Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix
Download 211.96 Kb. Pdf ko'rish
|
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI FAKULTET: TARIX MUSTAQIL ISH Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi aloqalarning strategik ahamiyati Bajardi: 402 – guruh talabasi Eminova Zarifa Tekshirdi: E. Nabiyev Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi aloqalarning strategik ahamiyati Reja: 1. XXI asrni o'zining keng qamrovli shiddati bilan qarshi olgan globallashuvi 2. Yevropa Ittifoqi tashqi savdo munosabatlarining o'ziga xosligi 3. Yevropa eksporti mahsulotlarining asosiy qismini elektr jihozlari va mashinalari 4. O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o'ziga xos aloqalari 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati XXI asrni o'zining keng qamrovli shiddati bilan qarshi olgan globallashuv va uning “kichkina laboratoriyasi” sifatida e'tirof etilayotgan mintaqaviy integratsiyalashuv jarayonlari insoniyatni tobora yangi istiqbollar sari yetaklamoqda. Tabiiy hodisa deb qaralayotgan bu jarayon yer yuzidagi barcha katta- kichik davlatlarni o'z domiga tortib, dunyo xalqlarini yanada jipslashishga undamoqda. Jumladan, Yevropada muvaffaqiyat bilan davom etayotgan integratsiyaviy jarayonlar xalqlarning bir butun bo'lib yashashga bo'lgan ko'p asrlik orzu-umidlari amalga oshishi uchun zamin hozirlamoqda. Yahlit bozor yaratish yo'lidagi iqtisodiy hamjihatlik o'zining tor o'zanidan chiqib, yagona fuqarolik va umumiy tashqi siyosat tomon qadam tashladi. Frantsiya tashqi ishlar vaziri R. Shuman taklifi asosida 1951 yil 18 aprelda Frantsiya, Germaniya, Italiya, Bel`giya, Niderlandiya, Lyuksemburg (Benilyuks) o'rtasida “Evropa ko'mir va po'lat hamjamiyati”ni tashkil etish to'g'risida Parij shartnomasi imzolandi. Ayni shu davlatlar ishtirokida “Evropa iqtisodiy hamjamiyati” va “Evropa atom energiyasi hamjamiyati”ni ta'sis etishga oid shartnomalar 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi va 1958 yildan kuchga kirdi. Shu tariqa, iqtisodning asosiy sohalarida hamkorlik yo'lga qo'yildi. Umumiy bojxona ittifoqi doirasida tovarlar (mahsulotlar)ning erkin aylanishi uchun umumiy bozor joriy etildi. Hamjamiyatlar ichida ishchi kuchi, xizmat ko'rsatish va kapitalning erkin harakatlanishi uchun yagona makon yaratildi. 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasi va 2007 yilda qabul qilingan Lissabon shartnomasi Yevropa hamjamiyatlari o'rniga yagona “Evropa Ittifoqi” deb nom olgan tashkilotga asos soldi. Bugungi kunda 4,233,262 kv.km maydonga ega bo'lgan Yevropa Ittifoqida 46 tilda so'zlashuvchi 100 dan ortiq millat vakillari bo'lmish 450 millionlik aholi istiqomat qiladi. Jug'rofiy jihatdan a'zo davlatlarning 15 tasi – G'arbiy Yevropa, 10 tasi – Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridir. Ikkitasi esa (Mal`ta, Kipr) – O'rtaer dengizi havzasida joylashgan. Yevropa Ittifoqining jahon iqtisodiyotidagi o'rni alohida e'tirofga molik. Jahonda ishlab chiqariladigan umumiy ichki mahsulotning 28 foizi, ya'ni 15 trln. AQSH dollari Ittifoq hisobiga to'g'ri keladi. Bu jahon iqtisodiyotining oltidan bir ulushi demakdir. Dunyodagi eng katta daromadga ega deb e'tirof etilgan 500 ta yirik kompaniyaning 161 tasi Yevropa Ittifoqida joylashgan. Yevropa Ittifoqining jahon savdo aylanmasidagi eksport-import ulushi esa 20 foiz, ya'ni 3,645,933 mln. yevroga tengdir. Shundan import ulushi – 1,714,224 mln. yevro, eksport ulushi esa 1,931,709 mln.yevrodir. Global tovar eksportida (jami 13 636.6 mln. yevro) Ittifoqining ulushi 15,6 foizni tashkil etsa (jami 2 131.7 mln. yevro), global tovar importida (jami 13 958.4 mln. yevro) esa uning ulushi 13.9 foizga tengdir (yoki 1 935.3 mln. yevro). Global xizmatlar eksport-importida Ittifoq o'rtacha 22 foiz ulush bilan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Yevropa Ittifoqi tashqi savdo munosabatlarining o'ziga xosligi shundaki, uning tashqi savdo aylanmasi har yili taxminan 200 mlrd. yevro hajmidagi ijobiy sal`do bilan yakunlanadi. Dunyoning 209 ta mamlakati bilan hamkorlik qiluvchi Ittifoq savdo aylanmasida xalqaro standartdagi 6-raqamli uyg'unlashtirilgan tizimda ro'yxatga olingan (Harmonized System (HS6)) 4,555 turdagi mahsulot oldi-sottisi amalga oshiriladi. O'zida 27 ta davlatni birlashtirgan, aholisi jihatdan Xitoy va Hindistondan keyingi uchinchi, yer maydoni jihatdan esa, dunyodagi yettinchi o'ringa chiqib olgan Yevropa Ittifoqining O'zbekiston tashqi siyosatidagi o'rni salmoqlidir. Yevropa Ittifoqi tashkiloti va uning a'zo davlatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalar mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston tashqi siyosatining tub printsiplarini belgilab beruvchi hujjatlarda mazkur ustivorlik alohida qayd etib o'tilgan. Ikki tomonlama munosabatlarning O'zbekiston uchun ahamiyati quyidagilarda o'z aksini topadi: Download 211.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling