Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi


Download 78.2 Kb.
bet1/7
Sana02.04.2023
Hajmi78.2 Kb.
#1321861
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
201-GURUH KURS ISHI FARIDA




NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
IJTIMOIY PEDAGOGIKA”
fanidan

O‘SMIR YOSHIDAGI O‘G‘IL BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIKA, PROFILAKTIKA ISHLARINING MAZMUN MOHIYATI


mavzusidagi
KURS ISHI
Talaba: 2-OTM 2-kurs “201”-guruh talabasi:
F.Z. Saydilova______________
Ilmiy rahbar:
“Pedagogika” kafedrasi
o‘qituvchisi M.M.Karimova
____” _____________


TOSHKENT-2023
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………....….3
I BOB.O‘SMIRLAR IJTIMOIYLASHUVI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR
1.1.O‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayoni haqida umumiy tushuncha…………....7
1.2.O‘smirlarning ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi asosiy omillar va ularning ahamiyati.………………………………………………………………................21
II BOB.O‘SMIR YOSHDAGI YIGITLAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI
2.1.O‘smir yoshidagi bolalar ijtimoiylashuv jarayonida profikaktik hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyat ……………………………………………………..….............29
2.2.O‘smirlar jamoasida pedagogik-psixologik iqlim.……….…………….…..….42
XULOSA …………………………………………………………..………….….59
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………....….…62


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil, huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o‘zligini anglashga imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy intellektual, aqliy – amaliy rivojlanishi uchun yangi shart – sharoitlar yaratib beradi.
Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot – mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”-deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Hammamizga yaxshi ma`lumki, yoshlik intilishlari chegara bilmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ezgu orzu – niyatlar bilan yonib yashayotgan yigit qizlarga ular ko‘zlayotgan yuksak ufqlar, buyuk maqsadlar, avvalo, insonning o‘zi uchun yurti va xalqi uchun foydali ekanligini ochib berishi mumkin.
Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan an`anaviy ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha munosabat yondoshuvini yuzaga keltirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz”1- deb yoshlarga yuksak ishonch bildirib turgan bir paytda yoshlar o‘rtasida turli nizolarning kelib chiqishi to‘g’ri kelmaydi. Bunga biz pedagog- psixologlar jiddiy e’tibor berishimiz darkor.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.
Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida katta ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar tomonidan shunday ijtimoiy psixologik axamiyatga ega bo‘lgan fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu ijtimoiy psixologik ta’sir etuvchi g‘oyalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, taxlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib xozirgi davrga, ya’ni xayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy muammolardan biridir, chunki ularda ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan. Hozirgi vaqtda ta`lim mazmuniga shaxsning ijtimoiylashuvi masalasi asosiy g`oya sifatida kiritilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
O‘smir yoshidagi bolalarni oilada ijtimoiylashuvi murakkab jarayon ekanligini unda yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi hamda o‘ziga xosligida ko‘rish mumkin. Ma’lumki yosh o‘sishi bilan bola faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Demak bolaning biologik jihatdan o‘sishi uning psixikasida ham o‘sish va o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ammo biologik o‘sish bilan psixik o‘zgarishlar har doim ham mutanosiblikka ega bo‘lavermaydi. Chunki bunga sabab psixik o‘sish bir tomondan individuallik xarakteriga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ma’lum ijtimoiy va psixik shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bolada sodir bo‘ladigan psixik o‘sish, o‘zgarish real hayotda o‘z o‘rni va mavqe’iga ega bo‘lishi biroz murakkabroq kechadi.2 Buning sababi bir tomondan bolada hali yetarlicha tajribaning yetishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish xususiyatlarini to‘liq anglab yetmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi. Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‘sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o‘rtasida to‘siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta’sirida u yoki bu tomonga o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‘l qo‘yishi mumkin ta’lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi.

Download 78.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling