Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix


Download 211.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi211.96 Kb.
#1144890
1   2   3
Bog'liq
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI

Birinchidan, Yevropa Ittifoqining ilg'or davlatlari (Germaniya, Frantsiya
Italiya, Ispaniya, Niderlandiya va boshqalar) O'zbekiston uchun yuqori 
texnologiyalar manbaidir. Samolyotsozlik, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, 
farmatsevtika, qurilish va, umuman, ishlab chiqarishning barcha sohalariga eng 


zamonaviy g'arb texnologiyalarini jalb etish respublikamizda kichik va o'rta biznesni 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqi o'zining barcha a'zo davlatlari bilan bir 
butunlikda O'zbekistonning tayyor va xomashyo mahsulotlari uchun MDHdan 
keyingi eng katta iste'mol bozorini tashkil qiladi. Biroq iste'molchilarning xarid 
quvvatini inobatga olganda Yevropa bozori O'zbekiston tovarlari uchun har qanday 
bozordan ko'ra jozibaliroqdir. 
Uchinchidan, G'arbiy Yevropa savdo-sotiq sohasida mamlakatimizning asosiy 
hamkorlaridan bo'libgina qolmasdan, shu bilan birga, sarmoyalarning ham asosiy 
manbaidir. Ittifoqning xorijiy davlatlarga yo'naltirilgan sarmoya hajmi salkam 10 
trln. dollarni tashkil etadi. Buni inobatsha olgan holda Yevropa sarmoyalarini 
mamlakatimizga jalb etish masalasiga katta e'tibor qaratilib, ular uchun qulay 
investitsiyaviy iqlim yaratib kelinmoqda. 
To'rtinchidan, mintaqaviy va global xavfsizlikni saqlash hamda ta'minlash har 
ikki tomon uchun ham dolzarb vazifadir. Xalqaro terrorizm, narkobiznes, 
ekstremizm va boshqa ko'rinishdagi transmilliy tahdidlarga qarshi kurash va 
mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashdan har ikki tomon birdek manfaatdordir. 
Yevropalik mutaxassislar ta'biri bilan aytganda, “xavfsizlik nuqtai nazaridan 
Yevropaning chegarasi Afg'oniston sarhadlaridan boshlanadi”. 
O'zbekiston bilan keng jabhali hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish Yevropa 
Ittifoqi va uning a'zo davlatlari uchun ham ayni muddaodir. Xususan, Yevropa 
Ittifoqi Komissiyasi o'zining 1995 yilda qabul qilingan dastlabki hujjati bo'lmish 
“Markaziy Osiyoning yangi mustaqil davlatlari bilan aloqalar to'g'risida 
Kommunikatsiya”sida bu haqda alohida to'xtalib o'tadi. Kommunikatsiyada “Ittifoq 
Markaziy Osiyoda muhim manfaatlarga ega. Bu manfaatlar ham iqtisodiy, ham 
geosiyosiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mazkur mintaqani xizmatlar, turli jihozlar 
va sarmoya bilan ta'minlab turuvchi Yevropa Ittifoqi, ayni vaqtda, mintaqadan 
chiquvchi energetika zaxiralarining sezilarli imkoniyatlarga ega bo'lgan 
iste'molchisi ham ekanligidan kelib chiqib, bu hududda energetika sektorining 
rivojlanishidan alohida manfaatdorligi” qayd etiladi. Keyinchalik Yevropa Ittifoqi 


Kengashi tomonidan 2007 yilning 30 mayida qabul qilingan “Evropa Ittifoqi va 
Markaziy Osiyo: Yangi sherikchilik uchun strategiya” deb nomlangan hujjatda 
Yevropa Ittifoqining mintaqadagi strategik manfaatlari yanada yaqqol ifoda etilgan. 
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlari mana shunday o'zaro teng 
manfaatdorlik asosida qaror topdi. 1991 yil 31 dekabrda “O'n ikkilarning qo'shma 
deklaratsiyasi” bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularning o'sha paytdagi 12 ta a'zo 
davlati O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e'tirof etdi. 1992 yil 15 
aprelda O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevropa Hamjamiyatlari 
Komissiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 1994 yil 16 
noyabrda tomonlar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. O'zbekiston 
Respublikasining Yevropa Hamjamiyatlari qoshidagi Missiyasi 1995 yil 6 maydan 
e'tiboran Bryussel` shahrida o'z faoliyatini boshladi. O'z navbatida, 2002 yil 
oktyabrda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining mamlakatimizdagi faoliyatini amalga 
oshirish va boshqarishni qo'llab-quvvatlash maqsadida Yevropa hamjamiyatlarining 
O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi 
“Evropa Uyi” Toshkentda o'z faoliyatini boshladi va, keyinchalik, 2011 yil 31 may 
kuni Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi doimiy diplomatik vakolatxonasiga 
aylantirildi. 
Yevropa Ittifoqi hamda uning a'zo davlatlari bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida ko'p tomonlama diplomatik aloqalarning o'rnatilishi tomonlar orasidagi 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikning rivojlanishi 
uchun zamin yaratdi. Yevropa Ittifoqining yangi a'zo davlatlar hisobiga kengayishi 
ham o'zaro munosabatlar ko'lamiga va sifatiga kuchli ta'sir etib bordi. 
O'tgan yillar davomida o'zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asoslari ham 
shakllanib va mustahkamlanib bordi. Hozirgi kungacha 20 dan ortiq ikki va ko'p 
tomonlama shartnomalar amal qilib kelmoqda. 1996 yil 21 iyunda Florentsiyaning 
(Italiya) “Fortezza de Basso” qal'asida bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi a'zo 
davlatlarining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi navbatdagi oliy sammitida 
Yevropa hamjamiyatlari va ularning a'zo davlatlari bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida “O'zbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari 


hamda ularga a'zo davlatlar, ikkinchi tomondan, o'rtasida sherikchilik ta'sis etuvchi 
Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim” imzolandi. 
Bitim ikki tomonlama munosabatlarning juda keng ko'lamini qamrab olgan 
bo'lib, unda tomonlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, savdo munosabatlarini tartibga 
solish, ijtimoiy, moliya, ilm-fan, texnologiya va madaniy sohalarda hamkorlik qilish 
uchun mustahkam asos yaratish kabi maqsadlar o'z aksini topdi. Ayni paytda, u 
hamon ikki tomonlama aloqalarga asos bo'lib kelayotgan “Savdo va iqtisodiy 
hamkorlik to'g'risidagi” Yevropa hamjamiyatlari va Sovet Ittifoqi o'rtasida 1989 yil 
18 dekabrda tuzilgan bitimning o'rnini egallashi o'laroq, sobiq imperiyaning o'tmish 
sarqitlariga barham berishdek muhim siyosiy vazifani ham bajardi. Hozir kunda 
Sheriklik va hamkorlik bitimining “Kuchaytirilgan sheriklik va hamkorlik 
to'g'risidagi bitim” shaklidagi yangi matnini tayyorlash ishlari yakunlanmoqda. 
2001 yil 11 sentyabr` voqealaridan so'ng ikki tomonlama munosabatlar rivoji, 
ayniqsa, yangicha tus oldi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning strategik ahamiyati 
va mintaqadagi barqarorlikni ta'minlashda O'zbekistonning hal qiluvchi mavqeini 
tushunib yetdi. Shundan kelib chiqqan holda, Yevropa Ittifoqining Lyuksemburg 
Kengashi va Gent sammiti tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini 
kuchaytirishni zarur deb topdi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlari, ayniqsa, 
O'zbekiston bilan aloqalarga ustuvor mavqe berish, siyosiy, transport, energetika, 
savdo, investitsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi 
ta'kidlandi. 
Ikki tomonlama munosabatlarda iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalari eng ustuvor 
yo'nalish hisoblanadi. O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va uning a'zo davlatlari 
bilan savdo aloqalari katta salmoqni tashkil etadi. 
Ikki tomonlama savdo aloqalarining umumiy hajmi 1993 yilda 545 mln., 2006 
yilda 1.1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2010 yilda bu ko'rsatkich 1 mlrd. 
759 mln. AQSH dollariga yetdi. 2020 yil yakunlariga ko'ra, Yevropa Ittifoqining 
O'zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi 2,228 mln. yevroni tashkil etdi. Germaniya 
(874 million), Italiya (340 million) hamda Frantsiya (267 million) O'zbekistonning 
YeIdagi asosiy savdo hamkorlari sanalsa-da, tovar ayirboshlashda Kipr, Chexiya, 


Litva, Latviya, Sloveniya, Estoniya, Polsha kabi Yevropa Ittifoqi yangi a'zo 
davlatlarining ulushi ortib borayotganligi quvonarli holatdir. 
Yevropa eksporti mahsulotlarining asosiy qismini elektr jihozlari va 
mashinalar, qishloq xo'jaligi va plastik materiallar tashkil etsa, O'zbekiston 
eksportining katta ulushi to'qimachilik mahsulotlari va qimmatbaho metallardan 
iborat. 
Hozirgi paytda mamlakatimizda Yevropa Ittifoqi davlatlarining 1000 dan ortiq 
korxonasi, jumladan, 612 ta qo'shma korxona va 100 foiz Yevropa mablag'i asosida 
tashkil etilgan 209 korxona faoliyat yuritadi. Ittifoq mamlakatlari 275 ta 
kompaniyasining vakolatxonalari yurtimizda tegishli tartibda akkreditatsiyadan 
o'tgan. 
Qisqacha qilib aytganda, O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va savdo 
munosabatlari bir maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar 
ayirboshlash hajmi o'tgan 25 yil ichida salkam to'rt barobarga ko'paydi. Biroq ikki 
tomonlama savdo aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir. Afsuski, hozirgi kunda 
Yevropa Ittifoqi umumiy tashqi savdo aylanmasida O'zbekistonning ulushi bor-
yo'g'i 0.1 foizga tengdir, xolos. 
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi aloqalari mintaqalararo miqyosda ham 
rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Yevropa Ittifoqining BOMKA (Chegara 
hududlarida xavfsizlikni ta'minlash), KADAP (giyohvand moddalarga qarshi 
kurashish), TRASEKA (transport), INOGEYT (energetika), TEMPUS/Erasmus 
(ta'lim), INTAS (fan va tadqiqot) kabi mintaqaviy dasturlarda ishtirok etmoqda. 
Yevroittifoq 2003-2019 yillar davomida birgina BOMKA dasturi doirasida 
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 40,1 million yevro ajratdi. BOMKA (Border 
Management Programme in Central Asia) dasturi 2003 yilda amaliyotga joriy 
etilgan bo'lib, u Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida chegaralar boshqaruvi bo'yicha 
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 
O'zbekiston 2004 yilda Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan 
“Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo muloqot raundi a'zosidir. Bunday 


turdagi muloqotlar mintaqaviy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga 
egadir. 
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari o'ziga xos xususiyatga ega va 
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan bo'ladigan aloqalaridan tubdan farq qiladi. Yevropa 
Ittifoqining davlatsimon murakkab qurilmasi, a'zo davlatlarga nisbatan ustivor 
mavqei, tashkilot maqsad va vazifalarining oddiy fuqarolar manfaaatiga to'g'ridan-
to'g'ri bo'ysindirilganligi o'zaro aloqalarga alohida xususiyat baxsh etadi. O'tgan 
yillar davomida o'zaro munosabatlar murakkab sinovlar davrini bosib o'tdi. Eng 
ahamiyatli jihati shundaki, oxirgi yillarda Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston 
munosabatlarida jadal rivojlanish ko'zga tashlanmoqda. Teng manfaatli aloqalar 
yangi sifat bosqichga chiqdi. 
Mamlakatimizdagi barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanish, huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidagi birdamlik va zabt etilayotgan yangi marralar, 
global va mintaqaviy muammolarni hal etish yo'lidagi davlatimiz rahbarining aniq 
va dadil tashabbuslari, umuman, qo'lga kiritilayotgan barcha muvaffaqiyatlarimiz 
Yevropalik hamkorlarimizning bundan o'n yil avvalgi qarashlarini tubdan o'zgartirib 
yubordi. Har qaysi zamonda tashqi siyosat ichki siyosatning mantiqiy davomi 
sifatida ko'rilar ekan, yangilanayotgan O'zbekistondagi xalqchillik, ochiqlik, 
shaffoflik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillari mamlakatimiz tashqi siyosatida ham 
o'z aksini topayotganligi, ichki va tashqi siyosatning uyg'unligi buning uchun zamin 
yaratgan bo'lsa, ajabmas. E'tirof etish mumkinki, mamlakatimiz ichkarisidagi 
o'zgarishlarning xalqaro maydondagi evrilishlarga hamohangligi va to'liq 
uyg'unlashib borayotganligi Yevropalik hamkorlarimizda ishonch ruhini yanada 
kuchaytirdi. 
Ayniqsa, 2017 yilda O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi aloqalarida yangi bosqich 
boshlandi. Hozirgi paytda zamon va u bilan birgalikda xalqaro vaziyat, xalqaro 
hamjamiyat va xalqaro aloqalar tabiati shiddat bilan o'zgarmoqda ekan, o'zgarishlar 
davri da'vati mazkur bosqichning mantiqiy asosini tashkil etadi. Shu bois, 2017 yil 
noyabr` oyida azim Samarqand shahrida bo'lib o'tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix 
va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” 


mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizga birinchi marta 
tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha 
Oliy vakili F.Mogerini Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo munosabatlarining 
ustuvor yo'nalishlari xususida gapirar ekan, o'zgarishlar davri sherikchiligi g'oyasini 
ilgari surdi. Shu asnoda, aytish mumkinki, ikki tomonlama aloqalardagi turg'unlik 
kayfiyatini shiddatli o'zgarishlar davrining uyg'oq ruhi egalladi. 
O'tgan qisqa vaqt ichida diplomatik aloqalar “quyuqlashdi”. Tashqi siyosatning 
haddan tashqari siyosiylashgani va mafkuraviylashgani “sovuq urush” davrining 
asoratidir. Har narsadan hadiksirash, xavfsirash va yovqarash buning asosiy 
alomatlari edi. Biz bu davrni o'z boshimizdan kechirdik. Harakatsiz hech narsaga 
erishib bo'lmasligi, eng kichik imkoniyatlar maylida ham harakatdan to'xtamaslik 
lozimligi, buyuk natijalarga, ba'zan, mayda qadamlar bilan erishilishi, jarayonlar 
qutqusida faqat va faqat tezkor harakat qilish kerakligi yangi O'zbekistonning yangi 
davlat rahbarini shiori edi. O'z-o'ziga talabchanlik va ichki ma'suliyat hissi orqaligini 
voqealar izmini bo'ysindirish, undan oldinga o'tib olish va uni “etaklash” lozimligi 
Davlatimiz rahbari tomonidan qat'iy ilgari surildi hamda o'zining xatti-harakati va 
xulq-atvori bilan barcha darajadagi diplomatlarimiz uchun namuna bo'ldi. Bularning 
barchasi Yevropalik hamkorlarimizni aniq qadamlar tashlashga undadi. 
2017 yil 9 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati 
bo'yicha oliy vakili Federika Mogerini va Prezident Shavkat Mirziyoev o'rtasida 
o'zaro ishonchga asos yaratgan g'oyat yuqori darajadagi muloqot tashkil etildi. 2019 
yil 31 mayda esa Toshkentda O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev hamda 
Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donal`d Tusk uchrashuvi bo'lib o'tdi. 
Yevropa Ittifoqi rahbarining O'zbekistonga ilk tashrifi diplomatik aloqalarning 
25 yilligiga to'g'ri keldi. 2017 yildan Yevropa investitsiya banki (YEIB) hamda 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) O'zbekiston bilan hamkorlikni 
yangidan yo'lga qo'ydi. 2017 yil oktyabrda O'zbekiston YEIB bilan hamkorlik 
bo'yicha bitim imzolandi, 2017 yil noyabrda YETTB Toshkentda o'z 
vakolatxonasini ochdi. 


Global va mintaqaviy muammolarni hal etishda tomonlarning o'zaro anglashuv 
va tushunish asnosidagi qarashlari tobora yaqinlashib bormoqda. Fikrimiz isboti 
sifatida quyidagilarni keltirib o'tish mumkin. 
Yevropa Ittifoqi Orol fojiasi, Orolbo'yi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-
iqtisodiy va demografik muammolariga nisbatan hamda Orol dengizining 
hayotbaxsh manbalari – Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan oqilona foydalanish 
sohasida ilgari surayotgan O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining rasmiy 
munosabatiga o'z xayrihohligini bildirib kelmoqda. 
Global va mintaqaviy xavfsizlik tizimining eng zaif nuqtasi bo'lib qolayotgan 
Afg'onistonda tinchlik o'rnatish va barqaror taraqqiyotga yo'l ochish borasida ham 
manfaatlar uyg'unligi va o'zaro izchil hamkorlikni kuchaytirish istagi yaqqol 
namoyon bo'lmoqda. Eslatib o'tish joizki, Yevropa Ittifoqi Afg'onistonda tinchlik 
o'rnatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklash ishiga eng katta ulush qo'shayotgan 
homiy tashkilotdir. U 2010 yilda bo'lib o'tgan Afg'on muammosiga bag'ishlangan 
Qobul va London xalqaro konferentsiyalarining tashkilotchisi sifatida maydonga 
chiqdi. 2002 yildan beri Ittifoqning Afg'onistonga ajratgan insonparvarlik va 
iqtisodiy yordami qariyb 4 mlrd. yevroni tashkil etadi. Afg'onistonning Markaziy 
Osiyo respublikalari bilan chegaralarini mustahkamlash orqali Yevropa Ittifoqi 
mintaqamiz xavfsizligini ta'minlashga hissa qo'shib kelmoqda. O'z navbatida, 
O'zbekiston Afg'onistonda tezroq tinchlik va barqarorlik o'rnatish istagini 
bildiribgina qolmay, ushbu mamlakatga xalqaro insonparvarlik yordamini yetkazib 
berish va milliy iqtisodni tiklash ishlariga faol ishtirok etib kelmoqda. 
2018 yil 27 martda Toshkentda o'tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik 
sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg'oniston bo'yicha yuqori 
darajadagi uchrashuvlar tomonlarning qarashlarini yanada yaqinlashtirdi. Unda nutq 
so'zlagan YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Federika 
Mogerini Afg'onistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid rasmiy Toshkent 
tashabbusini qo'llab-quvvatlashi, bu masala Bryusselning ham doimiy e'tiborida 
ekanini qayd etdi. Shu bois, Yevropa Ittifoqining nufuzli siyosiy arbobi Afg'oniston 
iqtisodi va infratuzilmalarini tiklash borasida O'zbekiston ilgari surayotgan aniq 


taklif va loyihalar hamda amaliy sayi-harakatlar uchun mamlakatimiz prezidentiga 
o'z minnatdorchiligini bildirdi. 
Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun tomonlar muhim strategik 
hujjatlar qabul qilmoqda. 2019 yil 19 iyunda Ittifoq Markaziy Osiyo bo'yicha 
o'zining yangi strategiyasini qabul qildi. “Evropa ittifoqi va Markaziy Osiyo: 
mustahkam hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” deb nomlangan hujjat 
Byursselning mintaqa davlatlari bilan munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishga 
xizmat qiladi. Bryussel` rasmiylariga ko'ra, yangi geosiyosiy voqelik hamda 
hamkorlik aloqalarini mustahkamlash zarurati ushbu hujjatni ishlab chiqishga 
undagan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining O'zbekiston uchun 2021-2027 yillarga 
mo'ljallangan dasturi ishlab chiqilmoqda. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrida qabul qilingan Bayonnomasi bilan 
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasida hamkorlikni 
yanada rivojlantirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni amalga oshirish Rejasi amalga tizimli 
tatbiq etib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil iyunda “Evropa 
Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha yangilangan Strategiyasini amalga oshirishda 
O'zbekistonning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi” 
ishlab chiqilgan. 
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonni jahon hamjamiyatiga, ayniqsa, xalqaro iqtisodiy 
tuzilmalarga a'zo bo'lib kirish orqali jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga 
alohida ko'mak ko'rsatib kelmoqda. 2019 yil 11 noyabrdayoq Yevropa Ittifoqi 
O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo'shilishi uchun 5 million yevro grant 
ajratdi. Ushbu mablag' tashkilotga a'zo bo'lish jarayonida zarur hujjatlarni 
tayyorlash, o'zbekistonlik mutaxassislarning JST kelishuvlari va xalqaro savdo 
tizimiga oid bilimlarini oshirishda ishlatiladi. 
2021 yil 9 aprel` kuni yana bir muhim voqea sodir bo'ldi. O'zbekiston Yevropa 
Ittifoqining Preferentsiyalar bosh tizimi doirasida qo'shimcha imtiyozlardan 
foydalanish huquqini qo'lga kiritdi. Bu esa O'zbekistonda ishlab chiqarilgan 6200 
turdagi mahsulotlarni bojxona bojlarisiz Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish 
imkonini beradi. O'zbekistonga nisbatan GSP+ preferentsiyalar tizimining, ayniqsa, 


mamlakatimiz COVID-19 inqirozi bilan kurashayotgan pallada taqdim etilishi, 
albatta, tahsinga sazovordir. 
Fan va ta'lim sohasi O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining eng 
istiqbolli yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Mamlakatimizdagi ta'lim va tadqiqotchilik 
muassasalari Yevropa Ittifoqining “Erasmuz”, “Gorizont” kabi xalqaro grant 
dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Har yili yuzlab o'zbekistonlik 
talabalar Yevropa universitetlarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. 
Ayniqsa, Erasmuz Jan Mone grant loyihalari yo'nalishida Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiya universiteti Markaziy Osiyo mintaqasida eng peshqadam oliygoh 
hisoblanadi. 2020 yilgi tanlovlar natijasida universitet jamoasi tomonidan qo'lga 
kiritilgan grant doirasida mintaqamizda yagona Toshkent Yevropa tadqiqotlari 
markazi tashkil etildi. Markaz direktori G.Ismailovaning so'zlariga ko'ra, “Bugungi 
kunda “kelajak”, “ta'lim” va “yoshlar” ayni bir mazmunni ifodalovchi bir ma'noli 
so'zlarga aylangan ekan, fan va ta'lim sohasidagi hamkorlik ustivor yo'nalish bo'lib 
qolaveradi”. 

Download 211.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling