Maxalla, maktab xdmkorligi konsepsiyasi


O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizmi


Download 109.5 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi109.5 Kb.
#230986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ук тарбия Оила мах хамкор концепция

O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizmi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 4-bo`lim 6-bakdida "Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning va-

killarini o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi" deb belgilab be-rilgan.

O`zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o`z tarkibiga mahallalar faollari, obro`li ota-onalar-dan, o`quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodim-laridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilot-larning xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi ja-moatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o`z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chi-qib, o`z tarkibida turli yo`nalishlarda faoliyat ko`rsa-tadigan kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mum-kin. Jamoatchilik kengashi ma’lum bir muddatga mo`ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yi-g`inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qayd etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, bi-ron bir mavzuta yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, mahalla ahlini birlash-tiruvchi, ularni sog`lom turmush tarziga yetaklovchi ko`rik-tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuv-lar va turli sanalarga bag`ishlangan anjuman va tanta-nalardan iborat bo`lishi mumkin.

Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o`z faoliya-ti to`g`risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug`ilganda o`quv-tarbiya muas-sasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylash-gan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to`g`risida hisobot-larini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam beri-shi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta’-sir ko`rsatadi.

Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o`z farzandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisba-tan davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma’muriy cho-ralarni qo`llashi mumkin.

Kengash tashabbusi bilan biron-bir dolzarb mavzu-da favqulodda mahalla yig`inlari, o`quv-tarbiya muas-sasalarinyng pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o`tkazilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o`zbek milliy tarbiya an’analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o`tkazish, bolalar va kattalarning bo`sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o`yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o`smirlar klublari, maktabgacha va maktab-dan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi.

Kengash o`tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbir-larni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Kengash yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila ham-korligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarni mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalari, tashki-lot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatli-gini ta’minlaydi. Ushbu kengashlar maktab, tuman, sha-har va viloyat miqyosida tashkil qilinishi va kengash a’zolarining barcha davlat va nodavlat tashkilotlari-ga, jamg`armalarga, jamoatchilik markazlariga va turli tashkilotlarga o`z vakolatlari doirasida murojaat qilishlariga imkoniyat yaratilishi kengash vazifala-rini tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.




Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling