Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana27.05.2020
Hajmi1.57 Mb.
#110559
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari


An’anaviy tamoyil, fonematik tamoyil kabi yana bir morfologik tamoyilni 
istisno  turlaridan  birini  yaratadi.  U  sо‘zlarning  zamonaviy  talaffuzga  va 
morfologik  tamoyilga  о‘xshash  bо‘lmagan,  tarixiy  eski  yozilishini  saqlaydi. 
Mexanik  xotira  an’anaviy  yozish  tamoyilini  о‘zlashtirishni  bevosita  tartibga 
soladi.  An’anaviy  yozuvga  (о‘zagida  urg‘usiz  unli  bо‘lgan,  urg‘u  bilan 
tekshirilmaydigan,  chet  tillaridan  olingan  sо‘zlar)  lug‘atli  sо‘zlar  misol  bо‘la 
oladi.  Bunday  turdagi  sо‘zlarda  xatolikka  yо‘l  qо‘ymaslikning  birgina  usuli 
tо‘g‘ri yozish kо‘nikmalarini egallashga yordam beruvchi sо‘zlarni “yaxshi eslab 
qolish, yod olish va kо‘p martalab yozish” hisoblanadi. 
B.G.Ananyev,  Z.S.Veyn,  S.M.Blinkov,  Ye.N.Vinarskaya,  R.I.Lalayeva, 
A.R.Luriya, O.A.Tokareva, L.S.Svetkova, A.N.Koriyev va boshqa mualliflar о‘z 
asarlarini 
yozish 
jarayonining 
murakkab 
psixofiziologik 
tuzilishiga 
bag‘ishlaganlar. Ularning olib borgan kо‘plab tadqiqotlari yetakchi qо‘l, yetakchi 
kо‘z, yetakchi quloqning birgalikda ishlashini ta’milovchi akustik, optik, kinestik, 

26 
kinetik,  proprioretseptiv  va  fazoviy  analizatorlar  ustida  birgalikda  ishlash 
yozishning psixofizilogik negizi ekanligini isbotlab bergan. 
A.N.Leontev, A.R.Luriya, A.N.Kornevning tushunchasida yozuv faoliyat turi 
sifatida quyidagi asosiy operatsiyalarni о‘z ichiga oladi
1

I. Sabab, niyat, vazifa 
Yozuv  -  yozuvchida  har  doim  yuzaga  keladigan  yoki  taxmin  qilinadigan 
ma’lum  bir  vazifadan  boshlanadi.  Barcha  sharoitlarda  fikrni  shakllantira  olish 
yoki iborani yozib olish lozim bо‘lganda  – u barcha begona omillardan ajratib 
qо‘yilgan bо‘lishi lozim. 
II. Ketma-ket harakatlarning mazmunli dasturini tuzish 
Yozuvchi iboralarni yozish tartibini saqlab qolishi kerak: har doim u qayerda 
ekanligiga,  nimani  yozganligiga,  nimani  yozishi  kerakligiga  mо‘ljal  olgan 
bо‘lishi lozim. 
III. Gapning ma’lum tuzilishi bilan fikrning qо‘shilib ketishi. 
Buning hammasi yoyilgan iboraga aylantirilishi lozim bо‘lgan fikrni nafaqat 
ushlab turish, balki ichki nutq yordamida keyinchalik о‘z tartibini saqlab qolishi 
lozim  bо‘lgan  iboraning  yoyilgan  tuzilishiga  aylantirish  lozimligidan  dalolat 
beradi. 
Shunday  qilib,  yozuvning  mazkur  operatsiyalarini  amalga  oshirishning 
yutug‘i quyidagilar bilan belgilanadi: 
-  “tashqi” 
orfografik 
harakatlar, 
operatsiyalar, 
kengaytirilgan 
muhokamalarni ichki nutqga, aqliy harakatlarga о‘girishni bilish; 
-  eslab qolish, saqlab qolish va takrorlash kabi mnestik jarayonlarning yetarli 
darajada rivojlanganligi
-  sо‘zlarni gaplarda qurilishining grammatik qoidalarini bilish; 
-  til semantikasi nuqtai nazaridan sо‘z shakllarini aniq tanlash va sо‘zlarni 
stilistik jihatdan tо‘g‘ri qо‘llay bilish. 
                                                           
1
 
Леонтьев А.Н. Мышление // Вопросы философии. - 1964. - №4. - Б. 85 - 95.

Корнев А.Н. Нарушения 
чтения и письма у детей: Учебно-методическое пособие.- СПб.: МиМ, 1997. – Б. 286; 
Лурия А.Р. Язык и 
сознание. - Ростов-на-Дону: Феникс, 1998. – Б. 306. 
 

27 
IV. Gapni sо‘zlarga tahlil qilish 
Operatsiya quyidagilar asosida amalga oshiriladi: 
-  sо‘z va gap haqida shakllangan til tasavvurlari; 
-  gapni sо‘zlarga bо‘lish kо‘nikmalari (til tahlilini amalga oshirish). 
V.  Sо‘zning tovushli yoki akustik tahlili 
Mazkur  operatsiya  yaxlit  oqimdan  diskret  element  tovushlarni  ajratishni 
bilishdan,  ularning  jiddiy  “fonematik  alomatlarini”  aniqlashdan  va  ushbu 
alomatlar  bо‘yicha  nutqning  boshqa  tovushlari  bilan  taqqoslashdan,  ya`ni  sо‘z 
tovushlarini  aniq  fonematik  qabul  qilish  asosida  fonematik  tahlilni  amalga 
oshirishdan iborat. 
Fonematik  tahlil  til  tahlilining  shakllaridan  biri  hisoblanadi  va  eshitish-
artikulyatsiyalash  yо‘li  bilan  tovush  tavsifini  aniqlashtiruvchi,  uni  о‘xshash 
tovushlardan  farqlashga  yordam  beruvchi  artikulyatsiyaning  faol  ishtirokida 
amalga  oshiriladi.  L.F.Spirova,  N.A.Nikishina,  R.Ye.Levina  asarlarida 
artikulyatsiyasi  buzilgan  bolalarda  yozishni  eksperimental  о‘rganish  natijalari, 
S.M.Blinkov,  Y.V.Nazarova,  A.N.Sokolovalarning  asarlarida  esa  birinchi  sinf 
bolalarida yozuv paytida xatolarning 1,5–2 baravar oshishi о‘z aksini topgan
1

Mazkur  operatsiyani  amalga  oshirishning  muvaffaqiyati  bir  qator 
sharoitlarga: 
-  fonematik qabul qilishning shakllanganligiga; 
-  fonematik tahlil kо‘nikmasining shakllanganligiga; 
-  artikulyatsiyaning holatiga bog‘liq. 
VI.  Harf  kо‘rinishida  yozilishi  lozim  bо‘lgan  ajratilgan  fonemaning 
birlashishi,  ya`ni  fonemani  grafikaga  “qayta  shifrlash”  -  yozuvning  keyingi 
operatsiyasi hisoblanadi. 
Yozish  jarayonida  zarur  bо‘lgan  tovushli  tahlil  ortida:  ajratilgan  fonemalar 
yoki  ularning  komplekslari  kо‘rinuvchan  grafik  sxemaga  о‘tkazilgan  bо‘lishi 
kerak.  Agar  dastlabki  tovushli  tahlil  yetarli  darajada  aniq  о‘tkazilgan  bо‘lsa, 
                                                           
1
  А.  Н.  Соколова  «Внутренняя  речь  и  мышление»  1967.;  Назарова  Е.  В.  Формирование  лексико-
грамматической организации речевого высказывания у детей дошкольного возраста с недоразвитием речи: 
Автореф. дис. . канд. пед. наук. М., 2000. – Б. 16. 

28 
fonemalarni  grafemaga  qayta  shifrlash  unchalik  qiyinchiklar  tug‘dirmaydi. 
Bunda,  “qayta  shifrlash”  grafemaning  topologik  xususiyatlari  va  uning 
elementlarining  fazoviy  joylashuvini  hisobga  olgan  holda  amalga  oshiriladi. 
Grafika  qoidalari  bо‘yicha  tovush  -  harfli  mosliklarni  belgilash  asosiy  jarayon 
hisoblanadi.  Bunda  asosiy  yuklanish  tovush  -  harfli  assotsiatsiyalarga  tushadi. 
Bundan  tashqari,  uning  zarur  shart-sharoiti  fonematik  qabul  qilish  va  tilni 
tushunishning yetukligi hisoblanadi. 
Quyidagilar  yozuvning  mazkur  operatsiyasini  о‘zlashtirishning  zarur  shart-
sharoitlari hisoblanadi: 
- fonematik qabul qilish; 
- kо‘rish-fazoviy funksiyalar; 
- harf gnozisi va mnezisi. 
VII. Harflar yordamida sо‘zning tovushli tuzilishini modellashtirish 
О‘qish  va  yozishni  о‘rganishning  boshlang‘ich  bosqichida  mazkur 
kо‘nikmani amalga oshirish ikki bosqichda о‘tadi: 
-  dastlab  sо‘zning  tovushli  tomonlarini  fonologik  strukturalashni  bajarish, 
ya`ni о‘zi tarkib topgan fonemalarning vaqtinchalik ketma-ketligini belgilash; 
-sо‘ngra  harflarning  fazoviy  ketma-ketligiga  fonemalarning  vaqtinchalik 
ketma-ketligini transformatsiyasi amalga oshiriladi. 
Fonologik  strukturalashning,  ya`ni  fonematik  tahlilning  buzilishini  kо‘plab 
olimlar  disgrafiya  mexanizmida  asosiy  roldaligiga  e’tibor  qaratdilar. 
Eksperimental-psixologik ma’lumotlarga kо‘ra, harfli yozish va fonematik tahlil 
natijasi har doim ham mos tushavermaydi. Kо‘p hollarda bola og‘zaki fonematik 
tahlilni benuqson amalga oshiradi, yozuvda esa maxsus xatolarga yо‘l qо‘yishda 
davom  etadi.  Bularning  sabablaridan  biri  operatsiyaning  ikkinchi  bosqichi  – 
sо‘zning  tovushli  tuzilishini  modellashning  notо‘g‘riligidadir.  Fonemalarning 
vaqtinchalik  ketma-ketlikda  grafemalarning  fazoviy  qatoriga  transformatsiyasi 
jarayoni  deyarli  har  doim  harf  yozishning  fonematik  tahlili  va  grafo  -  motor 
operatsiyalari bilan parallel sodir bо‘ladi. Bu esa qayd etib о‘tilgan sensomotor 
jarayonlarning  murakkab  koordinatsiyasini  talab etadi  va  ularning sodir bо‘lish 

29 
vaqtida e’tiborning optimal konsentratsiyalanishi hamda taqsimlanishini nazarda 
tutadi. 
A.N.  Kornevning  fikriga  kо‘ra,  mazkur  operatsiyani  amalga  oshirish 
qiyinchiliklarida sо‘nggi rolda bо‘lmagan yana bir “yerosti toshi” bor
1
. Fonematik 
tahlil  kabi  sо‘zlarni  harflab  yozish  suksessiv  jarayon  hisoblanib,  bu  jarayon 
aqlning oson zararlanadigan shart - sharoitlarini namoyon etadi va markaziy asab 
tizimining  hatto  yengil  rezidual-organik  shikastlanishlarida  ham  oqsab  qoladi. 
Agar  bolaning  tovushlar  yoki  belgilarning  vaqtinchalik  ketma-ketligini  qisqa 
muddatli  hotirada  ushlab  turish  qobiliyati  buzilgan  bо‘lsa,  bu  yozuvni 
о‘zlashtirganda yaqqol namoyon bо‘ladi. 
Shunday qilib, yozuv jarayonidagi mazkur operatsiyani о‘zlashtirish shartlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
-  fonematik tahlil kо‘nikmasi; 
-  vaqtinchalik  ketma-ketlikning  rivojlangan  fazoviy  ketma-ketlikka 
о‘tkazishning  shakllangan  kо‘nikmasi  (о‘z  navbatida,  fazoviy  gnozis  va 
praksisning rivojlanganligi) 
-  optimal konsentratsiya va diqqatning taqsimlanishi; 
-  qisqa  muddatli  xotirada  tovushlar  yoki  belgilarning  vaqtinchalik  ketma-
ketligini (suksessiv jarayonlarni) ushlab turish. 
VIII. Yozuvning keyingi operatsiyasi  - harfning kо‘rinib turadigan obrazini 
ketma - ket harakatlarning kinetik sxemasiga qayta shifrlash hisoblanadi. 
Qayd  etib  о‘tilgan  operatsiya,  operatsiyalar  zanjiridagi  yakuniy  zveno 
hisoblanib, nafaqat kalligrafiyaga, balki butun yozuv jarayoniga ta’sir kо‘rsatishi 
mumkin. Harflarni tasvirlashda qiyinchiliklarning mavjudligi bolaning e’tiborini 
shunchalik  jalb  etadiki,  u  bundan  avvalgi  barcha  operatsiyalarni  ham  buzadi. 
Ushbu  jarayonda  grafo  -  motor  kо‘nikmalarni  shakllantirish  jarayoniga  bog‘liq 
bо‘lgan  kо‘rish–eshitish-motorli  koordinatsiya  –  eng  muhim  funksiya 
hisoblanadi. 
                                                           
1
 
Корнев А.Н. Нарушения чтения и письма у детей: Учебно-методическое пособие.- СПб.: МиМ, 1997. – Б. 
286.
 

30 
Ye.V.Guryanova, 
M.M.Bezrukix, 
S.P.Yevimov, 
YE.V.Novikova, 
N.V.Novatorseva,  S.Ye.Gavrina  va  boshqa  mualliflar  kо‘rish,  eshitish  va 
harakatlanish  analizatorlari  о‘rtasidagi  aloqalar  tizimni  hosil  qilish  jarayonini 
tadqiqot qila turib, ular quyidagilarning  shakllanganligiga bog‘liqligini isbotlab 
berdilar: 
- kо‘rish va harakatlanish nazorati (kо‘ruv-motor koordinatsiyalar); 
-harakatlarni 
kordinatsiyalash 
(yozayotgan 
qо‘l 
zvenolarini 
koordinatsiyalashni  bilish,  harakatlanish  yо‘nalishining  о‘z  -  о‘zidan  о‘zgarish 
kо‘nikmasini egallash); 
-  fazoviy  qabul  qilish  (kо‘rish  maydonlarining  yaxlitligi,  kengligi,  har 
tomonlama kо‘rishning о‘tkirligi); 
-  fazoviy  tasavvurlar  (tana  sxemasini  bilish,  grafemani,  uning  aniq 
joylashuvini kо‘rishni bilish; narsalarni, uning tasvirlanishini tahlil qilishni bilish, 
tenglashtirish jarayonlarini о‘zlashtirish); 
-ritmik tuyg‘ulari (ritmik tashkil etilgan vaqtinchalik qator elementlarni qabul 
qilishda namoyon bо‘ladigan qobilyat); 
- qо‘lda paypaslab bilish (mayda motorikaning rivojlanishi); 
- grafik xatolarni bartaraf etish uchun diqqatni kerakli hajmda taqsimlash
-kо‘rish dqqati; 
-kalligrafiya  (aniq,  barqaror  о‘qish  uchun  qulay  yozuv  L.Y.Jeltovskaya, 
Ye.N.Sokolova). 
Yozuvning  ushbu  bosqichida  sо‘z  va  gaplarning  morfologik  va  leksik 
grammatik  tahlili  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  yerda  orfografik  masalalarni 
yechish asosiy operatsiya hisoblanadi.  
Shunday qilib, sensomotor baza yoki yozuvning funksional shart-sharoitlari 
kompleksi kо‘p  miqdordagi kognetiv va nutq  funksiyalarini о‘z  ichiga oluvchi 
kо‘p darajali tizimni namoyon etadi. Minimal kerakli yosh darajasiga yetib, ular 
tovush - harfli simvolizatsiya operatsiyalarini amalga oshirish, sо‘zning tovushli 
tizimini grafik modellashtirish va grafo-motor dasturini joriy etish uchun optimal 
imkoniyatlarni yaratadi.  

31 
О‘qish  -  yozma  kо‘rinishda  kо‘rsatiladigan  axborotni  kodsizlashning 
murakkab psixofiziologik jarayonidir. 
Yozma sо‘zdagi harflar xuddi og‘zaki nutqdagi tovushlar joylashgan ketma-
ketlikdagi singari joylashtirilishi kerak. Bunda harflar og‘zaki nutq tovushlarining 
vaqtinchalik  ketma-ketligi  bilan  kodlanadi.  О‘qish  jarayonida  о‘quvchi  yozma 
modelni shifrlarga ajratadi va uni og‘zaki nutqda sо‘zga transformatsiyalaydi. 
Rus grafikasining negizida bо‘g‘in tamoili ya`ni alohida olingan harf-grafema 
keyingi  harflarni  hisobga  olgan  holda  о‘qiladi.  Bolalarni  о‘qishga  о‘rgatganda 
о‘qish birligi sifatida dastlab ochiq bо‘g‘inga qaraladi. 
Og‘zaki  nutqdan  yozma  nutqga  о‘tish  qoidalari  rus  tilidagi  sо‘zlarni 
о‘qiganda orfoepiya deb ataladi. Uning normalari qiyin bо‘lib, orfoepik tо‘g‘ri 
о‘qishni о‘zlashtirish uchun bola ikki xil о‘qishni amalga oshirishi kerak: dastlab 
orfografik (ichida), sо‘ngra orfoepik о‘qishni va punktuatsiyani о‘zlashtirib olishi 
zarur.  
Yuqori  kortital  -  koordinatsiya,  eshitish,  harakatlanish  va  kо‘rish 
retsepsiyalarining nutq tizimidagi tahlili va sintezi fiziologik о‘qish jarayonining 
natijasi  hisoblanadi.  О‘qishni  о‘zlashtirish  jarayonining  tahlili  mazkur 
kо‘nikmaning  muvafaqqiyatli  shakllanish  asosi  hisoblanishi  haqida  ma’lumot 
beradi. 
О‘qish faoliyat turi kabi operatsiyalarni ketma-ketlik bilan amalga oshirishdan 
iborat.  Ularning  har  birini  о‘zlashtirish  ma’lum  ruhiy  funksiyalar  va 
kо‘nikmalarning shakllanganlik darajasi yetarli bо‘lishini mо‘ljallaydi. 
1. О‘qish  operatsiyasi  kо‘rib  qabul  qilish,  harflarni  farqlash  va  tanlash 
(harflarning  yо‘ldosh  tovushlarga  о‘zaro  munosabati)  dan  iborat  bо‘lib,  uni 
о‘zlashtirish uchun quyidagilar shakllantirilgan bо‘lishi kerak: 
-  fonematik idrok qilish; 
-  kо‘rish tahlili va sintezi; 
-  fazoviy tasavvurlar; 
-  harfli mnezis. 

32 
2. О‘qish operatsiyasi - sо‘zning tovush bilan talaffuz qilingan obrazini qabul 
qilish (uning о‘qilishi) demakdir. Uni о‘zlashtirish uchun bola: 
-  sо‘zning  bо‘g‘inli  va  tovushli  tarkibi  haqida  aniq  tasavvurga,  ya`ni 
shakllanib bо‘lgan til tasavvuriga, bо‘g‘inli va fonematik tahlil kо‘nikmalariga; 
-  diskret  birikmalarning  (ikki  yoki  undan  ortiq  belgining  bir  birlikni 
bildirishi) suksessiv - simultan transformatsiyasi, simultanizatsiya qobilyatlariga 
ega bо‘lishi kerak. 
3. О‘qish  operatsiyasi  о‘qilayotgan  narsani  tushunish  demakdir.  Buni 
о‘zlashtirish uchun bolaning: 
-  kо‘rish va operativ xotirasi yaxshi holatda bо‘lishi; 
-  yetarli leksik zahiraga ega bо‘lishi; 
-  sintaktik  strukturalash  kо‘nikmalari  va  shakllangan  grammatik  tuzilishni 
о‘zlashtirish qobilyati; 
-  mazmunan fahmlashni bilish qobilyati yetarli darajada rivojlangan bо‘lishi 
lozim. 
О‘qish  jarayonida  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  mazmuni  о‘qishning 
texnikaviy  va  mazmunli  tomonlarining  mavjudligini  belgilab  beradi.  О‘qish 
jarayonining ushbu tomonlari о‘rtasida uzviy aloqa mavjud bо‘lib, о‘qiyotganini 
tushunish jarayoni qabul qilish tavsifini belgilaydi, shu bilan birga kо‘rib qabul 
qilish jarayoniga avval о‘qigan narsasining mazmunli ma’nosi ta’sir etadi. 
О‘qishga о‘rgatishda kо‘zlarning harakati asosiy texnikaviy operatsiyalarda 
qiyinchiliklarni  yuzaga  keltirish  mumkin.  О‘qish  paytida  kо‘zlar  harakati  bir 
nuqtadan ikkinchisiga tez-tez sakrashlari bilan amalga oshiriladi. О‘qigan paytda 
kо‘zlar nafaqat о‘ngga (oldinga), balki, chapga (orqaga) ham harakatlanadi. Bu 
yosh regressiyasi deb ataladi. Kо‘zlar orqa va oldinga tomon harakatlanishining 
chegaralanishi,  о‘qish  kо‘nikmasini  rivojlantirishning  barcha  bosqichlarida 
о‘qish jarayonini buzishi mumkin. 
О‘qish jarayonining texnikaviy tahlili va uning mazmuni tomonidan aloqasi, 
asosiy  о‘qish  parametrlari  -  tez  о‘qish,  tо‘g‘ri  va  ifodali  о‘qishning 
о‘qilayotganini tushunishga bog‘liqligini belgilaydi. 

33 
О‘qish  bu  kо‘nikma,  ya`ni  avtomatlashgan  bilish.  Demak,  har  qanday 
kо‘nikma kabi, о‘qishni о‘zlashtirish, uni avtomatlashtirish jarayoni bosqichma-
bosqich  amalga  oshiriladi.  О‘qish  kо‘nikmasini  shakllantirish  bosqichlari 
quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 
1- analitik; 
2- analitik-sintetik; 
3- sintetik. 
Bundan  kelib  chiqib,  T.G.Yegorov  о‘qishni  sifatli,  о‘ziga  xos 
о‘zlashtirishning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 
- tovush-harfli belgilanishni о‘zlashtirish bosqichi; 
- bо‘g‘inlab о‘qish bosqichi; 
- sintetik о‘qish usullarining paydo bо‘lish bosqichi; 
- sintetik о‘qish bosqichi. 
Ushbu bosqichlarning har biri  avvalgilari va keyingilari bilan uzviy bog‘liq 
bо‘lib, sekin-asta bir sifatdan ikkinchisiga о‘tadi. Avvalgi bosqichdan keyingisida 
ancha  yuqori  rivojlanish  bosqichiga  о‘tish  uchun  shart-sharoitlar  yaratuvchi 
elementlar tо‘planadi. 
Tovush-harfli  belgilarni  о‘zlashtirish  bosqichida,  bolalar,  nafaqat  nutq 
oqimini tahlil qiladi, balki gaplarni bо‘g‘inlarga va tovushlarga bо‘ladi, nutqdan 
tovushni ajratib, bola uni ma’lum grafik tasvir, harf bilan taqqoslaydi. Sо‘ngra 
о‘qish jarayonida u bо‘g‘in va sо‘zdagi harfni sintezlab, о‘qigan sо‘zini og‘zaki 
nutqdagi sо‘z bilan taqqoslaydi. 
Tovush-harfli  belgilarni  о‘zlashtirish  jarayoni  nutqning  tovushli  tomonini 
tanib  olishdan,  nutq  tovushlarini  ajratish  va  farqlashdan  boshlanadi.  Faqat 
shundan sо‘nggina tovushlarni kо‘rish tasavvuri hisoblanadigan harf taklif etiladi. 
Ya`ni harflarni quyidagi funksiyalar yetarli shakllangandagina muvafaqqiyatli va 
tez о‘zlashtirish mumkin: 
- fonematik qabul qilish (fonemalarning farqlari- differensiatsiyasi); 
- fonematik  va  bо‘g‘inli  tahlil  qilish  (sо‘zlarni  bо‘g‘inlarga  va  bо‘g‘inlarni 
tovushlarga ajratish imkoniyati); 

34 
- fazoviy  tasavvurlar,  kо‘rish  tahlili  va  sintezi  (harflarning  о‘xshashligi  va 
farqini aniqlash qobiliyati); 
- harf mnezisi (harfning kо‘rinib turgan obrazini eslab qolish). 
О‘qishni  о‘zlashtirishning  butun  jarayoni  kabi,  ushbu  bosqichning  asosiy 
qiyinchiligi  bu  tovushlarning  bо‘g‘inlarga  bо‘linishidadir.  “Tovushlar 
bо‘linishining asosiy qiyinchiligi, alohida tovushlarning bо‘g‘inlarga birikishida, 
bir shaklda jaranglanishini bartaraf etish va jonli nutqni tovushlarga о‘tkazilishini 
amalga oshirishdan iborat” - deb kо‘rsatadi T.G.Yegorov. 
Shunday  qilib,  bolada,  о‘qish  jarayonida  kо‘rinib  turgan  bо‘g‘inni  uning 
og‘zaki varianti bilan bog‘lashni bilish kо‘nikmasi shakllangan bо‘lishi kerak. 
Bо‘g‘indan keyingi о‘qish jarayonida tovushlarning bо‘g‘inlarga ajralishining 
qiyinchiliklari  yо‘qoladi.  Bо‘g‘inlarni  sо‘zga  sintezlash  qiyinchiliklari  oldingi 
о‘ringa  chiqadi.  Bu  yaxshi  tanish  bо‘lgan  sо‘zlarni  bola  yengil  о‘qishi,  kam 
uchraydigan, uzun va tuzulishi qiyin bо‘lgan sо‘zlarni esa qiyinchilik bilan о‘qishi 
va jonli nutq sо‘zi bilan taqqoslashida namoyon bо‘ladi. Ushbu bosqichda sо‘zlar 
va  gaplar  о‘rtasidagi  о‘zaro  grammatik  aloqalarni  о‘rnatishda  bir  qancha 
qiyinchiliklar  yuzaga  keladi.  О‘qishga  о‘rgatish  san’atida  harfni  emas  balki, 
bо‘g‘inni о‘qish birligiga ahamiyat beriladi. Bunday usul о‘qishning ravonligi va 
tо‘g‘riligini ta’minlaydi.  
Yaxlit  qabul  qilish  usullarining  paydo  bо‘lish  bosqichlari  analitik  о‘qish 
usulidan sitetik о‘qish usuliga о‘tganda namoyon bо‘ladi. Ushbu bosqichda oddiy 
va  tanish  sо‘zlar  yaxlit,  notanishroq  va  о‘zining  tovush-bо‘g‘inli  tuzilishi 
bо‘yicha qiyin bо‘lgan sо‘zlar esa hali bо‘g‘inlab о‘qiladi. 
Sintetik о‘qish bosqichi yaxlit о‘qish usullari bilan sо‘z va sо‘z guruhlari bilan 
tavsiflanadi.  О‘qishning  texnikaviy  tomoni  о‘qishni  murakkablashtirmaydi. 
Asosiy  vazifa  -  о‘qigan  narsasining  ma’nosini  tushunish.  Mazmunni  tushunish 
jarayonlari  qabul  qilish  jarayonlaridan  ustun  turadi.  О‘qigan  narsasining 
ma’nosini tushunish - agar bola har bir sо‘zning ma’nosini bilsa, ular о‘rtasidagi 
aloqani  tushunsagina  sodir  bо‘ladi.  Shunday  qilib,  о‘qishning  ikkinchi  va 

35 
uchinchi  bosqichlarini  о‘zlashtirishning  yutug‘i  kо‘p  hollarda  bolada 
quyidagilarning mavjudligiga bog‘liq tarzda namoyon bо‘ladi: 
- boy luhat zaxirasi; 
- og‘zaki nutqning shakllanib bо‘lgan grammatik tuzilishi; 
- og‘zaki nutqning sintaktik tuzilish kо‘nikmalari (о‘qiganlarining ma’nosini 
yaxshi tushunishi uchun). 
L.S.Vigotskiy, V.V.Xolmovskoy, I.A.Domamenko, V.S.Muxina, M.I.Lisina 
va  boshqalarning  bergan  ma’lumotlariga  kо‘ra,  bolaning  о‘qish  va  yozishni 
о‘zlashtirishga  tayyorgarlik  darajasi  (mustaqil  faoliyatga  tayyorgarligi  kabi) 
uning emotsional-shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. 
Shunday qilib, о‘qish va yozish yozma nutqning teng huquqli tarkibiy qismi 
hisoblanib,  о‘xshash  psixologik  tuzilishga  (sо‘zning  tovushli  tahlili  va  bir 
belgining  boshqasiga  qayta  kodlanishi)  va  о‘xshash  tavsifnomalar  hamda 
kо‘nikmalarga tayyorligiga ega.  
K.D.Ushinskiy  “Yozish  va  о‘qish  birgalikda,  bir  birini  tо‘ldirgan  holda  va 
organik о‘zaro bog‘liq ravishda bolalarga о‘qish-yozishni о‘zlashtirishga yordam 
beradi”- deb ta’kidlaydi. 
Hozirgi  vaqtda  maktablarda  о‘qish  va  yozishni  о‘rgatish  tovushli  analitik-
sintetik  usul  orqali  amalga  oshirilmoqda.  Ushbu  uslub  asoslari  K.D.Ushinskiy 
tomonidan ishlab chiqilgan bо‘lib, bog‘lanma nutqni gaplarga, gaplarni sо‘zlarga, 
sо‘zlarni bо‘g‘inlarga, bо‘g‘inlarni esa tovushlarga ajratishni (analiz), shu bilan 
birga tovushlarni  bо‘g‘inga,  bо‘g‘inlarni  sо‘zlarga  birlashishini  (sintez)  kо‘zda 
tutadi. 
K.D.Ushinskiy ta’lim olish jarayonida tovushli uslub bо‘yicha mashg‘ulotlar 
mazmunini quyidagilar bilan belgilagan: 
- bolaning kо‘zi va qо‘lini harflar elementlarini yozishga о‘rgatish; 
- eshitib sо‘zdagi alohida tovushlarni topish; 
- til tovushlarini aniq talaffuz qilish; 
- bolalar diqqatini sо‘zlar va tovushlarga qaratish; 
- sо‘zlarni ajrata olishni va qо‘sha olishni bilishni о‘rgatish; 

36 
-  shu  bilan  birga,  bolaning  barcha  qobiliyatlarini  mashq  qildirish  va  ularda 
havas uyg‘otish.  
Shunday qilib, о‘qish va yozishning psixologik, psixofiziologik, lingvistik va 
metodik  mazmunining  tahlili,  ushbu  faoliyat  turlarining  muvafaqqiyatli 
shakllanishini ta’minlovchi jarayonlar va funksiyalarni aniqlashga yordam beradi. 
Ya`ni,  bolalarda  mustaqil  yozma  nutqni  о‘zlashtirishga  tayyorgarligini 
shakllantirish maqsadida bolalarda rivojlantirish zarur bо‘lgan shart-sharoitlar: 
- eshitish; 
- fazoviy-kо‘rish; 
- harakatlanish funksiyalari; 
- og‘zaki nutq va til kо‘nikmalari; 
- fikrlash qobiliyati va bola fe’lining emotsional-shaxsiy xususiyatlaridir. 
Kо‘rsatib  о‘tilgan  rivojlantirish  tomonlarini  shakllantirishdagi  uzilishlar 
о‘qish va yozishni о‘zlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bо‘lishi 
mumkin. 
 
Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling