Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 317-guruh talabasi Qayumova Husnoraning tabiiy fandan tayyorlagan TAQDIMOTI . MAVZU:Geografiya fanida o’qitishning didaktik tamoyillarini o’rganish va tahlil qilish. Reja 1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. 2. Bilimlarni o`zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. 3. O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili. 4. O`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lash tamoyili. Hozirgi zamon pedagogikasida o`qituvchining faoliyati hamda o`quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltirildi. O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o`qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o`quv fanlarini o`qitish qat`iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o`rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o`quv jarayonining hamma bo`g`inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o`z aksini topadi. O`quv dasturida nazariy va Amaliy mashg`ulotlarning bir-biriga uzviy bog`lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o`quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko`plab ma`lumotlardan kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o`lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o`quv materiali tanlanadi. Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o`quvchilarining tabiat to`g`risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o`rtasidagi bog`lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob`ektlar bilan, keyin esa murakkabrog`i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o`qitishda muntazamlilik printsipi amalga oshiriladi. O`qitishning muntazamliligi, ya`ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan sistemaga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog`lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o`yinlar (bu boshlang`ich sinflardagi o`qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta`limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog`lanishini nazarda tutadi. Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi.
Mazkur bosqich uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
Ozon qatlamining yupqalanishi
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi
Qishloq va suv xo‘jaligi
Metallurgiya
Kimyo
Konchilik
Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |