Teorema. Ma’lum a,b,c,…kesmalar orqali ifodalangan
x f (a, b, c,...) kesmani sirkul va chizg’ich yordamida yasash mumkin bo’lishi uchun bu ifoda berilgan kesmalardan iborat argumentlarga nisbatan ratsional va birinchi darajali bir jinsli funksiya bo’lishi yoki ratsional amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallari) bilan birga faqat kvadrat ildizlarni o’z ichiga olgan funksiya bo’lishi zarur va yetarlidir.
Yechimga ega bo’lmagan yasashga doir masalalarga ko’plab
misollar keltirish mumkin. Masalan, kvadrat bo’lmagan to’g’ri
to’rtburchakka ichki aylana chizish, aylana ichida yotgan nuqtadan shu aylanaga urinma o’tkazish mumkin emas va h.k.
Berilgan elementlari soni talabdan ko’p bo’lgan yasashga doir
masalalarni yechimga ega bo’lgan masalalari kiradi. Masalan, birilgan ikki burchagi bo’yicha uchburchak yasash yoki berilgan 4 ta nuqtadan aylana o’tkazish va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |