Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika univesiteti


uyg‘onish davrida-Fransiyada tarbiyadan maqsad


Download 6.07 Mb.
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi6.07 Mb.
#1778724
1   2   3
Bog'liq
JAHON TARBIYAVIY KONSEPSIYALARI NAMUNALARINING QIYOSIY-PEDAGOGIK TAHLILI Qahramonova Madinabonu

uyg‘onish davrida-Fransiyada tarbiyadan maqsad
o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul kilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga etkazgan fransuzdir"
Quyida turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiyaviy konsepsiyalar va qarashlar, dasturlarning qisqacha tavsiflarini keltiramiz. Zero bunday qiyosiy pedagogik yondashuv milliy tarbiyaning izchilligini, tamoyillarini, mazmunini, usullarini, vositalarini belgilashning tarixiy pedagogik manbalarini ko‘rsatishga xizmat qiladi
Avesto:
Axloqiy uchlik tamoyili. Avestoning butun axloq-odobi Gumata (Gumata) YAxshi fikr), Gukta (Gukta) YAxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta) YAxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbajon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan.
Shariat:
Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. SHariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. SHariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan.
Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.
“Munosib inson”ni etishtirish Abu Nasr Forobiy
“Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni etishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi.
Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot YA.A.Komenskiy
Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.

Download 6.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling