Maxalla, maktab xdmkorligi konsepsiyasi
Download 109.5 Kb.
|
Ук тарбия Оила мах хамкор концепция
Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor berilmasa, kelajak boy beriladi..." I. A. Karimov "O`QUVCHILARNI TARBIYALASHDA OILA, MAXALLA, MAKTAB XDMKORLIGI" KONSEPSIYASI Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y-harakatlari-ni birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqil-gan "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma’naviy bar-kamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchi-lik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to`g`risidagi qator xme’yoriy hujjat-lar, jumladan O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy das-turi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyat-li ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tay-yorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqozo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham dav-lat bosh islohotchidir. Prezidentimiz ta’kidlagani-dek, birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, ja-miyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazi-falarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtira-digan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlay-digan yagona g`oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjami-yatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ru-hida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va admonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalash-ning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’-sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhit-ni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ong-li, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan, kuchli fuqa-rolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umu-minsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalari, uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yo`nalishi orqali yoshlarda o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, mil-liyodob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo`nalishda huquqny, iqtisodiy, jis-moniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Pu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilini-shi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytiradi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilin-gan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog`lomlash-tirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi Qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bola-ning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish-lari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo`yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy das!uri"ning 3.2 bandi-da esa ta’lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazi-falar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini ri-vojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, maktab, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’na-viy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekan-ligini bildiradi. YOsh avlodni ma’naviy-axloqiy tar-biyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qad-riyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy eti-lishi, shaxsni tarbg`yalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishla-rini takomillashtirish "Oila, mahalla, maktab ham-korligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda ro`y berayotgan o`zgaryshlar "Oila, ma-halla, maktab hamkorligi" yo`nalishidagi bola tarbiya-skda oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazi-falarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni ta-qozo qiladi. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling