Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 468 Kb.
bet16/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Nigohlarning qochishi. Bunda asosiy belgi shuki, yolg’on so’zlashga o’rganmagan yoki boshqa sabablarga ko’ra xavotirda bo’lgan odam yolg’on gapirayotganida, suhbatdoshining nigohlariga qiyinchilik bilan dosh beradi hamda nigohini (ko’zlarini) olib qochishga harakat qiladi.
Suhbatdosh ko’zlarining biroz qisilishi (torayishi) – ushbu holat shaxsning ishonarli munosabatlar o’rnatishni, «qalbini ochishni» istamayotganidan, bezovtaligidan dalolat beradi.
Yengil tabassum (bunda ko’zning pastki qovoqlari ko’tarilmaydi) – ko’pincha yolg’on gapirish jarayonida ko’rinadi, ammo muloqotning o’ziga xos uslubi bo’lishi ham mumkin. Soxta tabassum ichki zo’riqishni yashirish imkonini beradi, shuning uchun ham doim deyarli tabiiy ko’rinmaydi.
Davomiy tabassum (lablar yuqori va pastki tishlardan biroz orqaga tortilgan, bunda uzun chiziq hosil bo’ladi, tabassumning o’zi esa «chuqur» tuyulmaydi) – bu shaxs tashqi ko’rinishidagi yoqimtoylik yoki rasmiy xushmuomalalikni ko’rsatadi, ammo muloqot jarayo nidagi samimiylik va yordam berishga tayyorlikni anglatmaydi.
Yuz mushaklarining mikro zo’riqishi. Yolg’on xabar berilayotganida, inson yuzida go’yoki «soya yuguradi». Videosuratga olish bunda yuz ifodasida soniyaning ulushi mobaynida davom etadigan qisqa muddatli zo’riqishni qayd etish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchi R.Bennetning fikricha, bu ixtiyorsiz reaksiya – yolg’onning juda ishonchli ko’rsatkichi hisoblanadi.
Sinovchan qarash. Odam yolg’on gapirayo tganida diqqatini sherigining yuziga qaratadi, bu bilan uni aldashga urinish qanchalik muvaffaqiyatli chiqqanligini baholashga urinadi. Nosamimiylik belgilari haqida so’z yuritganda, yolg’on gapirish paytida suhbatdoshni nazorat qilish kerakligini unutmaslik zarur.
Inson nazoratda ushlanadigan qo’rquv, jumladan fosh bo’lishdan qo’rqish paytida, qoshlari biroz ko’tarilgan – go’yoki to’g’ri chiziqqa tortilgan bo’ladi. Agar qo’rquv kuchliroq bo’lsa, bu belgiga qo’shimcha boshqa alomatlar ko’rinadi: peshonada yo tiq ajinlar paydo bo’ladi; ko’zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko’tarilgan, pastkisi esa taranglashgan bo’ladi; og’iz biroz ochilgan, burchaklari esa orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to’g’rilangan bo’ladi. Ushbu taranglik va lablardagi to’g’rilanganlik qanchalik kuchli bo’lsa, qo’rquv shunchalik kuchli bo’ladi.
Biroq peshona tirishmagan holda bir yoki ikkala qosh sal-pal seziladigan darajada ko’tarilishi ham mumkin. Peshonadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e’tiborni bildiradi. Buning turli sabablari bo’lishi mumkin: dahshat, qo’rquv yoki oddiygina tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutmaganlik. Bu albatta, vaziyatga bog’liq. Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko’rsatadi.
Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi muqaddam bandlik, biror holat yoki vaziyatga berilganlik (jalb etilish)ni anglatadi. Xo’sh, inson o’zining til bilan bog’liq bo’lmagan signallarini qay darajada manipulyasiya qilishi (o’zgartirishi), his-tuyg’ularini qanday qilib sezdirmay yashirishi mumkin? Bu savollarga taxminan quyidagicha javob berish mumkin. Albatta, har kim o’z tana harakatlariga kuchli ta’sir ko’rsatishni o’rganib olishi mumkin. Biroq yuz mushaklarini va ko’zlar ifodasini deyarli boshqarib bo’lmaydi. Kimdir o’z qo’llarini nazorat qilishni o’rganib olib, chetdan qaraganda mutlaqo xotirjam ko’rinishi mumkin (masalan, u qo’l barmoqlarini qovushtirib, bu bilan ulardagi asabiy titroqni bostirishi mumkin). Shunga qaramay, ichki bezovtalik mavjud bo’lsa, u baribir uning yuzida ko’rinadi. Xo’sh, nima uchun yuz mushaklarini boshqarish bunchalik qiyin? Chunki yuz mushaklari miyaning hissiyo tlarni nazorat qiluvchi sohalari bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, yuz mushaklarini ishonch bilan boshqarish uchun yetarli darajada tajriba to’plash zarur.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling