Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversetiti milliy g’oya va huquq ta’limi yo’nalishi 101-guruh talabasi jamg’irova dilnozaning inson huquqlari tayorlagan taqdimoti


INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI


Download 1.16 Mb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1048141
1   2   3
Bog'liq
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSETITI MILLIY G’OYA

INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI
SHAXSIY HUQUQLAR
MEHNAT QILISH HUQUQI
SIYOSIY HUQUQLAR

SHAXSIY HUQUQLARI

  • Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida taʼkidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquklarni toʻldiradi. Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, gʻayriinsoniy, odam shaʼnini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquklari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning, turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saklash huquqi, oʻz shaʼni va obroʻsini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquki kabilar kiradi (3— 5, 8—12moddalar).

SIYOSIY HUQUQLAR

Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquklari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fiqolash, vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish h>’kuqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—21moddalar).


Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda takdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22—27moddalar) insonning asosiy ijtimoiyiqtisodiy huquqlari hisoblanadi.
Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadrqimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan babbaravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7moddalar).

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling