Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


Sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlarni  yaxshi  yo`lga  qo`yishda  maktab


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/120
Sana02.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#199849
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav

Sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlarni  yaxshi  yo`lga  qo`yishda  maktab 
jamoasi  va  o`qituvchilarining  vazifalari.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlar 
o`quvchilarni  ma`naviy-axloqiy  ruhda  tarbiyalashda,  ularga  bilim  berishda  muhim 
vosita  bo`lganligi  tufayli  bu  ishlarni  Keng  yo`lga  qo`yishga  maktab  direktorlari,  ilmiy 
mudirlar,  shuningdek,  o`qituvchilarjamoasikatta  e`tibor  berishi,  «Kamolot»va 
«Kamalak»  tashkilotlari,  ota-onalarjamoasiva  maktab  rahbaralri    yordamidan  har 
tomonlama foydalanish kerak. 
O`quvchilar  bilan  olib  boriladigan  sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlarni 
o`qituvchilar  jon  dillari  bilan  sevishlari,  bu  ishga  rahbarlik  qilishda  ishtirok  etishni 
o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. Maktabning yangi vazifasi 
har  bir  o`qituvchidan  faqatgina  o`z  fani  va  uni  o`qitishni  a`lo  darajada  bilishnigina 
emas,  balki  bilimlarni  chuqur  egallashni  va  bundan  sinfdan  tashqi  ishlarni  maqsadga 
muvofiq  yo`lga  qo`yishda  ijodiy  foydalana  bilishni,  har  tomonlama  ma`lumot  va 
mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har 
taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir. 
Sinfdan  tashqari  ishlar  shaklini  tanlaganda  uning  tarbiyaviy  ahamiyatini  shu 
ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak. 
Sinfdan  tashqari  ishlarning  metodlari  va  vositalari  tarbiya  metodlari  hamda 
vositalaridan  iboratdir.  Ularni  tanlash  sinfdan  tashqari  ishning  mazmuni,  shakli  bilan 
belgilanadi.  Masalan,  pedagog  bolalarning  bilishga  bo‘lgan  qiziqishlarini,  ong-bilim 
doirasini  kengaytirishga  qaratilgan  va  „Inson  va  fazo“  deb  nom-langan  sinf 
mashg‘ulotini  tanladi  deylik  Shunda  u  quyidagi  metod-lardan  foydalanishi  mumkin: 
bolalar  bilan  suhbat  (ularning  qiziqishlari,  mazkur  masala  yuzasidan  xabardorligini 
aniqlash  maqsadida); bolalarga axborot tayyorlash bo‘yicha topshiriq  (o‘ziga xos  hikoya 
metodi); o‘yin metodi turli variantlarda qo‘llaniladi (sujetli rollarga bo‘lib o‘ynaladigan 
o‘yin  elementlari  -  bunda  maxsus  o‘yin  anjomlari  yordamida  bolalardan  biri 
„kosmos“ga yuboriladi va undan ko‘rayotganlarini tavsiflash so‘raladi); „parvoz rejasi“ni 
tuzish  -  bunda  bolalar  kosmonavtlar  bajaradigan  ish  turlarini  aytib  o‘tadilar;  uzoq 
sayyoralarda qoldirilgan sirli xatlarni rasshifrovka qilish va hokazo. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling