Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti


Farg’ona-Toshkent musiqa uslublarining nazariy asoslari Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi


Download 0.67 Mb.
bet10/15
Sana13.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1353979
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BMI TURGUNOVA YAYRA (2)

2.1. Farg’ona-Toshkent musiqa uslublarining nazariy asoslari

Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi - Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy anʼanalar majmui. Mazkur uslubning oʻziga xos jihatlari oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qoʻshiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. Oʻzbek anʼanaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi boʻlgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuyohang va usul namunalari ham oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qoʻshiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, soʻz aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim oʻrin tutadi. Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.gagina xos boʻlgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz gʻazallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta boʻlgan.


Odatda, soʻzdosh toifali ohanglar qoʻllangan janrlar doira usullari qoʻllanilmaydi. Bulardan farqli oʻlaroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar)da joʻrnavoz cholgʻular keng qoʻllanilishi kuzatiladi. Xususan, xotinqizlar davralarida raqsga tushib yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar oʻz qoʻshiqlariga dutor yoki doirada joʻr boʻlishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2—3 ayoldan iborat boʻlib, ular asosan doira joʻrligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla, qoʻshiq, lapar va toʻymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "Oʻlan" va boshqa asar)laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir koʻrinishi Namangan anʼanasida "satang" deb atalib, bular koʻproq turkumli (2 va undan ortik, qismli) "katta yalla"larni doira joʻrligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.da soʻlim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan boʻlib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda koʻrish mumkin. Bular ikki xil boʻladi: xalq ogʻzaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. "Tanavor", "Ey nozanin", "Oydek toʻlibdur", "Farzoni", "Ul parivash" singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotinkizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, "Nigorim", "Galdr", "Nisor", "Figʻon", "Chaman yalla" singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor joʻrnavozligi koʻp qoʻllaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K.Jabborov, J. Sultonov, Gʻ.Toshmatov, F.Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qoʻshganlar.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu.ga xos xususiyatlar Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllaritsya. ham oʻz aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, yalla singari janrlarning muhim sifatlari oʻzaro uygʻunligi kuzatiladi.
Fargʻona-toshkent musiqa uslubiu. doirasida qariyb barcha xalq cholgʻulari (dutor, tanbur, rubob, chang, sato, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, karnay, doira, nogʻora va boshqalar) namoyon boʻladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qoʻllaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va toʻy marosimlarida surnay, karnay, nogʻora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, gʻijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholgʻular qoʻllaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholgʻu oʻz oʻrni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus ("Qoʻshtor", "Chertmak", "Dutor Bayoti" kabi) kuylar boʻlishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qoʻshiklarga joʻrnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholgʻu (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, sato, nay, qoʻshnay, gʻijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholgʻusi sifatida namoyon boʻladi. Fargʻona-toshkent musiqa uslubida "Dilxiroj", "Andijon polkasi", "Fargʻona rezi", "Tanavor", kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir. Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari "Nasrullo I—V", "Munojot 1—V", "Ajam va taronalari", "Miskin I—V", "Segoh I —III", "Sayqal I—II", "Mirzadavlat I—II", "Choʻli Iroq", "Chorgoh", "Surnay Iroqi", "Surnay Dugohi" "Surnay Ushshogʻi" kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli ("Segoh, "Toshkent" irogʻi" kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli "Chorgoh", "Bayot", "Bayoti Sheroziy", "Gulyor—Shahnoz" va yetti qismli "Dugoh— Husayn" ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida oʻqiladi. Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, "Miskin I", "Miskin II", "Bayot I"). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, "Miskin" cholgu turkumining III kismi "Adoiy", IV qismi "Asiriy", "Nasrullo"ning II qismi "Chavandoz", III qismi "Qashqarcha", IV qismi "Tarona", V qismi "Ufar" deb nomlanadi. Shuningdek, F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy.ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan "Mashq" atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, "Mashqi Chorgoh", "Mashqi Dugoh—Husayn" va h.k.). [72] Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari yollarining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. "Yoʻllari" atamasi ham shunga ishora etadi. Zero "maqom" atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida "yoʻl" maʼnosidagi "roh", "tariqa", "ravashin" kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan farsqli ravishda Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllariy. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (gʻijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang , dutor), Gʻ.Toshmatov (gʻijjak), T.Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh.Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. anʼanalarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan.
XVIII asrning oxirlariga kelib, Qo`qon xonligi alohida davlat sifatida tarkib topishi bilan Farg`ona va Toshkent bo’halari uning asosiy o`zagi sifatida yagona madaniyma’muriy doirani tashkil qilgan an’analarning uzluksiz tabiiy ravishda dabo’m etgirish fursati paydo bo’`ldi. Ularning shirasi va shevasi imkon kedar saqlandi. Bugungi kunda Xorazm maqom turkumlarining tarkibi tanbur chizig`iga ko`rsatilganidan ancha ixcham. Olti yarim maqom tizimining esa ayrim qismlari, ayniqsa, cholg`u yo`llari afsuski iste’moldan qolmoqda. Lekin vaxtimizga ularning o`ziga xos jarangi va ijodiy qiyofasi yo`qotgan emas. Ana shu muhitda she’riyat, musiqa, me’morchilik va boshqa amaliy san’at turlarida o`ziga xos uslub yuzaga kelishi va takomillashubiga zamin hozirlanadi. Mazkur uslubning rivojlanish samaralari musiqa va she’riyat borasida, ayniqsa, sezilarli bo’`ldi. Xususan, Muhammad Umarxon (1809-1822 y) vauningo`qli Muhammad Alixon (Madalixon) (1822- 1842 y) davrlarida qo`qon shoir va sozandalarining dovrug`i keng tarqala boshladi. Muhammad Umarxon yetuk davlat arbo’bi va zamonasining eng ilg`or vakillaridan bo’`lib, uning Amiriy taxallusida yozgan deboni keng e’tibor topgan. Shoirning umr yo`ldoshi Nodira taxallusi bilan ijod etgan Moxdarvegim ham o`zbek she’riyatining yirik namoyandasidir. Amiriy va Nodira - Sharqning eng mumtoz shoirlari qatoridan o`rin oladi. Ularning o`zbek va tojik tillaridagi g`azallari nafaqat Farg`ona-Toshkent bo’halari, balki Buxoro, Xorazm hofizlari orasida ham keng tarqalgan. Umarxon va Nodiralarning farzandi Madalixon ham ilmu ma’rifatga, nafis san’atlarga ko`ngil qo`yganganligi ma’lum.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling