Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta


OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASOFAVIY TA’LIM SHAKLINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Download 56.64 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi56.64 Kb.
#1819851
1   2   3   4   5
Bog'liq
must talim2

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASOFAVIY TA’LIM SHAKLINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish;
masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilash;
masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora), moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ta’lim jarayonini to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish;
masofaviy ta’limni maxsus platforma yordamida yoki mavjud platformalardan foydalangan holda tashkil etish;
masofaviy ta’limda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:50 nisbatda belgilash;
masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini davlat ta’lim standarti, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlari asosida amalga oshirish;
masofaviy ta’limga talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil qilish tartibini belgilash, shuningdek, masofaviy ta’lim sifati monitoringini tashkil etish.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) masofaviy ta’lim shakli asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi F-60-son farmoyishiga 1v-ilovada ko‘rsatilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab qolgan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ruxsat beriladi, faoliyati mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan oliy ta’lim tashkilotlari bundan mustasno;
b) masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarida yo‘lga qo‘yiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bundan mustasno;
v) masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda:
mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi;
g) masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga Masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish huquqi beriladi.
Bunda:
Markazning shtat birligi moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tomonidan, boshqa oliy ta’lim muassasalarida bo‘ysinuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi;
Markaz oliy ta’lim muassasalarining yuridik shaxs bo‘lmagan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va ular faoliyatini moliyalashtirish oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Masofaviy ta’lim shaklini joriy etgan oliy ta’lim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarini ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatini beradigan yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.


Download 56.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling