Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo 102-guruh Saidrasulxoʻjayeva Nodiraning


Download 10.68 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi10.68 Kb.
#1197879
Bog'liq
Trening



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
kimyo 102-guruh Saidrasulxoʻjayeva Nodiraning
"Umumiy psixologiya" fanidan mustaqil taʼlim
trening mashgʻuloti

"Uch boʻgʻin" trening-mashgʻuloti.
Trening maqsadi: Bu trening oʻquvchi-talabalarni birdamlik va guruh boʻlib ishlashga oʻrgatadi. Shu qatorda, bu trening mashgʻuloti ishtirokchining eshitish qobiliyati(sulh)ni tekshiradi.
Kerakli jihozlar: uch boʻgʻinli soʻzlar(trening mashgʻulotini oʻtkazuvchi tomonidan tayyorlab kelinadi).
Trening borishi: Oʻquvchi-talabalar uch guruhga boʻlinadi. Guruhlar ichidan bir kishi tanlanadi va oʻyin qoidasi tushuntiriladi. Tanlangan talaba xonadan tashqariga chiqib turadi va uzoqroqqa borib turishi kerakligi aytiladi. Talaba xonani tark etgach boʻlingan uch guruhga uch boʻgʻindan iborat soʻz aytiladi va har bir boʻgʻini har bir guruhga beriladi, yaʼni bir boʻgʻin bir guruhga toʻgʻri keladi. Boʻgʻinlar boʻlib berilgach ishtirokchi xona ichkarisiga chaqiriladi. Ishtirokchiga yana bir marotaba oʻyin qoidasi tushuntiriladi va uch marotaba imkoniyat beriladi. Birinchi marotaba guruhlar baravariga bir ovozdan oʻzlari uchun ajratilgan boʻgʻinlarni aytishadi va ishtirokchi oʻz tahminlariga asoslanib javobini aytadi, agar javobi notoʻgʻri boʻlsa, yana qayta guruhlar oʻz nomlarini baravar aytishadi va shu tartibda davom etadi.
Bajarildi: Trening mashgʻulotini oʻtkazish mobaynida boshqa guruhlarga halaqit bermaslik uchun kichik qogʻozlarga raqamlar yozib chiqildi va buklanib, treningni qabul qiluvchi tomonidan tanlandi. Tanlangan raqam boʻyicha jurnaldan talaba chiqdi. Shart bajarildi. Guruh aʼzolarining barchasi treningga jalb qilindi. Hamma faol qatnashdi.


"Yoʻl koʻrsat" trening mashgʻuloti
Trening maqsadi: Bu trening oʻquvchi-talabalarni birdamlikka, fikrlashga, koʻz oʻtkirligi va eshitish qobiliyati(sulh)ni tekshiradi.
Kerakli jihozlar: koʻz boylagich(koʻzga boylaganda atrof koʻrinmasligi kerak), labirint chizma maketi(guruhlar sonicha), markerlar (barchasi trening mashgʻulotini oʻtkazuvchi tomonidan tayyorlab kelinadi).
Trening borishi: birinchi navbatda oʻquvchilar yoki talabalar guruhlarga ajratiladi. Doskaga tayyorlab kelingan labirint chizmalari yopishtiriladi. Har bir guruhdan ixtiyoriy ishtirokchilar tanlanadi va ularning koʻzlari koʻz baylalichlar bilan berkitiladi, atrof koʻrinmayotgani tekshirilib koʻriladi. Ishtirokchilar qoʻliga bittadan marker beriladi va labirint boshiga qoʻlini olib borib qoʻyiladi. Bu trening mashgʻulotida ishtirokchining asosiy vazifasi oʻz jamoasidagi barcha aʼzolarning ovozlarini boshqa guruh aʼzolarinikidan ajratib olish. Masalan, oʻquvchi yoki talabalar uch guruhga ajratilgan boʻlsin, har bir jamoada kamida 8 tadan aʼzo mavjud boʻlsa, ishtirokchi har birini ovozini tanish bilan bir qatorda ularning qaysilari oʻzining guruhida ekanligini ham eslab qolishi kerak. Chunki oʻyinga start berilgach barcha guruh aʼzolari baravariga, "oʻngga", " chapga", "tepaga" , "pastga" deya boshlashadi. Oʻyin shu tariqa qizim davom etadi. Birinchi "finish" ga yetib kelgan va behayo yurgan jamoa gʻolib deb topiladi.
Bajarildi: barchasi oʻyin qoidasi boʻyicha ketma ketlikda bajarildi. Boshqa guruhlarga(boshqa xonadagi darslarga) xalaqit bermaslik uchun trening shartlariga biroz oʻzgartirish kiritildi, yaʼni jamoalarda bitta bittadan yoʻlboshlovchi tayinlandi. Talaba- yoshlarning barchasi trening mashgʻulotiga jalb etildi. Trening qizgʻin davom etdi.


Download 10.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling