Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘limi “pedagogika” kafedrasi


Muammoning о‘rganilganlik darajasi


Download 64.89 Kb.
bet2/16
Sana30.04.2023
Hajmi64.89 Kb.
#1416411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Abduyazova Malika

Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimiz olimlaridan o‘qituvchining tarbiyaviy jarayonlarini tashxislash mahoratini rivojlantirish bo‘yicha A.Abduqodirov, N.Azizxo‘jaeva, A.Akmalov, Z.Artikbaeva, R.Axlidinov, U.Begimqulov, V.Bespalko, V.Bogolyubov, M.Jumaniyozova, M.Klarin, Sh.Qurbonov, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, M.Ochilov, D.Ro‘zieva, N.Saidahmedov, V.Slastenin, O‘.Tolipovhamda Sh.Sharipovlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
MDH mamlakatlarida o‘qituvchining tarbiyaviy jarayonlarini tashxislash mahorati muommolari yuzasidan R.Kvesko, E.Kondratev, R.Abramov, Ye.Bogdanov, V.Zazigin, Yu.Masalova, V.Komarovskiy, L.Alekseeva, A.Petrovskiy, M.Yaroshevskiylar tomonidan o‘rganilgan.
N.V.Kuzmina, A.K.Makarov, V.A.Slastenin, S.D.Smirnov, A.V.Xutorskiy va boshqa olimlarning pedagogik tatqiqot ishlarini analizi, shuningdek, milliy ta’lim tizimining amaliyoti kasbiy kompetentlik tushunchasiga nisbatan ilmiy qiziqishning ortib borayotganligini ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi: Rahbar ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat birligini ta’minlashi taqozo etiladi. Ma’naviy ong o‘quvchining dunyoqarashi, bilimi, his-tuyg‘usi, idroki, irodasi va diqqatining majmuasi bo‘lib, u o‘qituvchining pedagogik mahorati negizida ta’lim-tarbiyaviy faoliyat asosida shakllantiriladi. O‘z navbatida ong ham faoliyatga ta’sir ko‘rsatadi va uni tartibga soladi.
Kurs ishining vazifalari: Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida rahbartomonidan o‘zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:

  • har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;

  • milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;

  • inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;

  • insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;

  • Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo‘ymaslik;

  • ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, saxovatli bo‘lish.


Download 64.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling