Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
To`garak ishlari. To`garak ishlarini tashkil qilish sinfdan tashqi ishlarning eng
ko`p tarqalgan shakllaridan biridir. To`garak – sinfdan tashqi havaskorlik ishlarining biror turiga umumiy maqsad va intilish bilan birlashgan o`quvchilar gruppasidir. To`garak, odatda, bir sinf yoki parallel sinflarning yoki bo`lmasa aralash sinflarning 10 tadan 20 tagacha bo`lgan o`quvchilarini o`z ichiga oladi. To`garak sostaviga haddan tashqari ko`p o`quvchilarni jalb qilishga intilish ma`qul emas, chunki bu to`garak ishini qiyinlashtiradi. To`garakka yozilish ixtiyoriy ravishda olib boriladi. To`garakka birinchi majlisda to`garak a`zolaridan saylab ko`rsatilgan to`garak boshlig`i boshchilik qiladi. Agar to`garak a`zolari ko`p bo`lsa, bunday hollarda, odatda, uch o`quvchidan iborat to`garak burosi saylanadi. To`garakka maxsus tayinlangan pedagog rahbarlik qiladi. To`garaklar o`z ishlarini to`garak a`zolari bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja asosida olib boradilar. Har bir to`garak o`zining taxminiy ish rejasiga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu rejada to`garakning o`z oldiga qo`ygan vazifalari ko`rsatilgan bo`ladi. Ushbu reja asosida to`garakning konkretlashtirilgan kalendar rejasi tuziladi. To`garakning faoliyati va ish sharoitiga qarab uning reja va ish rejasi o`zgartirilishi mumkin. To`garaklarning mashg`ulotlari o`qishdan tashqi vaqtda, muntazam ravishda o`tkazilishi lozim. Har bir to`garakning qilgan ishi albatta to`garakning kundalik jurnaliga to`garak boshlig`i yoki uning bironta a`zosi tomonidan yozib borilishi kerak. O`quvchilar to`garaklari xilma-xil bo`lishi mumkin. Fan to`garaklarining vazifasi to`garak a`zolarining ushbu fanga bo`lgan qiziqishlariga tayanib o`quvchilarning bilimi va ongini har tomonlama Kengaytirish va 73 chuqurlashtirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, ularni mustaqil ishlashga o`rgatib borish, ularda amaliy ko`nikma va malakalarni hosil qildirishdan iboratdir. Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi; - Fan to’garaklari; - Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar; - Sport to’garaklari; - San’at yo’nalishidagi to’garaklar. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling