Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi


Download 119.37 Kb.
bet1/9
Sana25.03.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1294851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xalq pedogogikasi


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI

IJTIMOIY PEDAGOGIKA”


fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Xalq pedogogikasi manbalarida shaxs tarbiyasi va ijtomoiylashuv masalalarini yoritilishi.
Talaba: 2-kurs “201” guruh talabasi Jurayeva Madinabonu

Ilmiy rahbar:
Pedagogika” kafedrasi
Prof.v.b., p.f.d. M.X.Baybayeva
____” _____________
TOSHKENT-2023

Mundarija:
KIRISH………………………………………………………………………….. …..3
I BOB Xalq pedagogikasi manbalarida shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuv masalalarini yoritilishning nazariy asoslari

    1. Xalq pedagogikasi shaxs tarbiyasi masalalarini yoritilishi……….7

    2. Xalq pedagogikasi shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuv masalalarini yoritilishda ajdodlarimizdan qolgan meroslar ahamiyati …………...12

I BOB BO’YICHA XULOSA...................................................................................21
II BOB Xalq pedagogikasi manbalarida shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuv masalalarini yoritilishi.
2.1 Shaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida xalq pеdagogikasining o’rni …23
2.2 Xalq pedagogikasi manbalarida shaxs tarbiyasi metodlari va usullari………………………………………………………………………………30
II BOB BO’YICHA XULOSA………………………………………………….…51
UMUMIY XULOSA …………… …………………………………………….….52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................................54

Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir” 1 -deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, xalqimiz ulkan ma’naviy me’rosga ega. Ushbu tarixiy merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib bo‘lish xissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. O‘zbek xalq ped1.
O‘zbek xalq pedagogikasi ta’lim-tarbiya sohasida yuksak ma’naviy me’rosga ega. O‘zbek madaniyati, sharqona milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti moziygacha borib etgan tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi.
Zamonaviy milliy pedagogika o‘z mazmun va mohiyatini boyitishda, shaxs shakllanishiga ta’sirchanlikni oshirishda xalq pedagogikasi g‘oyalariga tayanadi. Xalq pedagogikasi o‘z nomi bilan xalqchil usullari, qoidalari va tamoyillari bilan yoshlar tarbiyasida asosiy manba xisoblanadi.
-eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan pedagogika tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr mezonida tahlil qilish, xalq pedagogikasi, ma’naviy qadriyatlar asosida qo‘llanmalar yaratish, milliy pedagogikada xalqimizning tarbiya borasidagi tajribasini singdirish, undan foydalanish metodikasini yaratish; -xalqimizning mentaliteti, milliy mafkura, bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, demoqratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati talablari asosida mustaqillikni mustahkamlash, ma’naviy salohiyatni oshirish, har bir insonni, yosh avlodni XXI asr sharoitida baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish.
-ta’lim metodlarini takomillashtirish, milliy ta’lim modeli asosida pedagogik texnologiyani yaratish;
-tarbiyaning mazmuni va har bir insoniy fazilatning hozirgi davrdagi mohiyatini aniqlash, tarbiya mazmunida milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligiga erishish. Hamkorlikdagi jahon xalqlari milliy qadriyatlarini o‘rganish va ommalashtirish;
-tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, Sharq xalqlarining tarbiya borasidagi tajribalarini qo‘llash metodikasini yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish;
-ma’naviy-axloqiy mazmunni takomillashtirish uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish. Xalq pedagogikasi – ijtimoiy hayot va jamiyat taraqqiyotida muhim jarayon bo‘lgan inson tarbiyasi, uning shakllanishi, ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishini o‘rganish bilan birga xalqning qadimiy tarbiya usullarini, qo‘shiq, topishmoq, maqol va o‘yinlarini to‘playdi, umumlashtiradi, tizimga soladi va ta’lim jarayoniga tadbiq etadi. Xalq pedagogikasi tarbiyada oilaning muhim qirralarini ochib beradi.
Oilada ota-onaning o‘rni, ularga nisbatan farzandlar munosabatlari, bolalarni otalarining qudratiga ishonch ruhida tarbiyalash, onaning beqiyos mehnatlarini qadrlashga o‘rgatish, tarbiyada hamma vaqt samara berib kelgan. Shu o‘rinda Xalq pedagogikasi tarixiga nazar tashlab o‘tish o‘rinli. Buyuk pedagoglar ko‘proq xalqning pedagogik tajribalariga e’tibor qaratgan. Chunki xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi va unga tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling