3. Inson huquqlari boyicha mamlakatda amalga oshirilgan ishlar
Hozirgi kunda inson huquqlari nazariyasi yangi mazmun kasb etib, yanada
dolzarb mavqeyga ko’tarilib bormoqda. O’zbekiston
Respublikasi
Mustaqillik deklaratsiyasi” ( 1990-yil 20-iyun) va ‘Davlat mustaqilligining
asoslari to’g’risida”gi (1991-yil 31-avgust) qonundayoq inson huquqlarining
zamonaviy falsafasiga asoslanadi: ya’ni “Inson huquqlari” davlat hokimyatining
mezoni ekanligi anglab yetildi va unga sodiqlikni bayon etdi. Ana shunday
adolatli g’oyalarni o’ziga singdirgan Konstitutsiya ham yaratildi ( 1992 yil 8
dekabr). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqaroning
huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning
o’zaro siyosiy-huquqiy aloqadorligi hamda mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi
tamomila yangi konsepsiyaga tayangan.
Dastavval bu ishlarning huquqiy tizimi yaratildi, ya’ni O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari mustahkamlandi.
O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat
va mafkurada yuz bergan tub o’zgarishlarni aks ettiradi. O`zbеkiston
Rеspublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish
Umumjahon kompaniyasini o`tkazishga qaratilgan umumjahon dеmokratik
tashabbuslarning faol qatnashchisi bo`lib, jahonda inson huquqlari o`n yilligini
ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z hissasini qo`shmoqda.
O`zbеkiston Rеspublikasida 1997-yil – Inson mаnfaatlari yili, 1998-yil – Oila
yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‘lom avlod yili, 2001-yil – Onalar va
bolalar yili, 2002-yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili,
2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – Sihat-salomatlik yili deb
nomlanganligi va bu yillar uchun mo’ljallangan Davlat Dasturlari doirasida
amalga oshirilgan ishlar buning tasdig’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |