Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo va uni o


Download 437.5 Kb.
bet2/9
Sana03.01.2023
Hajmi437.5 Kb.
#1075800
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-guruh elementlar kimyosi

Annotatsiya
Ushbu kurs ishimda 12-guruh elementlari haqida bayon qildim hamda, mis, kumush va oltinning kimyoviy xossalari, qazib chiqarish konlari hamda geologik ahamyati haqida batafsil yoritdim.

Аннотатция
В этой курсовой работе я описал элементы 12 группы и подробно объяснил химические свойства, месторождения меди и геологическое значение меди, серебра и золота.

Annotation
In this course work, I described the elements of Group 12 and explained in detail the chemical properties, copper deposits, and geological significance of copper, silver and gold.


KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ 4805-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini qoʻshimcha moliyalashtrish, ularni jihozlash, oʻqituvchilarga ustama haq toʻlash hamda kimyo va biologiya fanlarini oʻqitish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maxsus jamgʻarmalar tashkil etilsin;
Kimyo va biologiya fanlari boʻyicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni oʻqitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy labaratoriyalar, darsliklar va boshqa oʻquv jixozlari bilan ta’minlash, ushbu yoʻnalishlarga malakali oʻqituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish soxalari rivojlantirish koʻzda tutilgan.
“Anorganik kimyo” fanini chuqur oʻzlashtirilishi boʻlajak oʻqituchisining mutaxassisligi boʻyicha tayyorgarligini belgilashda muhim oʻrinni egallaydi. Chunki kimyo, kimyo yoʻnalishidagi akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oʻrta umumta’lim maktablari kimyo kursining asosiy qismini tashkil etadi.
Mustaqil Respublikamiz tabiiy zahiralari va sanoatiga kimyo fanining chambarchas bogʻliqligi, uni oʻqitishning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi.
Talabalar pedagogik texnologiyalardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishi uchun avvalo mazkur kurs mashgʻulotlarida axborot va pedagogik texnologiyalarni uygʻunlashgan holda tashkil etishi zarur. Ushbu oʻquv qoʻllanma darsni axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uygʻunlashgan holda tashkil etish kimyoni oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish va ta’lim jarayonini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma, malakalarni tarkib toptirish imkoniyatini beradi. Kimyoni oʻqitishda zamonaviy texnologiyalari fani boʻlgʻusi kimyo oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi. Kimyo oʻqituvchisi oʻzining pedagogik faoliyatida pedagogik zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar va kompetensiyani egallagan boʻlishi shart. Talabalar pedagogik texnologiyalardan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanishi uchun avvalo axborot va pedagogik texnologiyalarni uygʻunlashgan holda tashkil eta olishi zarur. Ushbu oʻquv qoʻllanma darsni axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uygʻunlashgan holda tashkil etish, kimyoni oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma, malakalarni tarkib toptirish imkoniyatini beradi.



Download 437.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling