Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
Tadqiqotning ilmiy bazasi
Download 265.21 Kb.
|
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
Tadqiqotning ilmiy bazasi sifatida Olmaliq shahri XTB qarashli №38 bolalar bog`chasi hamda №2 o`rta ta`lim maktabi belgilandi. Tadqiqotta ushbu muassasalarning mutaxassis-xodimlari, o`qituvchi-pedagoglari, pedagogik jamoalari hamda bolalar va o`quvchilarqatnashdilar.
Ilmiy tadqiqotning metodologik asoslari quyidagilardan iborat: didaktika (ta`lim nazariyasi), uning asosiy tamoyillari va kategoriyalari; bilish nazariyasi, psixologiyaning asosiy tamoyillari va kategoriyalari: jumladan, determenizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, nazariya va amaliyotning bog`liqligi tamoyili, ta`lim-tarbiyadagi shaxsiy yo`naltirilganlik tamoyili, ta`lim-tarbiya haqidagi gumanistik psixologiyaning qonuniyatlari, L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy kontseptsiyasi, A.N.Leont`ev, V.A.Petrovskiy va boshqalarning shaxs nazariyalari, shuningdek, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya xususiyatlari muammosini tadqiq qilishgan yetakchi rus va o`zbek olimlarining g`oyalari. Shuningdek, biz kurs ishi mizda yosh avlodni tarbiyalashda Sharq mutaffakirlarining falsafiy va pedagogik qarashlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har tamonlama barkamol, komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlariga suyangan holda ish olib bordik. Ish jarayonida yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bir qator ilmiy-tadqiqot metodlari qo`llanildi: Ilmiy-psixologik adabiyotlarni, maxsus monografiyalarni, ommaviy axborot vositalari materiallarini hamda Internet sayt ma`lumotlarini o`rganish va taxlil qilishmetodi; bolalar bog`chasi tarbiyachi-metodistlari va boshlang`ich maktab o`qituvchilarining pedagogik tajriybalarini o`rganish va umumlashtirish metodi; bolalar bog`chasi va boshlang`ich maktabtagi ta`lim-tarbiya jarayonni va bolalarni ko`zatishmetodi; bog`cha bolalari, maktab o`quvchilari hamda pedagogik jamoa bilan suhbat va interv`yumetodi; tajriyba (eksperiment) metodi; test va faoliyat mahsulini tahlil qilishmetodlari. Download 265.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling