Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana27.05.2020
Hajmi1.57 Mb.
#110559
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari


 
 

72 
5 – jadval 
Tilga oid analiz va sintezning shakllanganlik darajasini tekshirish 
natijalari 
№ 
Holatlar 
Darajalari 
yaxshi 
о‘rta 
past 
bola 
soni 

bola 
soni 

bola 
soni 


fonematik analiz va sintez 
holati 

30 

50 

20 

fonematik tasavvurlarga ega 
bо‘lish holati 

20 

40 

40 

gaplarni sо‘zlarga tahlil qila 
bilish 



30 

70 

sо‘z bо‘g‘inlariga oid analiz va 
sintez holati 



40 

60 
 
 
5-diagramma 
 
 
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
FONEMATIK ANALIZ 
VA SINTEZ
FONEMATIK 
TASAVVURGA EGA 
BO`LISH
GAPLARNI 
SO`ZLARGA TAHLIL 
QILA BILISH
SO`Z 
BO`G`INLARIGA OID 
ANALIZ VA SINTEZ
30%
20%
0%
0%
50%
40%
30%
40%
20%
40%
70%
60%
Tilga oid analiz va sintezning shakllanganlik 
darajasini tekshirish natijalari
yaxshi
o`rta
past

73 
Solishtirma  tahlil  natijalarida  amalga  oshirilgan  tender  farqliklar  tahlili 
shuni  kо‘rsatdiki,  tilga  oid  analiz  va  sintez  qobiliyatining  rivojlanish  darajasi 
eksperimental guruh qizlarida о‘g‘il bolalarga nisbatan yuqori darajada ekan.  
Shunday  qilib,  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarda  nutqning  tizimli 
komponentlari  orasidan  leksik–grammatik  tuzilishning  hammasidan  kо‘proq 
buzilganligi  ma’lum  bо‘ldi:  ya`ni  nutq  nuqsoniga  ega  bolalarning  84  foizida 
maxsus  tanlab  olingan  rasmlar  bо‘yicha  predmet,  harakat,  sifatiy  belgilarni 
aytishda,  predmetni  uning  tavsirlanishi  bо‘yicha  nomlashda,  sinonim  va 
antonimlarni 
topishda, 
turdosh 
predmetlarning 
guruhlari 
bо‘yicha 
umumlashtirilgan sо‘zlarni aytishda, sо‘zlarni о‘zgartirish va yangi sо‘zlarni hosil 
qilish  kо‘nikmalarining  buzilishi,  shakllanmaganligi  kuzatilsa;  nutq  nuqsoniga 
ega bolalarning 89 foizida grammatik strukturalash bо‘yicha vazifalarni bajarish 
murakkabligi:  ravon  nutq  kamchiliklari  va  tilga  oid  analiz  va  sintez 
kо‘nikmalarining buzilganligi e’tirof etildi. 
Shunday  qilib,  tekshirish-о‘rganish  ma’lumotlari  eksperimental  guruh 
bolalarida  nutq  tizimi  barcha  tarkibiy  komponentlarining  rivojlanishi  past 
darajada va yetralicha shakllanmagan degan fikrni ilgari surish imkoni berdi. 
 
3.2 Motor rivojlanishni tekshirish natijalari 
Maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  umumiy 
motorikasi bо‘yicha berilgan topshiriqni tekshiriluvchi 10 nafar boladan 3 nafari 
(30%)  yaxshi  bajardi.  Ular  kо‘rsatmalarni  xatolarsiz  va  logoped  yordamisiz 
bajardilar. 4 nafar (40%) bola ayrim xatoliklarga yо‘l qо‘ygan holda, yana qolgan 
3 nafar (30%) bola esa logoped kо‘magi bilan bajardi. 
Artikulyatsion  motorikani  tekshirish  uchun  berilgan  topshiriqni  10  nafar 
boladan 2 nafari (20%) yaxshi, 4 nafari (40%) о‘rta va qolgan yana 4 nafari (40%) 
past darajada bajardi. Ammo maktabgacha yoshdagi nutqi tо‘liq rivojlanmagan 
bolalar  mayda  qо‘l  (barmoqlar)  motorikasi  tekshirilganda,  ularda  bir  qator 
qiyinchiliklarning  yuzaga  kelganini  guvohi  bо‘ldik.  Mayda  qо‘l  (barmoqlar) 
motorikasini  tekshirish  uchun  berilgan  topshiriqlarni  EG  bolalarining  birortasi 

74 
ham yaxshi bajarib bera olmadilar. Faqat ulardan 3 nafari (30%) ushbu topshiriqni 
о‘rta darajada bajardi. Qolgan 7 nafari (70%) esa past darajada bajardi.Tekshirish-
о‘rganish  davomida  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  motor-harakatlanish 
rivojlanishining  о‘ziga  xos  xususyaitlaridan  dalolat  beruvchi  natijalar  olindi. 
Ularning tahlili quyidagi 6 - jadvalda о‘z aksini topgan. 
6 - jadval 
Dastlabki shart-sharoitlarning 
shakllanganlik darajasi 
Darajalari 
yaxshi 
о‘rta 
past 
bola 
soni 
%  bola 
soni 
%  bola 
soni 

Umumiy motorika 

30 

40 

30 
Artikulyatsion motorikasi 

20 

40 

40 
Mayda qо‘l (barmoqlar) 
motorikasi 



30 

70 
 
6-diagramma 
 
 
30%
20%
0%
0
40%
30%
30%
40%
70%
UMUMIY 
MOTORIKA
ARTIKULYATSION 
MOTORIKA
MAYDA QO`L 
(BARMOQLAR) 
MOTORIKASI
Motor-harakatlanishni tekshirish natijalari 
yaxshi
o`rta
past

75 
Solishtirma  tahlil  natijalarida  amalga  oshirilgan  tender  farqliklar  tahlili 
eksperimental guruh bolalarida motor-harakat rivojlanishining turli parametrlari 
bо‘yicha statistik ahamiyatga ega farqliklar qayd etildi. Eksperimental guruhdagi 
qiz bolalarda umumiy motorikaning rivojlanish darajasi о‘g‘il bolalarga nisbatan 
yuqori bо‘lib, statistik muhim ahamiyatga ega. 
 
3.3 Fazoviy tushunchalarni farqlashni tekshirish natijalari 
Maktabgacha  yoshdagi  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  fazoviy 
tushunchalarni  farqlash  qobiliyatini  tekshirish  2  bosqichda:  о‘z  tanasi  haqidagi 
tasavvurlari  va  atrof  olamni  orientirlash  qobiliyatini  tekshirish  asosida  olib 
borildi. EG bolalarining о‘z tanasi haqida fazoviy tasavvurlarining shakllanganlik 
darajasini  о‘rganish  jarayonida,  bolalardan  bir  qator  о‘ziga  xos  vazifalarni 
bajarish  talab  etildi.  EG  bolalariga  yuzning  alohida  qismlarini  aytish  bо‘yicha 
topshiriqlar  berilganda,  ushbu  topshiriqlarni  10  nafar  boladan  3  nafari  (30%) 
yaxshi, 5 nafari (50%) о‘rta va 2 nafari (20%) past darajada bajardilar. 
Tana  a’zolarining  о‘zaro  joshlashishini  aytib  berish  bо‘yicha  berilgan 
topshiriqlarni  tekshiriluvchi  10  nafar  boladan  2  nafari  (20%)  yaxshi,  4  nafari 
(40%) о‘rta va yana 4 nafari (40%) past darajada. 
О‘z  tanasiga  nisbatan  qо‘llarning  joylashishini  aytib  berish  bо‘yicha 
berilgan  topshiriqlarni  esa tekshiriluvchi  10 nafar boladan birortasi ham  yaxshi 
bajara  olmadi.  Ushbu  topshiriq  ular  uchun  bir  qancha  qiyinchiliklarni  keltirib 
chiqardi. 3 nafar (30%) bola ushbu topshiriqlarni о‘rta darajada va qolgan 7 nafar 
(70%)  bola  past  darajada  bajardi.  Yuqorida  keltirilgan  topshiriqlarning  tahlil 
natijalari quyidagi 7-jadvalda о‘z aksini topgan. 
 
 
 
 
 
 

76 
7 - jadval 
О‘z tanasi haqidagi fazoviy tushunchalarni 
tekshirish natijalari 
Topshiriq nomi 
Darajalari 
yaxshi 
о‘rta 
past 
bola 
soni 

bola 
soni 

bola 
soni 

Yuzning alohida 
qismlarini aytish 

30 

50 

20 
Tana a’zolarining 
о‘zaro joshlashishini 
aytib berish 

20 

40 

40 
О‘z tanasiga nisbatan 
qо‘llarning 
joylashishini aytib 
berish 



30 

70 
 
 
 
7-diagramma
 
 
30%
20%
0%
50%
30%
20%
40%
70%
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
yuzning alohida
qismlarini aytish
tana a`zolarining
o`zaro joylashishini
aytib berish
o`z tanasiga nisbatan
qo`llarning
joylashishini aytib
berish
O`z tanasi haqidagi fazoviy tushunchalarni tekshirish 
natijalari
yaxshi
o`rta
past

77 
Solishtirma  tahlil  natijalarida  amalga  oshirilgan  tender  farqliklar  tahlili, 
eksperimental guruh qizlarida о‘g‘il bolalarga nisbatan kо‘rish orqali analiz va 
sintez qobiliyati yuqori ekanligini kо‘rsatdi. Kо‘z orqali qabul qilish va fazoviy 
orientirlashdagi  turli  xil  buzilishlarning  qay  darajada  namoyon  bо‘lishi  va 
takrorlanishiga oid ma’lumotlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda – 79 foizni 
tashkil qiladi. 
EG  bolalarining  atrof-olamni  orientirlash  qobiliyatini  о‘rganish  ham  2 
bosqichda  bolaning  atrof  makonni  orientirlash  qobiliyatini  nonutqiy  planda 
tekshirish  va  bolaning  atrof  makonni  orientirlash  qobiliyatini  nutqiy  planda 
tekshirishdan iborat bо‘ldi. 
Bolaning  atrof  makonni  orientirlash  qobiliyatini  nonutqiy  planda 
tekshirganda  tekshiriluvchi  10  nafar  boladan  bittasi  (10%)  ushbu  topshiriqni 
yaxshi  bajardi,  4  nafari  (40%)  о‘rta  darajada  va  5  nafari  (50%)  past  darajada 
bajardilar. 
Bolaning atrof makonni orientirlash qobiliyatini nutqiy planda tekshirganda 
esa,  ushbu  topshiriqni  birorta  bola  ham  yaxshi  bajara  olmadi,  2  ta  bola  (20%) 
logoped kо‘magida ushbu topshiriqni о‘rta darajada bajardi. Qolgan 8 ta (80%) 
bola  ushbu  topshiriqni  logoped  kо‘magida  bir  necha  xatoliklarga  yо‘l  qо‘ygan 
holda bajardi. 
Yuqorida  keltirilgan  topshiriqlarning  tahlil  natijalari  quyidagi  8-jadvalda 
о‘z aksini topgan. 
8-jadval 
Atrof makonni orientirlash qobiliyatini tekshirish natijalari 
Topshiriq nomi  
Darajalari 
yaxshi 
о‘rta 
past 
bola 
soni 

bola 
soni 

bola 
soni 

atrof makonni orientirlash 
qobiliyatini nonutqiy planda 
tekshirish 

10 

30 

60 
atrof makonni orientirlash 
qobiliyatini nutqiy planda 
tekshirish 



20 

80 

78 
8-diagramma 
 
 
3.4  Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga 
tayyorgarligining shart-sharoitlari 
О‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarning  ijtimoiy,  jismoniy,  madaniy  va 
ma’naviy  muvaffaqiyati  ta’limni  rivojlantirish  milliy  dasturining  poydevori 
bо‘lmish  umummilliy  qadriyatlarni  о‘zida  mujassam  etadi.  Maktabgacha 
yoshdagi bolalarni rivojlantirishda rag‘batlantirish va ta’lim olish uchun xavfsiz 
muhitning  yaratilishi,  ta’limning  samaradorligi  har  bir  bola  ta’lim  olishining 
keyingi bochqichlarida yutuqlarga erishish uchun zaruriy shartdir. 
0 dan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish 
talablarining ishlab chiqilish jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
- barcha  bolalar,  jinsi,  etnik  kelib  chiqishi,  dini,  ijtimoiy  ehtiyojlari  va 
madaniy  mansubligi,  salomatligi  va  alohida  ehtiyojlaridan  qat’iy  nazar,  ta’lim 
tizimida teng imkoniyatli bо‘lishlariga; 
- bolalar bilimlarni о‘yin orqali yaxshiroq о‘zlashtiradilar. Shu bois ta’lim 
olish jarayonida ta’lim berish vositasi sifatida о‘yindan о‘rinli foydalanishga; 
yaxshi
o`rta
past
0%
20%
40%
60%
80%
atrof makonni
orientirlash
qobiliyatini
nonutqiy planda
tekshirish
atrof makonni
orientirlash
qobiliyatini
nutqiy planda
tekshirish
Atrof makonni  orientirlash  qobiliyatini 
tekshirish  natijalari
yaxshi
o`rta
past

79 
- bolaning  atrof-olamni  yaxlit  qabul  qilishini  hisobga  olgan  holda, 
rivojlanish  talablariga  yaxlit  yondoshuv  ularning  ishlab  chiqilishida  asos 
bо‘lishiga; 
- bolalarning  rivojlanishlari  va  ta’lim  olishlari  tarbiyachilarning 
tayyorgarligi  va  kasbiy  salohiyatlari,  bolalar  va  ularning  ota-onalari  bilan 
hamkorlikni rivojlantirishga bog‘liqligiga; 
- barcha  bolalarni  zururiy  kо‘mak,  rag‘bat,  ta’lim  va  rivojlantirish  bilan 
tо‘g‘ri yо‘naltirilsa, ular talablarni bajarish uchun potensialga ega bо‘lishlariga; 
- О‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim va rivojlantirish dasturi 
talablarini  bajarish  vositalari:  mustaqillik,  ijodkorlik,  tashabbuskorlik,  о‘zi  va 
atrofdagilarga  nisbatan  ma’suliyatni  his  qilish,  rang-baranglikni  hurmat  qilish, 
tolerant  hatti-harakat,  vatanparvarlik,  dо‘stlik  va  hamjihatlik  hamda  jamiyat  va 
davlatga hurmat belgisi ekanligiga. 
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda о‘qish va yozishni о‘zlashtirish uchun 
dastlabki  shart-sharoitlarni  shakllantirish  ishlarining  tizimini  ishlab  chiqish  va 
eksperimental  ta’sir  amaliyotlari vositalarini  tanlab  olish  “pedagogik tizim”  va 
“ta’lim muhiti” tushunchalari mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tuzildi. 
Adabiyotlarda  mazmun-moxiyati  jihatidan  yaqin  bо‘lgan  bir  qator 
tushunchalar,  qoidalar,  tizim  va  ular  bilan  bog‘liq  atamalar  keltirilgan  bо‘lib, 
Y.M.Plotinskiy interpretatsiyasida tizim-bu bir biri bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘pgina 
elementlardir deb etirof etiladi. 
Pedagogik  tizim  –  tarbiya,  ta’lim  va  о‘qitish  masadlariga  uzviy  bog‘liq 
bо‘lgan kо‘pgina о‘zaro bog‘langan tarkibiy va funksional komponentlardir. 
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  uchun  kompensatsiyalovchi  turdagi 
maxsus korreksion maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik tizimi kо‘rib 
chiqilgan  modeldan  farqli  ravishda  quyidagilar  ta’siri  ostida  kengayadi  va 
murakkablashadi: 
- pedagogik maqsadning kо‘p sonli jihatlari bilan; 

80 
- ta’limning 
turli  yо‘nalishdagi  mazmun-moxiyati  bilan  (MTM 
umumta’lim dasturi tarbiyalanuchilarda nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar ta’lim 
dasturi bilan о‘zaro muvofiq, uyg‘unlashgan bо‘lishi zarur); 
- tizim  subyektlarining  kо‘pchiligi  (nafaqat  о‘qituvchi  –logoped,  balki, 
tarbiyachi,  musiqa  muallimi,  jismotniy  tarbiya  bо‘yicha  yо‘riqchi,  psixolog, 
muassasa rahbarlari (uslubiyotchi, mudira), logopat bolaning ota-onasi bularning 
barchasi  pedagogik  tizimning  bir  butun  ishtirokchilari  –  komponentlari 
hisoblanadilar.  Ushbu  tizimning  amalda  bajarilishi  nutqida  nuqsoni  bо‘lgan 
bolani ijtimoiylashuviga yо‘naltiriladi); 
- pedagogik kommunikatsiyaning turli xil vositalari bilan (nutqida nuqsoni 
bо‘lgan  bolalar  bilan  ishlashda  ham  umumdidaktik,  ham  maxsus  pedagogik 
shakllar, usullar va vositalardan foydalaniladi); 
- tizimning  barcha  funksional  komponentlari  о‘rtasidagi  kо‘pgina 
bog‘liqliklar bilan. 
Shunday qilib, bizning oldimizda quiydagi vazifalar turadi: 
- MTM  pedagolari  va  mutaxassislari  ishlaydigan  dasturlar  mazmunida 
yuqorida  sanab  о‘tilgan  har  bir  funksiya  va  kо‘nikmalarning  shakllanish 
maqsadlari aniq qо‘yilganligini tahlil qilish; 
- har  bir  dastlabki  shart-sharoitlarning  shakllanishi  maqsadlariga  erishish 
uslublari, shakllari va vositalarini aniqlash; 
- о‘qish 
va  yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlari 
shallanishiga yо‘naltirilgan ushbu ta’lim tizimining muhiti aniqlash; 
- pedagogik tizim subyektlari о‘rtasida yozma nutqni о‘zlashtirish dastlabki 
shart-sharoitlari  shaklanishi  yо‘nalishida  о‘zaro  harakat  mavjud  yoki  mavjud 
emasligini va uning shakllari qandayligini aniqlash. 
Ta’lim  muhitini  tahlil  qilishda  biz  quyidagi  uslub  va  vositalardan 
foydalandik:  dasturlar  tahlili  (majmuaviy  va  parsial  dasturlar);  taqdim  etilgan 
hujjatlar  tahlili;  mashg‘ulotlarga  qatnashish;  bolalarni  har  xil  faoliyat  turlari 
davomida kuzatish; rahbarlar, pedagoglar va ota-onalar bilan suhbatlashish; bola 
faoliyati mahsulotlarini о‘rganish; muassasada predmetli muhitni о‘rganish. 

81 
Bolalarni  har  xil  faoliyat  turlari  davomida  kuzatish,  MTMda  kо‘rilgan 
mashg‘ulotlar,  dasturlar,  hujjatlar  va  tarbiyachilar,  logoped,  psixolog,  musiqa 
muallimi va boshqa mutaxassislar bilan о‘tkazilgan suhbatlar tahlili (eksperiment 
о‘tkazilgan  MTM)  bizga  maktab  yoshidagi  bolalarda  о‘qish  va  yozishni 
о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning  dastlabki  shart-sharoitlari  holatida  aniqlangan 
kamchiliklar  ta’lim  muhiti  ma’nodor  aspektalarini  loyihalashtirish  va 
faollashtirish  borasidagi  quyidagi  kamchiliklar  tufayli  kelib  chiqadi  degan 
xulosaga kelish imkonini berdi: 

MTM  musiqa  rahbari, jismoniy  tarbiya  bо‘yicha  yо‘riqchi  va  boshqa 
mutaxassislar  olib  boryotgan  mashg‘ulotlarda  о‘z  oldilariga  bolalar  tomonidan  
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorlash  maqsadlarini  qо‘ymaydilar,  shu 
bilan  birga  о‘zlari  ishlaydigan  ta’lim  dasturlarida  mazmun-mohiyati  yozma 
nutqni о‘zlashtirish uchun kerakli funksiyalar va kо‘nikmalarni shakllantirishga 
yо‘naltirilgan fragmentlar qayd etilmadi; 
- MTMda pedagogik jarayon bir birini tо‘ldiruvchi kо‘psonli majmuaviy va 
parsial  dasturlardan  foydalanishdan  iborat  bо‘lib,  bu  dasturni  noadekvat 
sur’atlarda  о‘tib  bо‘lish,  bolalarga  qiyinchilik  tug‘diruvchi  mavzularda  uzoq 
ushlanib qolish mumkin emasligiga sabab bо‘ladi va bо‘sh vaqtda yoki kun tartibi 
mobaynida u yoki bu kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qо‘shimcha 
e’tibor berishni talab etadi; 
- MTMda  pedagogik  jamoa  hodimlari  о‘rtasida  muntazam  о‘zaro 
hamkorlikda  harakatni  tashkillashtirishda  murakkabliklar  qayd  etiladi  (nisbatan 
uzviy о‘zaro hamkorlikdagi harakat logoped, tarbiyachilar va ota-onalar о‘rtasida 
kuzatiladi;  MTM  rahbarlari  va  tarbiyachilar  о‘rtasida;  musiqa  muallimi  va 
tarbiyachilar о‘rtasida), ya`ni pedagogik tizimning alohida subyektlari о‘rtasida 
о‘zaro hamkorlikdagi harakat kuzatilmaydi, bu esa uning bir butunligini buzadi 
va majmuaviy ishlarni amalga oshirishga halal beradi; 
- MTM  muhitida  pedagoglar  va  ota-onalar  о‘rtasida  о‘qish  va  yozishni 
о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlarini  shakllantirishga  yо‘naltirilgan 

82 
о‘zaro  hamkorlikdagi  harakatni  samarali  amalga  oshirishga  imkon  beruvchi 
ma’lumot mavjud emas. 
Shunday qilib, kompensatsiyalovchi turdagi bolalar bog‘chalarida bolalarni 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorlash  bо‘yicha  korreksion-ta’limiy 
ishlarning  samaradorligi  yetarli  darajada  emasligi,  bizning  nazarimizda  ta’lim 
mazmun-mohiyati tarkibining fragmentlarga bо‘linishi hamda bolalarda о‘qish va 
yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlarini  shakllantirishda  ta’lim 
muassasasi  pedagogik  tizimi  mutaxassislarining  ish  faoliyatida  hamjihatlik 
yо‘qligi  va  predmet-fazoviy  muhit  tuzilishidagi  alohida  tamoyillarga  rioya 
etmaslik, ya`ni ta’lim  muhitini loyihalashtirish va amalda bо‘lishini ta’minlash 
kamchiliklari maktabgacha yoshdagi nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar tomonidan 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlari  shakllanishi 
ehtiyojlariga adekvat bо‘lgan kо‘pqirrali fazoviy muhit tufayli kelib chiqadi. 
(1-jadval
1-jadval
  
Maktabgacha yoshdagi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni о‘qish va 
yozishn о‘zlashtirishga tayyorlash ishlarining mazmuni 
 
Pedagogik 
tizim 
muhitining 
ijtimoiy 
aspektalarini 
takomillashtirish 
*Bolalarni  о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtrishga  tayyorlash 
ishlarining  har  bir  belgilangan  yо‘nalishlari  vazifalarini 
hal  etish  uchun  MTM  pedagogik  tizimi  subyektlari 
о‘rtasida о‘zaro hamkorlikdagi harakatni tashkillashtirish. 
Pedagogik 
tizim 
muhitining 
psixologik-
pedagogik 
aspektalarini 
takomillashtirish 
*Har qanday mashg‘ulotlarda, bо‘sh vaqtda va kun tartibi 
davomida  foydalanish  mumkin  bо‘lgan  о‘yinlar, 
mashqlarlar faoliyatida kerakli dastabki shart-sharoitlarini 
shallantirish  uchun  yо‘naltirilgan  tegishli  aspektlarni 
tanlash, tizimlashtirish va ulardan tо‘g‘ri foydalanish. 
*MTM  mutaxasislari  va  ota-onalar  bilan  о‘qish  va 
yozishni 
shakllantirish 
asoslari 
sohasida 
kerakli 

83 
ma’lumotlar va bilimlarni orttiruvchi, bolalar tomonidan 
yozma nutqni о‘zlashtirishning  о‘ziga xos xususiyatlari 
hamda qanday funksiyalar va kо‘nikmalar ularning о‘qish 
va yozishni о‘zlashtirishi uchun dastlabki shart-sharoitlar 
hisoblanishi  haqida  ma’lumot  beruvchi      seminarlar  va 
suhbatlar о‘tkazish. 
Pedagogik 
tizim 
muhiti 
fazoviy-
predmetli 
aspektalarini 
takomillashtirish 
*mini-kutubxonalar va axborot stendlari tashkil etish; 
*о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning 
dastlabki 
shart-sharoitlarini 
shakllantirishga 
yо‘naltirilgan  didaktik  va  kо‘rgazmali  materiallarni 
tanlash va tizimlashtirish; 
Guruhlarda  “ijod  sahnalari”,  “sensor”,  “motorika” 
sahnalarini tashkillashtirish va zaruratga qarab, predmetli 
mazmuni 
dastlabki 
shart-sharoilarni 
rivojlantirish 
maqsadlariga  muvofiq keladigan “nutqli” zonalar tashkil 
etish.  
 
Ta’lim muhiti ijtimoiy aspektlari ta’lim va tarbiya jarayoni qatnashchilari 
о‘rtasidagi  munosabatlarni  qamrab  oladi.  Ularda  nafaqat  bolalar  va  kattalar 
о‘rtasidagi  aniq  о‘zaro  munosabatlar,  balki  yanada  umumiy  maqsadlar  – 
rivojlantirish, tarbiya va ta’lim yо‘nalishlari, uning ijtimoiy ahamiyati aks etadi. 
Pedagoglar, 
ota-onalar 
о‘rtasidagi 
о‘zaro 
hamkorlikdagi 
harakatlar 
insonparvarlik,  bolaning  shaxsiy  xususiyatlarini  bilish  va  ta’lim  integratsiyasi, 
ijobiy  emotsional  muhit,  MTM  ishlari  maqsadlariga  erishishni  ta’minlashga 
yо‘naltirilgan  bolalar  va  kattalar,  jamoa  pedagoglari  о‘rtasidagi  shaxsiy-
oriyentirlovchi  о‘zaro  ta’sir,  о‘zaro  aloqalarni  hisobga  olish  hisobiga 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish 
maqsadlariga erishiladi. 
Shunday qilib, xususan, har bir MTM mutaxassisi о‘z dasturiy vazifalarini 
hal  etishi,  yagona  ta’lim  muhitida  turli  mutaxassislarning  kasbiy  faoliyat 

84 
tizimining  yig‘indisi  bolarni  maktabda  bilim  olishga  tayyorlash  va  ularni 
ijtimoiylashtirishni umumiy maqsad sifatida kо‘zda tutishi lozim. 
О‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishni  dastlabki  shart-sharoitlarining 
qо‘pqirraliligi va murakkabligi, ular buzilishining tez-tez takrorlanishi - har xil 
soha  mutaxassislarini  ushbu  jarayonda,  ya`ni  ularning  shakllanishi  va 
korreksiyasida ishtirok etishlarini nazarda tutadi. 
MTM  mutaxassislari  tomonidan  bir  birini  tо‘ldiruvchi  majmuaviy  va 
parsial  (majmuaviy  dasturlarning  ayrim  bо‘limlarining  о‘rnini  bosuvchi) 
dastrulardan  foydalanish,  dasturiy  mazmun-mohiyatni  amalga  oshirish  va 
tarbiyalanuvchilarga  beriladigan  о‘quv  yuklamasi  meyorlarining  murakkabligi 
pedagogik  jamoa  xodimlari  о‘rtasida  о‘zaro  aloqalarni  tashkil  etish 
qiyinchiliklarida  о‘z  aksini  topadi.  Bu  esa  ta’lim  tizimi  butunligini  buzadi  va 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning  dastlabki  shart-sharoitlarini 
shakllantirish bо‘yicha majmuaviy ishlarni amalga oshirishga halal beradi. 
Biz  tomondan  tashkil  etilgan  о‘zaro  aloqaning  bosh  maqsadi  -  har  bir 
mutaxassis  potensialidan  foydalanish,  pedagogik  jamoa  barcha  subyektlarining 
intilish, kuch-g‘ayratini birlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni о‘qish va 
yozishni о‘zlashtirishga tayyorlash ishlarida muayyan faoliyatlarning bir biriga 
aloqasi yо‘qligi, ularning tarqoqligini bartaraf etishdan iborat. Ya`ni, bolalarda 
ushbu kо‘nikmalarni о‘zlashtirishga tayyorlashning dastlabki shart –sharoitlarini 
shakllantirishga majmuaviy yondashishni tashkil etish lozim. 
Yu.K.Babanskiy  majmuaviy  yondashish  mazmun-mohiyatini,  avvalo, 
pedagogning  tarbiyaviy-ta’limiy  harakatlari,  birinchidan,  bola  shaxsining 
umumiy shakllanishi, ikkinchidan, uning maqsadli yо‘naltirilgan ta’sirlariga olib 
boruvchi  bir  butun  tizimga  integratsiyasiga  yо‘naltirilishida  kо‘rdi.  Bunga  esa 
pedagog jamoa a’zolari о‘rtasida о‘zaro aloqalarni tashkil etishga transdissiplinar 
yondashilgandagina  erishish  mumkin
1
.  T.N.Simonova,  A.A.Ushakovalarning 
“Serebral  paralich  bolalarni  reabilitatsiya  qilish  individual  dasturini  ishlab 
chiqishga  transdissiplinar  yondashish  asoslari”  tahliliga  asosan  biz  о‘qish  va 
                                                           
1
 Бабанский Ю.К. Оптимизация учебно-воспитательного процесса – М.: 1982. – Б. 216. 

85 
yozishni о‘zlashtirshning dastlabki shart-sharoitlarini shakllantirish yо‘nalishida 
pedagogik tizim subyektlarining о‘zaro aloqasini tashkil etish modelini tuzdik
1

Pedagogik  tizim  subyektlari  о‘rtasida  о‘zaro  aloqalarni  tashkil  etishga 
transdissiplinar  yondashish  mohiyati,  bizning  nazarimizda,  jamoaning  har  bir 
a’zosiga  uning  oldida  turgan  dasturiy  vazifalarni  hal  etish  boshqa 
mutaxassislarning  dasturiy  ta’minoti  potensial  imkoniyatlaridan  foydalanish 
imkonini beradi, bu bilan shakllanayotgan funksiya, kо‘nikma yoki jarayonlarga 
ta’sir kuchayadi. 
Buning  uchun  biz  tomondan  ta’lim  jarayoni  ishtirokchilarining  о‘zaro 
hamkorikdagi  harakati  tizimi  ishlab  chiqildi,  bu  tizimda  uslub  va  psixologik-
pedagogik chora-tadbirlar hajmi mutaxassislar guruhi tomonidan amalga oshirildi 
(faol guruh tomonidan). Bolalar potensialini hamkorlikdagi tahlili ularda kerakli 
funksiyalar,  kо‘nikmalar  va  jarayonlarni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  optimal 
rejasini ishlab chiqish imkonini berdi. Guruh tarkibiga kiruvchi mutaxassislarning 
davriy  yig‘ilishlarida  faol  guruh  a’zolarining  ish  samaradorligi  baholandi, 
rejalarga  tuzatishlar  kiritildi,  amalga  oshirilgan  muayyan  ishlar  yakuni  kо‘rib 
chiqildi.  Guruhlar  soni,  ulardagi  ishtirokchilar  soni  va  profili  (sohasi)  biz 
tomondan ajratib kо‘rsatilgan ish yо‘nalishlari va hal etilishi talab etiladigan aniq 
vazifalar bilan aniqlandi. 
Mutaxassislar  guruhi  oldida  turgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  etish 
uchun  uning  koordinatorlari  belgilandi.  Har  bir  faol  guruhda  bu  funksiyani 
shakllanayotgan jarayonlar va kо‘nikmalar sohasida puxta bilimga ega bо‘lgan 
mutaxassis  bajaradi  va  u  rivojlantirish  borasidagi  vazifalarni  guruhning  har  bir 
a’zosi  ishiga  “translyatsiya  qiladi”,  ya`ni  muayyan  vazifalarni  kо‘chiradi. 
Koordinator vazifalariga guruh a’zolarining dasturiy ta’minotini tahlil qilish, ish 
bosh  rejasini  tuzish,  belgilangan  vazifalar  yuzasidan  konsultatsiya  berish  va 
taqsimlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish kiradi. 
                                                           
1
  Симонова  Т.Н.,  Ушаков  А.А.  Основы  трансдисциплинарного  подхода  к  разработке  индивидуальной 
программы  реабилитации  детей  с  церебральными  параличами.  Труды  Астраханской  государственной 
медицинской академии. Астрахань, 2000,Т.19. – Б. 137-142. 

86 
Shunday  qilib,  eksperiment  о‘tkazilgan  MTMning  barcha  mutaxassislari 
nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarda  о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga 
tayyorgarlikni  shakllantirishning  barcha  bosqichlarida  butun  faoliyatlari 
davomida qatnashadilar. 
 
Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling