Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Tarix” fakulteti “Maktab menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 403-guruh talabasi Turdiqulova Maftuna Maxmud


Download 16.24 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1630817
Bog'liq
Tashqi taqriz Maftunaga


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, “Tarix” fakulteti “Maktab menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 403-guruh talabasi Turdiqulova Maftuna Maxmud qizining “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ____________________________________tomonidan berilgan
TASHQI TAQRIZ
Mustaqil O‘zbekistonning xalqparvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma’naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashda samarali ta’sir ko‘rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma’naviy jihatdan tiklash, g‘oyaviy jihatdan yangilash va o‘z-o‘zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar belgilab qo‘yilgan.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan bo‘lib, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan bо‘lib, u ikki qismdan iborat. Unda “O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning huquqiy-normativ asoslari”, “Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish muammosi”. Xalqaro standartga asosan har bir ta’lim darajasi uchun ta’lim dasturlari va ularga mos ravishda malaka talablari ishlab chiqilishi ta’lim sifatining oshishiga asos bo‘ladi. Ta’lim tizimini darajalarga ajratish esa uning uzluksizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqaro ta’lim klassifikatsiyasining asosiy vazifalaridan biridir.
Ikkinchi bob “Iqtisodiy kompetentlikning tuzilishi va mazmuni” deb nomlangan bо‘lib, u uch qismdan iborat. Unda, “Pedagogikada “kompetentlik” tushunchasining talqini”, “Iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish usul va yo‘llari”, “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish muammosining o‘rganilganlik holati” dan iborat. Innovatsiya tushunchasi tadqiqotlarda «yangilik kiritish» tushunchasi sifatida kо’rib chiqiladi, «innovatsion jarayon» tushunchasi esa yangilik yaratish va ularni o‘zlashtirish, pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda innovatsiya (yangilik kiritish) maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar vositasi, innovatsion jarayon - pedagogik jarayonlarga yoki pedagogik faoliyatga o‘zgartirishlar (yangilik) kiritish vositasi deb aytishimiz mumkin.
Uchinchi bobda “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishning samaradorlik darajasi” deb nomlangan bо‘lib, u ikki qismdan iborat. Unda, “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi” va “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari va uning samaradorlik darajasi”ni o‘z ichiga olgan.
Umuman olganda, Turdiqulova Maftuna Maxmud qizining “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi to‘liq o‘z yakuniga yetgan deb hisoblayman. Bitiruv malakaviy ishni bajarishda qo‘yilgan maqsad va vazifalar ishning ilmiy yangiliklari bilan o‘z tasdig‘ini topgan. Turdiqulova Maftuna Maxmud qizining “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling