Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi
O‘smirlar jamoasida pedagogik-psixologik iqlim
Download 78.2 Kb.
|
201-GURUH KURS ISHI FARIDA
2.2.O‘smirlar jamoasida pedagogik-psixologik iqlimO‘smirlik davrini boshdan kechirayotgan bolaga ota-onasi qanday madad berishi mumkin? Bolalik bilan xayrlashib asta-sekin o‘smirlik davriga kirib borayotgan o‘g'il bolalarning xarakteridagi jiddiy o‘zgarishlarga jismoniy va jinsiy jihatdan ulg'ayish jarayonining faollashuvi sabab bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar dunyo ahliga ulg'ayib qolgani haqida jar solgisi kelaveradi. Oqibatda ular psixik jihatdan zo‘riqib, xarakteri keskin tarzda o‘zgaradi.Bolalarimizning bunday ziddiyatli holatlardan tezroq qutulishida oilaviy muhitning ta'siri katta. Ota-ona oilada o‘zaro totuvlik, hurmat va samimiylik hukmron bo‘lishini ta'minlab bersa, o‘smir o‘zining ichki ziddiyatlarini birmuncha yumshatishi, fe'l-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. Oilaviy muhit og'ir bo‘lsa, o‘smirlarning fe'l-atvoridagi salbiy xususiyatlar yanada keskinroq ko‘rinish kasb eta boshlaydi. Bolalar bebosh bo‘lib, ko‘chaning ta'siriga tushib qolishi mumkin. Demak, farzandlarning kelajak taqdiri oila muhiti, ota-ona ibrati va tarbiyasiga bog'liq ekanini aslo unutmaslik lozim. - Shu davrda tez-tez uchraydigan depressiya holatini qanday yengillashtirish mumkin? - O‘tish davrida o‘spirin hayotida eng og'ir asorat qoldirishi mumkin bo‘lgan muammo - depressiya, ruhiy tushkunlikdir. O‘spirinlar kichik muammolardan, masalan, yuziga husnbuzar toshishidan yoki semirib borayotganidan ham tushkunlikka tushishi mumkin. Ota-ona farzandidagi har bir ruhiy o‘zgarishga e'tibor qaratib, uning tushkunlik holatidan chiqishiga ko‘maklashmasa, farzandini muammolari bilan yolg'iz qoldirsa, bu ayni o‘sib yetilish pallasini boshidan kechirayotgan o‘smir uchun fojiali yakun topishi mumkin. Albatta, hech bir ota-ona farzandiga bunday qismatni ravo ko‘rmaydi. Shunday ekan, farzand kelajagi uchun hayotning ba'zi ne'matlaridan voz kechishni ham bilish kerak. Deylik, kechqurun serial ko‘rish o‘rniga o‘g'lingizning darslarini tayyorlashiga ko‘maklashing. Uni hunar o‘rganishga, sportga, biror foydali ish bilan shug'ullanishga o‘rgating. Qiziqishlaridan kelib chiqib, biror kasb tanlashi uchun ko‘mak bering. O‘smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, sanat va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarayotgani; 2) ommaviy axborot ko‘lamining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani; 3) o‘g'il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, sanat va adabiyot, ijtimoiy-qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; 5) o‘smirlar bilan ishlashda g'oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik va millatlararo totuvlik tarbiyasiga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini o‘zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, talaba bilan o‘qituvchining muloqatida, kattalar bilan o‘smirlar muomalasida qat’iy o‘zgarishlar vujudga keladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug'iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, malumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. Kattalarning yo‘l-yo‘riqlarga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib yurgan o‘smir ularga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko‘rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, yetarli ob'ektiv va sub'ektiv omillarga ega bo‘lishi kerak. O‘smirda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o‘qituvchining qayg'urishi, kuyishiga qaramay, o‘zining fikrini o‘tkazishga harakat qiladi. Uning o‘z qadr-qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha boshlaydi, u ayrim malumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo‘lib qoladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatning ajralmas qismiga aylanadi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi yoki ota-onani qattiq tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o‘quvchiga munosabatini o‘zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar kelib chiqadi. Ayrim pedagoglar o‘smirlik davri inqirozi to‘g'risida kuyinib gapiradilar, bazi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga intiladilar. Aslida esa o‘smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo‘l qo‘yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab chiqa olmaydilar. Bu masalaga to‘g'ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan va o‘smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko‘ra, kattalar bilan o‘smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to‘g'riroq bo‘ladi, deb xulosa chiqarilgan. O‘smirning psixik o‘sishini xarakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Mana shu dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan, stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni taminlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko‘tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o‘smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, ob'ektlar o‘rtasidagi ichki munosabatlarni o‘rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi. Bularning barchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi, o‘zini o‘zi nazorat qilish, baholash, anglash singari xususiyatlarni tarkib toptiradi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli bizda o‘g'il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o‘smirlik yoshida deb hisoblanadi. Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o‘smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o‘z mavqe’ini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go‘yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo‘lishga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Rus psixologlari Z. Freyd nazariyasini mutlaqo asossizligini takidlab, o‘smirda imkoniyat bilan talabchanlik o‘rtasidagi kelishmovchilik, o‘zini ko‘rsatishga moyillik va o‘z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanishini asoslab berdilar. [3] Ayrim psixologlar biogenetik o‘sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o‘smirning psixik jihatdan inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi sub'ektiv ichki kechinmalari o‘g'il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O‘smir uchun xarakterli norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg'ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti-harakatida hukmron bo‘lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O‘smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog'liq emasligi hammaga ayondir. Amerikalik psixolog R.Kulen o‘smirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, o‘smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degan g'oyani olg'a suradi. Uning fíkricha, o‘smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy axloqiy kategoriya mavjud bo‘lib, ular; 1. emansipatsiya (kattalar tasiridan qutulish) 2. mustaqillikka erishish 3. hayot yo‘li va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda bo‘lish, zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Uning fíkricha, bola yuqoridagi muammolarga e'tibor bermas ekan, o‘smirlik davri qancha bo‘lishidan qafi nazar, u bolaligicha qolaveradi. R.Kulen o‘z nazariyasida biologik omillarni ham, o‘smirlik davridagi o‘sishning psixologik xususiyatlarini ham xisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor qiladi. O‘smir bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj-o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog’liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish kabilar) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish. muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish. anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiy omillarni insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lgan tarbiya o‘z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga ega hamda boshqa omillarning o‘rnini to‘ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola qanchalik kichik bo‘lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon-o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o‘z shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog’chasi va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik turli bo‘lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi. Demak, bolaning rivojlanishi ikki yonalish asosida amalga oshiriladi: ijtimoiylashuv va indivizualizatsiyalanish. Agar sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda oz navbatida bola ozining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo'shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi. Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo'naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy-ma'naviy fazilatlarning yo‘qligi hamda ularning shakllanmay qolishi ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday holatlarda ularning oldini olish hamda ma'lum chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy statusini qayta tiklashga, yo'qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb ataladi. Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o‘spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o‘g’il-qizlar o‘spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga ham o‘smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir. O‘smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o‘zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro‘y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo‘ladi. Jamoada o‘spirinning ijtimoiy maqomida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi. Bu yoshda o‘spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo‘ladi. O‘spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo‘ladi va oxir oqibat o‘zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika to‘g’aragi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bu guruh o‘smirlarning yig’ilishib, ichib-chekib o‘tirishadigan yerto‘la ham bo‘lishi mumkin. Bu yoshda o‘smirlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo‘ladi. Ota-ona o‘z farzandiga yosh bolaga bo‘lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo‘rlikdan chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko‘p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o‘zgaradi: bo‘ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o‘tmoqchi bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida tengdoshlar bilan ham o‘zaro munosabatlarning xarakteri o‘zgaradi. O‘spirinda kattalik hissi tug’iladi va hissiyot mustaqil bo‘lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo‘ladi. Kichkina bolaga qaraganda o‘spirinning qiziqishlari ancha o‘zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o‘spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir. Shunday qilib o‘spirinlik yoshining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ajratsak bo‘ladi: Emotsional voyaga yetmaganlik; O‘z xulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaslik; O‘z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xoxishlarini to‘g’ri baholay olmaslik; Katta bo‘lishga intilish O‘spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo‘lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o‘rtasidagi davrdir. Shaxs hali o‘zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan, biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o‘z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan. O‘spirin aqlli qaror qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo‘lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o‘spirin o‘z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o‘spirinlik va o‘smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo‘ladi. “Tarbiyasi og’ir“ o‘smirlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdir, biroq ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o‘z tengdoshlaridan o‘qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan. Garchi ular o‘zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o‘zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli shug’ullana olishmaydi. “Tarbiyasi og’ir” o‘smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o‘qishni xohlashmaydi, o‘qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadi. Maktabni tashlab ketishadi, o‘zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan o‘spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo‘rlik oqibatida o‘z jonlariga qasd qilishadi. O‘spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo‘lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilganligi natijasdir. Amaliyotda isbotlanganidek o‘spirinni o‘rab turgan bu muhit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalar, yo‘nalishlari, o‘spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo‘ladi. Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko‘cha-kuyda boshqarib bo‘lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o‘smirlar bo‘sh vaqtlarini aksariyati aynan ko‘chada o‘tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O‘quvchi o‘spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o‘qishdir. Biroq o‘qish tarbiyasi og’ir o‘smirlar uchun o‘qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vosita emas. Shuning uchun ular o‘zlariga muhim bo‘lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o‘zi kabi o‘smirlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo‘pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi. Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti paydo bo‘lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo‘yicha maktab va barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo‘shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo‘lishadi. Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi. Pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Ular bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim: O‘smir bilan aloqa o‘rnatish O‘smir bilan yaxshi o‘zaro munosabatlar o‘rnatish Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o‘rganish Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi. Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o‘smirlar guruhlari paydo bo‘ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo‘lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o‘smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilmagan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o‘smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo‘lganligi va a’zolariga bog’liq bo‘lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o‘spirinlarni o‘rab turgan mikro muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish zarurligini ham ta’kidlab o‘tamiz. Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarning normallashuvi natijasida o‘smir guruhlarning rejali qayta to‘g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o‘smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyasi og’ir o‘smirlar bilan ish olib borish ommaviy so‘rovnoma va anketa to‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o‘smirlar guruhlarning qayerda paydo bo‘lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Tarbiyasi og’ir o‘smirlar ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo‘nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o‘smir guruhlari bilan ishlashning eng to‘g’ri va samarali shakl-vositalarini qo‘llashga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo‘lgan o‘smirlar guruhlarida o‘zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo‘ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi: 1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish; 2. Tarbiyaviylar ta’sirni to‘g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g’ri tomonga yo‘naltirish. Guruhlarning o‘rnatilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan mashg’ulotlarini ikki turga ajratsak bo‘ladi – vaqt bo‘yicha – doimiy va nodoimiy, yo‘nalishi bo‘yicha – ijobiy ( mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘ynash). Tarbiyasi og’ir o‘smir guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidag muvaffaqiyatli amal oshib, uning asosida: Maktab yordamida: Maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir( seksiya, klub, to‘garaklar); Intizomli a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga talab bo‘lganda juda muvaffaqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlari umumiyligi yotadi. Bu yo‘nalishning amalga oshirishning muvaffaqiyati ko‘p borada o‘qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog’liq. Sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bunaqa birgalikdagi faoliyatni talab qiladi. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko‘p narsa bog’liqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda og’aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to‘g’ri munosabat shakllanadi, yuklatilgan vazifa uchun ma’suliyat hissi ortadi; Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlari mikro tuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan birgalikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi; Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirning tashkil qilishda quyidagi holatlar inobatga olish lozim: Birinchidan to‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim balki mehnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o‘smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim Ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishsa bo‘ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o‘smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir. Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o‘smirlarni o‘z tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o‘smirlarda bajarayotgan ishlari uchun ma’suliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib boradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko‘zda tutadi. Qayta tarbiyalash bola yoki o‘smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o‘tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchining yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi kerak. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim. O‘smirni qayta tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir necha bosqichdan iborat: Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish; O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash kerak; Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash; Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish. Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltiriladi. O‘smirlar bilan reabilitasion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o‘xshash maqsadini qo‘yadi. Bu axloqiy komil inson o‘smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi. Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo‘lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo‘qotishlarga olib keladi. Shu bois, tarbiyasi va xulq-atvorida o‘zgarishi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi. Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarda bir qator o‘ziga xos tipik illatlar kuzatiladiki, ular: Ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan munosabatda O‘rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan munosabatda O‘ziga munosabatda va o‘zini o‘zi tushunishda Ichki yagonalik, boshqalar bilan do‘stlasha olmasligi O‘qishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiruvi kabi. Bugungi kun psixologik-pedagogik tajribalar “tarbiyasi og’ir” bolalarga yordam ko‘rsatish uchun quyidagi tartibda ish tutishni taqozo etmoqda: Yosh jihatlariga qarab profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash talabi. Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarga o‘smirlik yoshiga xulqidagi buzilishi qat’iy shakllangan bir davrda profilaktik va korreksion tadbirlarga qo‘l uriladi. Aslida xulq-atvorida o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘lgan davrida unga chora ko‘rishni kutib o‘tirmaslik lozim. Shu bois boshlang’ich maktab yoshidayoq maqsadli profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash maqsadga muvofiq. Balki undan oldin. 1.Ishni differensial va individual tashkil etish: Bunda bolalarning tarbiyaviy-profilaktik jarayonda yosh va jinsiga qarab differensial hamda ularni har birini individual xususiyatlariga qarab ishni rejalashtirish. Yordam faoliyatida xilma-xillikni ta’minlash, ya’ni vaziyat, shart-sharoitga qarab usullar, munosabat o‘rnatish. 2.Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish: “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilam tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish jarayonida ularni ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatlarga tayanib, u tashkil etilayotgan mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish lozim. Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan talablar umumiydir, ammo “tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlayotgan vaqtda ularga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish uchun bir qator uslub va amallardan foydalanishni bilish lozim. Tarbiyada ta’sir ko‘rsatish usullariga ya’ni taqdirlash va jazolash yo‘llariga alohida e’tibor beriladi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida ham pedagog-tarbiyachilar ulardan samarali foydalanishlariga to‘g’ri keladi. Taqdirlash bola xatti-harakatlarida ijobiy sifatlarni tarkib topishi va mustahkamlanishi uchun, jazolash esa ixtiyor etilmaydigan salbiy xususiyatlarni oldini olish va ulardan ogoh etish maqsadida foydalaniladi. Jazolash adolatli va bolaning shaxsini kamsitmagan holda samarali tashkil etilishi zarur. Tarbiyaviy vositalar orasida tarbiya amallari borki, ularni samarali qo‘llash ijobiy natijalarga olib keladi. Tarbiya amallari tarbiya uslublarining tarkibiy elementlari bo‘lib, ular bolaga ta’sir samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar bilan ishlash jarayonida mutaxassislar bir qator tarbiya amallaridan foydalanishlari o‘rinlidir. Ijtimoiy pedagog – tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanishga o‘z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Ijtimoiy pedagog ishlarini o‘ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqaradi. Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o‘ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarni aniqlash, bartaraf etishga yo‘naltirilishi kerak. Ijtimoiy pedagog har bir kichik muhitda, o‘smirda o‘z tengdoshlari, o‘quvchilar va o‘qituvchilar, bolalar va ota-onalar o‘rtasida insonparvarlik etikasiga rioya qilishni, bu esa o‘z navbatida ular ma’naviy dunyosini shakllanishiga yordam bermog’i lozim. Eng muhimi kelajak jamiyati a’zosida zarur bo‘lgan; o‘z xatti-harakati uchun javob beradigan; g’amxo‘rlik beminnat ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga oladigan, mehnatsevar, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, kamtarlik, minnatdorchilik va boshqa sifatlarni shakllantirishlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo falokat, yo saodat- yo halokat masalasidur” - degan gaplari qariyb bir asrki o‘zining zalvorini yo‘qotgani yo‘q, fikrimizcha yo‘qotmaydi ham. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog’liq. Chunki o‘smirlik yoshiga kelib shaxs shakllanayotgan bir davrda xulqdagi og’ishlarning asosiy sabablaridan biri bu tarbiyadagi xatolar va noto‘g’ri tarbiya bo‘lib qolmoqda. Albatta, xulqi og’ishiga yana bir qator sabablar ham pedagogik tarbiyada jiddiy e’tibor berish kerak. Tarbiyada mukammal formula yo‘qki, jamiyatda hamma bola bir xil darajada tarbiyalansa. Har bir bola o‘ziga xos ijtimoiy muhitda o‘sadi, tabiiyki unga ijobiy hamda salbiy ta’sirlar turlicha bo‘ladi. Shuning uchun o‘smir yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlash ko‘proq bilim olishga, ilm o‘rganishga undashimiz lozim. Abdulla Avloniy bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: “Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur”. Bolani voyaga yetgunicha oq choyshabga o‘rab katta qilishning iloji yo‘q va doim ham bolaga yetarlicha e’tibor qila olmaymiz. Qaysidur vaziyatda kimningdir e’tiborsizligi, kimningdir aybi bilan bola “yomon bola“ ga aylanishi mumkin. Shunday bolalar haqida eshitsak, ko‘zimiz tushganda “guruch kurmaksiz bo‘lmaydi-da“ deb qo‘yamiz. Lekin bola qanchalik yomon bo‘lmasin uni kurmakka chiqarish noto‘g’ri. Bizning har qanday bola bu nihol. Lekin ayrim nihollar shamol ta’sirida yo boshqa biror tabiiy ta’sir natijasida qiyshayishi, sinishi mumkin. Juda ham yomon hollarda esa tanasiga zararkunanda o‘simlik va hashoratlar yopishib olishi yoki kasallanish kuzatiladi. Lekin oqil, tajribali dehqon bunday vaziyatda qiyshaygan daraxtga tirgak qo‘yadi, zararkunandalar va kasalliklardan tozalash uchun niholni dorilaydi, singan shoxlariga shakl berib kesadi. Hozirgi zamon ota-onalari, tarbiyachi va pedagoglar shunday “oqil dehqon” kabi bo‘lishlari kerak-ki, o‘smirga “tarbiyasi og’ir” deya tamg’a bosilmasin. O‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, bugungi kun yosh avlodini har tomonlama rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik-psixologik bilimlarning o‘rni oshgandan oshib boradi. Har bir o‘smirga alohida individual ravishda yondashib, ulardagi muammolarni korreksiya qilishni ayni vaqtda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi paytda internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda kelayotgan buzg’unchi g’oyalardan yoshlar ongini himoya qilish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligida ish olib borishni taqozo qiladi. Ana shundagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarimizni amalga oshirishimiz mumkin. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Demak Prezidentimiz yosh-o‘smir ta’lim-tarbiyasini tubdan isloh qilishimizga ishonmoqda, farzandlarimizni dunyo tan olishini xohlamoqda, bunda esa ularning bosayotgan qadamidan bohabar bo‘luvchi va turli vaziyatlarga tushganda yo‘l topib chiqib ketuvchi aqlli o‘smirni tarbiyalashimiz lozim.3 O‘smirlarning o‘z tengdoshlariga intilishi o‘zgacha bo‘ladi. O‘z tengdoshlari orasida o‘zining sifatlarini boshqalar sifati bilan solishtirish, tenglik sharoitida u kimgadir boshqacha ko‘rinish xususiyatlarini o‘smirlar guruhida yaqqol kuzatish mumkin. Tengdoshlari orasidagi taniqli bo‘lish va ularning hurmatiga sazovor bo‘lish bu yoshdagi o‘quvchilarning xususiyatlaridan yana biridir. O‘smir o‘zining ichki “qarash” lariga suyangan holda guruhda qo‘llab-quvvatlovchi tayanch qidiradi. Tengdoshlari unga qanday baho berishida ular o‘rtasidagi munosabatlar doirasida xilma-xil nizoli vaziyatlarga duch keladi. Bunday vaziyatlar o‘smirda o‘z mavqe’ini tiklash uchun ijobiy harakatlarni tanlash yoki aksincha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Shu kabilarning barchasi bevosita jamiyatning psixologik iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. M. Sh.Miromonovich o‘smir-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g’ri taqsimlansagina ular o‘rtasidagi huquqbuzarlikni oldi olinishini ta’kidlab: “…yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Buning uchun kelgusi yilda professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi." degan oqilona fikrlarni bayon etdi. Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka asosiy o‘ringa chiqadi. Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin.”- deb ta’kidladi. O'smirlik davri juda murakkab davr hisoblanadi. Murakkabligi shunda-ki, yuqori sinfga o'tgach u endi bir qator o‘qituvchiga ko‘nikish har biriga o‘ziga yarasha muomala qilishi ularning talablariga ko‘nikishi va shunga qarab o‘zini tutish kеrak. Shu sababli o‘quvchi o‘smirlar bir xil to‘la sеzmaydilar ular kattalarning shaxsiy xulqlari faoliyatlari va munosabatlarini quradilar. Ularning kattalar tomonidan o‘zlariga shaxslarga bеrilgan har xil baholarni eshita boshlaydilar. O‘smirlik yoshiga yеtganida bolalarda burch va javobgarlik tuyg`ulari yеtarli darajada o‘sgan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan qobil bo‘lib qoladi. Mana shu davrda kattalar bolalarga «bеmalol ish topshirishni ishonadilar» o‘smirlarni oilada «kichkina» dеb hisoblamay ulardan ho‘jalik ishlariga yordam bеrish topshirilgan ishga javob bеrishni talab qiladilar. Ular bilan maslahatlashadilar ba’zi o‘smilar, ayniqsa, ular o‘rta maktab yoshining oxiriga borganda hatto o‘ziga yaqinlarini qo‘llovchi va tayanchi bo‘lib qoladilar. O‘smirda bosh miya po‘stlog'ining po'st ostida qismlari ustidan kontrolligi ortib boradi po‘st va po‘st ostida qismlari doimiy ravishda birga harakat qiladi. Ayrim xollarda po‘stloq osti qismining faoliyatini kontrol qilmay qoladi. Bu o‘smirning bеtayinligi, jizzakiligi va emotsional xislariga bеrilganligidan dalolat bеradi. Tormozlash rеaktsiyasini paydo qilish xaraktеri turg`un bo‘lmay qoladi. Qo‘zg`alish jarayonlari ba’zan shu qadar kuchli bo‘ladiki, o‘smir yoqimsiz haraktеrlarini tormozlay olmay o‘zini boshqara olmay qoladi. Xulosa qilib aytganda ,o‘smirlar o‘rtasida nizolarni kelib chiqishi va ularni bartaraf etish fikrimizcha ota-ona, maktab, mahalla hamkorligiga bog’liq. Hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, mahallalarda inspektorlar va maktab rahbariyati tomonidan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar ko‘proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Download 78.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling