Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir.
Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish,
bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni
ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy
tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga
badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning
sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat
o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan
mashg`ulotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |