26-mavzu. Mahmud Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari. Ishning maqsadi
Download 15.12 Kb.
|
26 M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar: Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy (Mahmud al-Koshgʻariy , Mahmud Koshgʻariy , Koshgʻariy
- 26-mustaqil ish topshirig‘i
- Baholash mezoni
- Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar
26-mavzu. Mahmud Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari. Ishning maqsadi: Mahmud Qoshg’ariyning pedagogik qarashlariga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish Hisobot shakli: hisobot tayyorlash Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 2 soat Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar: Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy (Mahmud al-Koshgʻariy, Mahmud Koshgʻariy, Koshgʻariy, yaʼni koshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki 1126-yilda Koshgʻar yaqinida – Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog. Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.[1] Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan.[1] Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. 26-mustaqil ish topshirig‘i : Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asarining tarbiyaviy ahamiyat haqida bayon eting “Devoni lug’otit turk” Baholash mezoni: 5- (a’lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 4- (yaxshi) baho:mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytibberish; tasavvurgaegabo’lish. 3 - («qoniqarlii) baho: mohiyatini tushunish; bilish, aytibberish; tasavvurga ega bo’lish. 2 - (qoniqarsiz) baho: dasturni uzlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar 1. Mutаlipovа M.J. Хаlq pedаgogikаsi (o‘quv qo‘llanma). – T., 2011 y. 2. Hoshimov K., Nishonova S. Pеdagogika tarixi (darslik). - T., 2005 y. 287-297-b. 3. Mutаlipovа M.J. Хаlq pedаgogikаsi (o‘quv qo‘llanma). – T., 2015 y. Download 15.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling