Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolotlovchi huquqiy mexanizmining yaratilishi
III slayd 55
4. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha faoliyat yurituvchi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi 1 .
Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Bu institutlarning tashkil topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga kafolat berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi, u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi jihatdan darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”.
56
«Muloqot» texnologiyasi «Muloqot» texnologiyasida talaba
(yoki o'quvchi)larning dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o'z fikrlarini erkin bayon etishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo'lib,
odatda bunday mashg'ulot talaba (yoki o'quvchi)arni kichik guruhlarga ajratgan holda o'tkaziladi.
Tanlangan mavzu, muammo
asosida talaba (yoki o'quvchi)larning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo'lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va
to'g'ri xulosa
chiqarishlariga yordam
berish, erkin
holda bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqotga kirish
va muloqot
qila olishga o'rgatish. Texnologiyaning qo'llanishi. Amaliy,
laboratoriya, fakultativ mashg'ulotlarda va
darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladigan tarbiyaviy soatlarda qo'llanishi mumkin bo'lib, mashg'ulot jamoa va kichik guruh shaklida o'quv auditoriyasida yoki tabiat qo'ynida o'tkazilishi mumkin. Mashg'ulotda foydalaniladngan vositalar. Vatman qog'ozi, flomaster, markerlar.
- o'qituvchi mashg'ulotni boshlashdan avval talaba
(yoki o'quvchi)larni muloqot, bahs-munozarani o'tkazishga qo'yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so'ngra ushbu
darsning bosqichma-bosqich o'tkazilishini tushuntiradi; - o'qituvchi talaba (yoki o'quvchi)larni mavzu yo'nalishlari bo'yicha guruhlarga ajratadi; - har bir kichik guruh jamoasi o'z yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik boshlaydi: boshqa kichik guruhlar bilan muloqotga kirisha olishi uchun o'z yo'nalishi bo'yicha turli materiallar, ko'rgazmali qurollar, turli rivoyat, olim va mutafakkirlarning fikrlari va boshqalarni tayyorlaydi;
57
- kichik guruhlar o'rtasida asosiy mavzu va uning yo'nalishlari bo'yicha muloqot boshlanadi; - o'qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo'naltirib boradi va asosiy mavzu kichik guruhlar tomonidan yoritilgach, u aytilgan fikrlarga o'zining munosabatini bildirgan holda muloqotni yakunlaydi. 6-ilova
GURUH LAR 1- guruh Inson
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati haqida nimalar bilasiz?
2-guruh Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni haqidagi fikrlaringiz.
3-guruh
Inson huquqlari boyicha
mamlakatda amalga
oshirilgan ishlar haqida
ma’lumotlar bering.
4-guruh O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha faoliyat yurituvchi tashkilotlar haqida fikr yuriting.
58
№ Tushunchalar Izohi 1 Ombudsman 2 Kafolat 3 Erkinlik 4 Huquq 5 Burch 6 Manfaat 7 Fuqaro 3.2. Mavzuni o’qitish boyicha metodik tavsiyalar
Ushbu qismda biz o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, treninglar, ochiq munozaralar, yakka, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilish va o'tkazish hamda o'quvchilar, tinglovchilarni pedagogik jarayonga tayyorlash masalalariga bag'ishlangan kerakli uslubiy tavsiyalar va maslahatlarni o'z ichiga olgan. Hozirgi kunda
talim tizimini yanada isloh
qilishda Respublika maorifchilarining 2007-yil avgust konferensiyasida 2007-2008 o'quv yilida sifat va samaradorlikka erishish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni aktiv tatbiq etish, yosh kadrlarni yuqori darajada ish bilan ta'minlash masalalari ustuvor vazifa qilib qo'yildi. Texnologiya so'zi fanga 1872-yilda kirib keldi. U yunoncha «texos» - hunar, mahorat va «logos» esa ta'limot yoki fan degan ma'noni beradi. Qisqacha «mahorat haqidagi fan» ma'nosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq, hamda o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb o'ylashadi. Bu to'g'ri emas. Pedagogik 59
texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o'qituvchi-trener va talaba-o'quvchilarning begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog'liq 1 . Pedagogik texnologiyaning ko‘p ta’riflari mavjudligi, bu atamaning standartlashtirilmaganligini inobatga olib, unga nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan berilgan ta’rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiya bu – texnikaviy va insoniy manbalarni va ularninh o’zaro bog’liqligini inobatga olib, o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qoyadigan, butun o’qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo’llash va aniqlash boyicha tizimli qarashdir. Keltirilgan bu ta’rifdan, pedagogik texnologiyaning – tizimlilik va samaradorlik kabi majburiy belgilarini alohida ta’kidlash mumkin. Bunga pedagogik texnologiyaning majburiy tashkil etuvchi belgilarining yana birisi qayta takrorlanishni qo‘shish lozim bo‘ladi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, pedagogik texnologiyani - maqbullashtirilgan, unifikatsiyalashtirilgan va
qayta takrorlanadigan o‘quv jarayonini yaratish va qo‘llash deb, xarakterlash mumkin. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi mavzusini o’qitishda “Muloqot”, “T-sxema”, “Blits-so’rov”, “Rezyume”, “Muammo”, “Bahs(debat)lar”, “Zinama-zina”, “SWOT” tahlil jadvali, “FSMU”, “Aqliy hujum” 2 kabi interfaol metodlardan foydalanish mumkin. Bu metodlardan foydalanish orqali maqsadga tez va sifatli erishish mumkin bo’ladi. Biz amaliyot jarayonida O’zDJTU qoshidagi 3-sonli akademik litseyda ikkita guruhda dasturda belgilangan “Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va saylov tizimining yaratilishi” mavzu bo’yicha dars o’tdik. O’quvchilar soni ikkala guruhda ham 30 tadan edi. Birinchi guruhda oddiy ma’ruza, savol-javob metodari orqali an’anaviy dars o’tdik, ikkinchi guruhda Aqliy hujum, Muloqot texnologiyasi va Tushunchalar
1 Yo'ldoshev J.G'. Usmonova S.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari - T., 2004. - 4-b. 2 Tolipov O'.K. Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy asoslari. - T., 2006. - 13-b. 60
tahlili metodlari yordamida interfaol mashg’ulot o’tkazdik. Buning natijalarini quyidagi diagrammada ko’rish mumkin: 0 2 4 6 8 10 12 14 16 18 1-guruh 2-guruh Qoniqarli Yaxshi A'lo
Bundan ko’rinib turibdiki zamonaviy interfaol uslullardan foydalanib dars o’tish dars jarayonidagi samaradorlikni oshiradi. O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi-talabalarnnng bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompьyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filьm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq. Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyixalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, texnik vositalarni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorliqdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi- talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
61
O’zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridanoq huquqiy demokratik davlat hamda
fuqarolik jamiyati barpo etish
bosh maqsad
qilib qo’yildi. Mamalakatimizda o’tgan davr mobaynida ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Fuqarolarning qonun oldida tengligini va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy davlatning shakllantirishning poydevori qo’yildi. O’zbekiston Respublikasini demokratik huquqiy davlat sifatida baholashga barcha asoslar yetarli. O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning nazariy, qonunchilik, xalqaro huquqiy va konstitutsiyaviy asoslari yaratildi. O`zbеkistonning dеmokratik, insonparvar, adolatli fuqarolar jamiyati va huquqiy davlat qurish yo`lidagi asosiy maqsadi, vazifasi, yo`nalishi inson huquqlarini himoya qilish va ularni to`la amalga oshirishga qaratilgan. Inson huquq va erkinliklarini butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish rеspublika hayotining asosiy tamoyillaridandir. Konstitutsiyaviy mustaqil o`zbеk davlati va fuqarolarning o`zaro munosabatlarini qonuniy ifoda etadi. Haqiqiy xalq hokimiyati, bozor iqtisodiga o`tish, mulkchilikning yangi shakllari joriy etilishi jamiyatimizda haqiqiy shaxs ozodligining qaror topishiga olib kеldi. Yuqoridagilardan kеlib chiqadiki, O`zbеkistonda inson huquqlarini himoya qilishning birinchidan, qonuniy, ikkinchidan, tashkiliy, uchinchidan, tarbiyaviy va to`rtinchidan, xalqaro - huquqiy asoslari yaratilgan va bu huquqlar kafolatlarini davlat o`z zimmasiga olgan. Yuqoridagilarga tayanadigan bo’lsak, inson huquqlarining jahon miqyosida rivojlanishini ham o’ziga xos tarixi bor. U o’z navbatida uch katta davrni o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari to’g’risidagi fransuz deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to’g’risida qonunchilik rivojlangan.
62
Ikkinchi bosqich XX asrning birinchi yarmiga (1914-1950-yillar) to’g’ri keladi. Bu bosqich ostida insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ba’zan “jamoa huquqlari” deb ham yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi. Inson huquqlari – huquqiy davlatchilikning insoniylik mezonidir. Inson huquqlarining ta’minlashning realligiga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining sa’y-harakatlarini baholovchi, jamiyatning axloqiyligini va
davlatning maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini ishonchli tarzda ta’minlamay turib, huquqiy davlatchilikning huquq ustuvorligi, hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga oid islohotlar bosqichma- bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning yorqin misoli 1997 – yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi va bu bilan O`zbеkistonda huquqiy dеmokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish stratеgiyasini bеlgilab bеrdi. O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Jamiyatimizda huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, jamoat tashkilotlari, o`z-o`zini boshqarish organlarining rahbarlari va davlatimizning har bir fuqarosi yuksak huquqiy madaniyatga ega bo`lsalar, qonuniylikni ta'minlash va inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mеxanizmi samarali ishlaydi. Xullas, inson huquqlari 63
va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish jamiyatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining, har bir mansabdor shaxsning oldida turgan yuksak vazifasidir. Biz o`tgan yillar mobaynida inson huquqlarini himoya qilishni sifat jihatdan yangi pog`onaga ko`tarishga imkon bеruvchi zarur zaminni, poydеvor, barqaror asosnigina yarata oldik. Biz yuqoridagilarni o’rganib chiqqan holda quyidagi tavsiyalarni berishni joiz deb topdik: 1. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ijobiy va samarali natijalarga erishish uchun aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish kerak. Zero, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish inson huquqlarining amalda to`la ta'min etilishining muhim shartidir. 2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dasturdagi bu mavzuga oid darslarni soatini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz bor sa'y-harakatimiz, amaliy ishlarimiz bilan odamlarni o`z huquq va erkinliklarini himoya qilinishiga muntazam ishontirib bormog`imiz kеrakki, islohotlar jarayonida faqat ularning o`zlari faol ishtirok etgan taqdirda, bеlgilangan maqsadlarga еtish uchun jamiyatning har bir a'zosi astoydil harakat qilgan taqdirda inson huquqlarini himoya qilishning ko`zlangan maqsadiga erishish mumkin.
64
I. О‘zbekiston Respublikasi I.A.Karimov asarlari 1. Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. – Т.: Ўзбекистон, 1996. 2. Каримов И. А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. – Т.: Ўзбекистон, 1996. 3. Каримов И. А. Бунёдкорлик йўлидан. –Т.: Ўзъбекистон, 1996. 4. Каримов И. А. Янгича фикрлаш ва ишлаш — давр талаби. –Т.: Ўзбекистон,1997. 5. Каримов И. А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 1998.
6. Каримов И. А. Биз келажагимизни ўз йўлимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 1999. 7. Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт — пировард мақсадимиз. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 8. Каримов И. А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. –Т.: Ўзбекистон, 2001.
9. Каримов И. А. Биз танлаган йўл — демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. –Т.: Ўзбекистон, 2003. 10. Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. –Т.: Ўзбекистон, 2005. 11. Каримов И. А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари — олий қадрият. – Т.: Ўзбекистон, 2006. 12. Каримов И. А. Жамиятимизни эркинлаштириш, ислоҳотларни чуқурлаштириш, маънавиятимизни юксалтириш ва халқимизнинг ҳаёт даражасини ошириш — барча ишларимизнинг мезони ва мақсадидир. – Т.: Ўзбекистон, 2007. 13. Каримов И. А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. –Т.: Ўзбекистон, 2008.
65
14. Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: « Ўзбекистон », 2010. 15. Каримов И. А. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини шакллантириш — мамлакатимиз тараққиётини асосий мезонидир.–Т.: « Ўзбекистон », 2011.
16. Абдуҳолиқов С. Виждон эркинлиги: методология муаммолари. – Т.: Фан,1997. 17. Азизов Х. Мустақиллик ва ҳуқуқий демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш. – Т.: Ўзбекистон, 1997. 18. Ахмедов Ғ, Сатторов А. Ўзбекистон: Инсон ҳуқуқлари ва қонунлар. – Т.: Адолат, 1999. 19. Баҳриев К. Демократиya ва инсон ҳуқуқлари. –T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. 20. Бобоев Х.Б. Инсон ҳуқуқлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 21. Инсон ҳуқуқлари ва ҳуқуқий маданиyaт. “Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари”. Инсон ҳуқуқлари Конституциya кафолатида. 2 рисола. – Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ, 1997. 22. Инсон ҳуқуқлари соҳасида Ўзбекистон Республикасининг миллий фаолиyaт дастури. – Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси, 1997. 23. Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларациyaси ва Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш миллий тизими. – Т.: Ўзбекистон, 2010. 24. Мингбоев У. Қ. Конституциya фаровонлигимиз кафолати ҳуқуқий демократик ислоҳотлар. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 25. Мингбоев У. Қ. Суд ҳокимиyaти ва инсон ҳуқуқлари. Ўзбекистон Олий судининг Ахборотномаси. –Т., 1992. 26. Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлари. –T.: Адолат, 2013.
66
27. Одилқориев Х.Т. Фуқароларнинг конституциявий ҳуқуқ ва эркинликлари // Хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқларига оид қонун кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон. 2000. 28. Рашидова С. Инсон ва жамиyaт фаровонлигини таъминлаш – қонунийлик принципининг мақсадидир// Конституциya ва қонунларнинг устунлиги Ўзбекистон тарраққиётининг кафолати. – Т.: Адолат, 2000. 29. Раҳмонқулов Х. Р. Фуқаролик: ҳуқуқлар, бурчлар, эркинликлар. – Т.: Фан, 1991. 30. Саидов А. Х., Жузжоний А. Шарқ ва инсон ҳуқуқлари. –Т. Ижтимоий фикр. 1998 31. Саидов А. Х., Султонов С. Ўзбекистон Республикаси ва инсон ҳуқуқлари. – Т.: Адолат, 1998. 32. Саидов А., Таджиханов У. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Т.2. –Т.: Адолат, 2001.
33. Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. – T.: Konsauditinform-Naшr, 2006. 34. Саидов А.Х. Ўзбекистон Республикаси ва инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар. – Т.: Адолат, 2002. 35. Саидов А.Х., Жузжоний А.Ш. Шарқ цивилизацияси: Инсон ва ҳуқуқ.. – T.:Адолат, 2005. 36. Сатторов А. Қонун ва инсон ҳуқуқлари . –Т.: Адолат ,1999. 37. Холдин Р., Хауэрд Х. Инсон ҳуқуқлари. Кириш. Таржима. – Вена, 1997. 38. Холмўминов К. Ўзбекистонда ҳуқуқий давлат қуриш. – Т.: Адолат, 1995. 39. Ғафуров А.Б. Мўминов А.Р. Инсон ҳуқуқлари. – T.: Baktria Press, 2012.
67
40. Ҳусанов О., Каримова О., Азизов Х., Тўйчиева Ҳ., Каримов З., Инсон ҳуқуқлари (махсус курс). –Т.: Шарқ, 1997. III. Normativ ҳuquqiy ҳujjatlar. 41. “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) тўғрисида”ги қонун. – T,. 1997. 42. Инсон манфаатларини таъминлаш борасида 1997-йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар дастури.–Т.: Ўзбекистон, 1997. 43. Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон деларациyaси.– T,. 1998. 44. Инсон ҳуқуқлари, универсал халқаро ҳижжатлар тўплами. – T.: Ўзбекистон, 1996. 45. Ўзбекистон Республикаси Конституциyaси. – Т.: Ўзбекистон, 2012. 46. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Инсон ҳуқуқлари бўйича вакилининг (омбудсманнинг) 2009-йилдаги фаолиyaти тўғрисида ҳисобот. – Т., 2010. 47. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси қонунчилик палатасин Регламенти тўғрисида”ги қонун. 2003. 48. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – T,. 1997.
IV. Davriy adabiyotlar 49. Ҳуқуқ ва бурч. 50. Халқ сўзи газетаси 1992- 2013йиллар 51. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2012. 3. 52. Давр мезони. 2012.6. 53. Инсон ва қонун. 2012. 54. Адолат. 2013. 55. Ҳуқуқ. 2014. V. Dissertatsiyalar 68
56. Саттаров А.Х. Инсон ҳуқуқлари назарияси ва ички ишлар органлари фаолиятида инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилишнинг долзарб муаммолари. Юридик фанлар докт.... дисс. –Т., 2003. 57. Рузиев З.Р. Инсон ҳуқуқларини ҳимоялашда фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг ўрни (назарий-ҳуқуқий масалалар). Юридик фанлари номз. ... дисс. –Т., 2012. 58. Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назария ва амалиёт муаммолари. Юридик фанлари номз. ... дисс. –Т., 2003. 59. Ҳамидова М.А. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари кафолатлари. Юридик фанлари номз. ... дисс. –Т., 2000. VI. Internet manbalari 60. http: // www. ziyonet.net 61. http: // www.lex.uz
62. http: // www.parliament.gov.uz
63. http: // www.e-tarix.uz
64. http: // www.uza.uz
65. http: // www.gov.uz
69
O’zbekcha Ruscha Inglizcha 1. ombudsman омбудсман omudsman 2. shikoyat жалоба complaint 3. vakil
посол representative, envoy, 4. davlat
государство state,
5. murojaat обращение address, call, plea. 6. ma'lumot справка education 7. huquq
право law
8. erkinlik свобода freedom
9. jamiyat
общество society
10. qonun
закон law
11. demokratiya демократия democracy 12. siyosat
политика politics 13. iqtisod
экономика economy
14. tarix
история ҳistory
15. shaxs
личность person
16. deklarasiya декларация declaration 17. bill
билл bill
18. prezident президент president 19. konvensiya конвенция konvention 20. pakt
пакт pact
21. mustaqillik независимость independence 22. шartnoma договор agreement 23. majburiyat обязательство obligation 24. konstitutsiya конституци konstitution 25. nazariya теория tҳeory
26. amaliyot практика daily practice 27. kollej
колледж kollege
28. akademik litsey Академик лицей academic lyceum 29. mafkura
идеология ideology 30. prezident президент president 31. mahkama
учреждение tougҳ
70
qaror решение decision 33. farmon
указ order
34. kodeks
кодекс code; codex 35. jazo
наказание puniшment 36. qiynoq
мучение agony
37. jinoyat
преступление crime
38. manfaat
польза benefit, advantage. 39. ariza
заявление formal petition or request
mahalla
махалля quarter
41. tartib
порядок order, arrangement 42. nizom
положение rules, regulations 43. faoliyat деятельность activity 44. metod
метод metҳod
45. ҳujjat
документ document 46. idora
контора operation 47. majlis
заседание meeting
48. guruh
группа group
49. kadr
кадр sequence 50. muammo
проблема riddle
51. darslik
учебник textbook 52. tavsiya
советы recommendation
71
Inson huquqlari bo’yicha xalqaro (mintaqaviy) tizimning tavsifi Tashkilotlar Inson ҳuquqlari bo’yicha tashkilot asosiy hujjatining omi Nazorat organlari
Amerika davlatlar taшkiloti Inson huquqlari bo’yicha Amerika Konvensiyasi 1969-yil qabul qilingan va 1978-yil kuchga kirgan Inson huquqlari bo’yicha Amerika davlatlariaro komissiyasi; Inson huquqlari bo’yicha Amerika davlatlariaro sudi
Inson va xalqlar huquqlari bo’yicha Afrika Xartiyasi 1982- yil qabul qilingan va 1986-yil kuchga kirgan Inson va xalqlar huquqlari bo’yicha Afrika komissiyasi; Inson huquqlari bo’yicha Afrika sudi
Yevropa Kengaшi
Inson ҳuquqlari va asosiy erkinliklarini ҳimoya qiliш bo’yiчa Yevropa Konvensiyasi 1950-yil qabul qilingan va 1953- yil kuчga kirgan Inson ҳuquqlari bo’yiчa Yevropa sudi; Inson ҳuquqlari bo’yiчa Yevropa Kengaшining komissari
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Taшkiloti
YXҲT ning “Insoniylik mezonlari” hujjatlari YeXHT ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi; Milliy ozchiliklar ishlari bo’yicha oliy komissar
Asosiy huquqlar to’g’risidagi Xartiya Yevropa Ittifoqi Ombudsmani; Asosiy huquqlari bo’yicha Yevropa Ittifoqi Agentligi
Arab davlatlar ligasi Inson huquqlari bo’yicha Arab Xartiyasi 2004-yil qabul qilingan va 2008-yil kuchga kirgan Inson huquqlari bo’yicha Doimiy arab komissiyasi
Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo’yicha MDH Konvensiyasi 1995-yil qabul qilingan Inson huquqlari bo’yicha komissiya 72
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi 73
Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling