Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ritmik mashqlar sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, o‘yin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari, ya’ni chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilikka yo‘naltirilgan mashqlarda harakat chegaralanmagan bo‘ladi, shu sabali ular gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi. Bunday mashqlarda musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi. His-tuyg‘ularning ijobiy holati esa harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bunday mashq harakatlarida chidamlilik, plastiklik aralash mashqlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Mashqlar majmuida raqs daqiqalari ko‘pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar, ayniqsa, his-xayajonlarga beriluvchanligi bois raqslarni xushdashadi. Shuning uchun bunday badantarbiyaning nomi ritmika deb nomlanadi. Badantarbiya mashg‘ulotlarining yig‘indisi o‘zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga ega bulgan mashqlar (yugurish, sakrash)dan tashqari bo‘g‘inlarning cho‘zilishi, egiluvchanligi va harakatchanligi uchun kerak bo‘lgan mashqlar ham ishtirok etadi. Raqslar uchun mo‘ljallangan mashqlar esa juda ko‘p va xilma xildir. Ikkinchidan, musiqaviy kuzatuv sifatida ko‘pgina o‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo raqslaridan foydalanish mumkin. Bunday mashqlarda harakatlarning go‘zalligi shakllantirilishi bilan birgalikda, biz bir vaqtning o‘zida insonning ruhiy olamiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyati bebaholigini ko‘ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |