Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining Fizika-matematika fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi


Download 16.11 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi16.11 Kb.
#1146505
Bog'liq
8-sinf tahlili Sevinch


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining
Fizika-matematika fakulteti Matematika va informatika yo’nalishi
102-guruh talabasi Turdaliyeva Sevinchxonning
Informatika va axborot texnologiyalari
fanidan 8-sinf kitobi
TAHLILI
8-sinf Informatika darsligi 2020-yilda qayta tahrirlandi va qo’shimcha yangi ma’lumotlar kiritildi. Darslik VI ta bobdan iborat.
Darslikning I bobi “SMM-Ijtimoiy media marketing” deb nomlanadi. Bu bobdan Ijtimoiy media marketing nima ekanligi haqida bilib olishimiz mumkin. Bobda SMM platformalari bilan tanishish, Facebook tarmog’I, Youtube sayti, Telegram tarmog’i va Instagram tarmog’i kabi mavzular yoritilgan.
Darsliking II bobi “SMM loyihalari bilan ishlash” deb nomlanadi. Bu bobda esa SMM ni internet tarmog’ida harakatlantirish, tadqiqot loyihalarini boshqarish, Youtube saytida kanal ochish, Facebook tarmog’ida kanal ochish va telegram tarmog’ida kanal ochish kabi malumotlarga ega bo’lish mumkin.
Darslikning III bobi “CMS-Kontent boshqaruv tizimlari” deb nomlangan. Bu bobda CMS (content management systems- kontentning boshqaruv tizimlari) haqida ma’lumot olish hamda CMS platformalari bilan ishlash, CMS da web-saytlarni yaratish, web-sayt dizayni bilan ishlashni o’rganish mumkin.
IV bobi LMS-Ta’limni boshqaruv tizimlari deb nomlanadi. Bu bobda LMS(Learning management systems-ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida, LMS platformalarining turlari va vazifalari, LMS asosida masofaviy ta’lim olish, Moodle platformasi va Google Classroom platformalari bilan ishlash to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish mumkin.
Darslikning V bobi “MOOC-Ommaviy ochiq online kurslar” deb nomlangan. Bu bobda MOOC(massive open online courses-ommaviy ochiq onlayn kurslar) haqida, MOOC ning turlari va vazifalari, MOOC asosida masofaviy ta’lim olishni o’rganish mumkin.
Darslikning VI bobi “Web-Freelance-internet orqali daromad olish” deb nomlangan. Ushbu bobda internet olamida mashhur hamda internet orqali daromad olish mumkin bo’lgan saytlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Darslikda har bobning oxirida amaliy mashg’ulotlar berilgan. Har bir mavzu so’ngida mavzuni mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar berib o’tilgan. Mavzu so’ngida uyga vazifalar berilgan, shu bilan bir qatorda foydali maslahatlar ham berib o’tilgan. Mavzularni yakunida takrorlash uchun savollar ham berilgan. Har bir bobning so’ngida nazorat ishi savollari ham berilgan.
Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling