan oyoq uzib ketgudek bo’lsalar, sen o’zing yaqinlik iplarini ulagin, deb nasihat qiladi. Yaqin bo’lsa ko’ngil, yiroq yer yaqin, Vafo bilan ammo yaqinlik tag’in. SHarqu G’arb orasi bir o’rlam yerdir, Vafo deb bilsa kim yaqinlik haqin. Do’stlik, o’rtoqlik, hamkorlik, birodarlik, ahillik va birlikning ulur kuchi haqida maqollar, hikmatlarda ham ajoyib fikrlar mavjud: Birlashgan daryo bo’lar, Tarqalgan irmoq bo’lar. Birlashgan kuch – yengilmas; Do’stdan-do’st kamol topadi. 71 Do’sting mingta bo’lsa ham nam degin, Dushmaning bitta bo’lsa ham ko’p bilgin. Inson hamma vaqt yaxshi kishilarga yaqinlashishga harakat qiladi, bu xususiyat juda erta, bolalik chog’idan boshlanadi. Har birimiz yoshlikdanoq o’z tengimiz bilan o’ynab, do’st tutinishga iitilamiz, hayot va mehnatda, boshga har xil ish tushganda sinashda bo’lganlar bilan do’stlashamiz. Ba’zi do’stlar sodiq bo’lib qoladi, ba’zilari ajrashib ketadi. Zotan, dono do’st, shinavanda ulfat, g’amguzor o’rtoq orttirish jo’n ish emas, albatta. Bu o’rinda, do’st va o’rtoq orttirish haqida bir rivoyat keltirib o’tishni lozim topdik. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling