Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
Ma’naviyat-(arab tilidan olingan bo’lib, “ma’nolar majmui” degan ma’noni
bildiradi) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy ,axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir. Ma’naviyat insoning butun umri davomida uning kuchiga 92 kuch qo’shishga xizmat qiladi, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o’tmishning yutug’i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina Vatan ravnaqi uchun kurashga o’zida kuch va qudrat topa oladi. Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakillantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan shaxs ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shgan inson ma’naviy qashshoqdir. Manaviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib boradi. Ma’naviy madaniyat manbalarini o’rganish,ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyat har bir a’zosining vijdon oldidagi,Vatan oldidagi burchidir. Har bir fuqaroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga etkazish tadbirlarini ko’rish; qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot san’atni bilish va rivojlantirish; o’zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish lozim. Umumiy ta’lim oldiga qo’yilgan muhim maqsad- umuminsoniy va miliy qadri- yatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchiligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida qayd qilinganidek, ”…ta’limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi” ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar millatlar o’rtasidagi ma’naviyat munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi. Bu borada ma’naviyatni besh guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling