“Ovrupo tarbiyasi”
Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi:
- tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi;
2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi;
3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi. Biroq, bunday islohotni amalga oshirishda yuzakiliklarga ham yo‘l qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |