Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta


Download 200 Kb.
bet18/19
Sana17.06.2023
Hajmi200 Kb.
#1538163
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
XAYDAROVA SEVARA BMI

3.1. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarni grafik topshiriqlarni bajarish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodlari
3.2. Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarni grafik topshiriqlarni bajarish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-biluv jarayonining samaradorlik darajasi
XULOSA
Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarni grafik topshiriqlarni bajarish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirishga doir olib brogan izlanishlarimiz hamda ilmiy metodik adabiyotlar tahliliga tayangan holda quyidagi umumiy xulosalarni keltirib o‘tishmiz mumkin:
1. Xozirda tasviriy san’at sohalari bo‘yicha mavjud o‘quv rejalarida auditoriya soatlariga nisbatan mustaqil ish soatlari miqdori ko‘paytirilgan. Shunday ekan amaldagi o‘qitish jarayoniga yangi pedagogik shartlarni ishlab chiqish kerak. Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda taxsil olayotgan bo‘lajak muhandistlarga, o‘z sohalari bo‘yicha mutaxassislik fanlar ham nazariy ham amaliy jihatdan kelgusi ish faoliyatlarida duch keladigan kasbiy bilimlar o‘rgatiladi. Shu jarayonda har bir mashg‘ulotdagi qaralayotgan masala negizida ijodiy tafakkurning o‘rnini talaba yoshlarga uqtirib, namunaviy ijtimoiy misollar orqali tushuntirib o‘tish dars samaradarligini oshirishga xizmat qiladi.
2. Grafikaning asosiy materiali oq-qora rang bo‘lib, ko‘proq qog‘ozga ishlanadi. Boshqa ranglar juda kam ishlatiladi. Ishlatilganida ham maxsus - plakat grafikasida ishlatiladi. Chunki, grafik rassomlar o‘z asarlarini fakat oq-qora ranglarda ifodalaydi, qaysiki, asarning moxiyati, mazmuni va odam portretlarini ichki tuyg`ularini va xarakterini ifodalanishi lozim bo`lgan asarlarda ishlatiladi. Grafik rassom tasvirlayotgan narsa va voqeaga bo`lgan munosabatini ifoda vositasi bo`lmish yo`g`on-ingichka, kupol-nozik, uzun-qisqa, davomli-davomsiz, rangli-rangsiz, silliq-dag`al chiziqlarda ifodalaydi. Shuningdek, grafik rassom o’z asarlarini yaratishda bo`yoqlarning tonidan, qog`ozning oq rangidan, qora rangining ham turli xildagi tonlaridan foydalanadi.
3. Grafika texnikasining keng tarqalgan turlaridan biri illyustratsiyalardir. Qadimda tasviriy san’at kitob bilan bog`langan edi. O`rta asrlarda Sharq va G`arb mamlakatlarida yaratilgan kitoblarning deyarli ko`pchiligi naqshlar va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Bu rasmlarda kitob mazmuni o`z aksini topar edi. Keyinchalik bosma kitoblar nashr etish ixtiro qilinganidan so`ng illyustratsiyalar kitoblarda yanada katta o`rin egallay boshladi. Illyustratsiyaning ahamiyati shundaki, birinchidan u kitobni bezakli, chiroyli va yoqimli bo`lishiga yordam bersa, ikkinchidan adabiy obrazlarni konkret jonli bo`lishiga, bolaning yodida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradi.
4. Insonning psixologik va pedagogik imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanish, shu asosda ma’lum ijtimoiy istiqbollarini belgilash, aynan har bir shaxsning o‘zi jamiyat va xalqning bir qismi sifatida o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va kamol toptirishi muqarrardir. Bu jarayon esa, tabiiyki uzluksiz ravishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy turmushdagi turli sohalar bo‘yicha iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsni shakllantirish muammosi va uni pedagogik – psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish shu sohaga dahldor barcha yo‘nalishlarga alohida ma’suliyat yuklaydi.
5. Talabalar mustaqil faoliyatining shakllari, metodlari xilma xil bo‘lib, fanni (sohani) mustaqil o‘rganishning negizi hisoblanadi: ilmiy adabiyotlarni annotatsiya qilish, birlamchi manbalar bo‘yicha konspekt tuzish, referat va ma’ruza yozish, kurs va bitiruv ishlarini bajarish, auditoriyadan tashqari paytda tajriba o‘tkazish hamda olingan miqdoriy natijalarni ham miqdor, ham sifat jihatidan tahlil qilish va boshqalar.
6. Har qanday yangilik, taraqqiyot inson aql zakovatining mahsuli hisoblanadi, xuddi shu bois fan texnika rivoji ko‘p jixatdan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog‘liq. Talaba kamoloti jismoniy, axloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo‘lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi muhim o‘rin egallaydi.
7. Talabaga nazariy materiallarni tig'iz va ko'p taqdim qilish pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emasligini bugungi kunda amaliy tajribalar yaqqol ko'rsatmoqda. Boshqa bir tomondan nazariy materallarni o'quv vositalarida tig'iz joylashtirish shuning uchun ham samarali emaski, bugungi kunda fan-texnika va amaliyot birgalikda jadal o'zgarishlarga uchramoqda. Shuning uchun ham talabaga taqdim etilayotgan axborotlar bankini muntazam yangilab turish, ushbu axborotlar ularning mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga samarali ta'sir etishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.

Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling