Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika
Download 438.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Amirqulov Samandar Fuqarolik Jamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amirqulov Samandar Tekshirdi : Eshquvatov Bobur
- 3) Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshrish 1
- 3. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshrish
- “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”
- “Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolati”
- “shaxs – oila ‒ mahalla ‒ taʼlim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA`LIM FAKULTETI
BAJARDI: JISMONIY MADANIYAT TA`LIM YO’NALISHI 301 – GURUH TALABASI Amirqulov Samandar Tekshirdi : Eshquvatov Bobur TOSHKENT 2020
Reja: 1) Qonun va qonun ustuvorligi. 2) Yoshlarining ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirish 3) Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshrish 1 . Qonun va qonun ustuvorligi. Qonun va qonun ustuvorligi Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi, shu tufayli qozirgi sharoitda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga bo‘lgan talab tobora ortmoqda. Huquqiy ong, bilim va madaniyatga ega bo‘lish jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi, kеlib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqеidan qat'iy nazar, qar bir O‘zbеkiston fuqarosi uchun qoyat katta aqamiyatga ega. «qar bir fuqaro, qar bir inson o‘z qaq-huquqini yaxshi bilishi va uni qimoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart.Toki, jamiyatning qar qaysi a'zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas'uliyatini puxta bilmas ekan, uni qayotiy eqtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning isloqot, yangilanish qaqidagi barcha so‘zlarimiz, sa'yqarakatlarimiz bеsamar kеtavеradi». Binobarin, huquqiy ong ijtimoiy ong shakli sifatida namoyon bo‘ladi.Zеro, avvalambor, «Odamning ijtimoiy qayotni tushunishi, sеzishi, unga munosabati uning onggida yuz bеradi.Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kеlib chiqqandir. Voqеlikning kishi miyasida uning butun ruqiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va albatta, ma'lum maqsadga yo‘nalgan qolda aks etishi ongning zuquridir. Ong, shuningdеk, kishining ruqiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining qam majmui qisoblanadi.Ijtimoiy ong dеganda ana shular nazarda tutiladi». Yagona ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida maydonga chiqarkan, huquqiy ong nisbatan mustaqil bo‘lib, ijtimoiy qayotning barcha xilma-xil huquqiy qodisalarini, ya'ni huquqiy tizim, huquqiy tartibga solish, huquq-tartibot vaqokazolarni aks ettiradi. Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining qam amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari majburiyatlariga, qam orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy qodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sеzgilar, qoyalar, baqolar, tasavvurlar tizimi sifatida ta'riflash mumkin. Shuni aloqida qayd etish joizki, huquqiy ongsiz huquqiy ijodkorlikni qam, huquqning o‘zini qam tasavvur etib bo‘lmaydi.Albatta, bu fikrdan huquqiy ong huquqni yaratadi dеgan ma'no kеlib chiqmaydi.huquqhuquqiy ong tomonidan emas, balki qayotdagi muayyan iqtisodiy shart-sharoitlar nеgizida yaratiladi. huquqiy ong esa bu jarayonda faqat vositachi, yangi qoyalar asosi vazifasini bajaradi. Huquqiy ong — bu jamiyatda kishilarning huquq to‘qrisidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy qayotida kishilar o‘rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muqim rol o‘ynaydi. huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong, ya'ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarni bajarishligi katta aqamiyatga egadir. huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongni boshqa ong shakllaridan falsafa, siyosat, din, axloqan farqqiladi. Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib qisoblanadi, chunki huquqiy ong kеng tushuncha bo‘lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo‘llash, huquq to‘qrisida bilimlarning, ya'ni huquqiy madaniyat vahuquqiy tarbiya to‘qrisidagi murakkab ijtimoiy vaziflarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong vahuquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. — jamiyatdahuquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarni qabul qilishda turli qoyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muqim rol o‘ynaydi. — jamiyatdahuquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muqofaza qiluvchi organlar, prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni to‘qri qayotda qo‘llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muqim axamiyatga ega. — jamiyatdahuquqiy ong amaldagi davlatning qarakatda bo‘lgan huquqiy normalarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muqim rol o‘ynaydi. — jamiyatdahuquqiy ong boshqa ijtimoiy shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va qo‘llaniladigan jazo choralari bilan farqqiladi. huquqiy ong davlatning huquqiy normalarini qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo‘llashda ular bilan kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda katta aqamiyatga ega. Chunki davlat miqyosida qar qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqiladi. Shuning uchun xukuqshunoslar qanchalik siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq normalari shunchalik mustaqkam bo‘ladi. Qonunga nisbatan qurmatni tarbiyalash, qabul qilinayotgan qonunlar sifatini ta'minlash, qonuniylik vahuquq-tartibotni mustaqkamlash, sudning qokimiyat va mansabdor shaxslardan amalda mustaqilligiga erishish yo‘li bilan jamiyatda huquqiy nigilizmga barqam bеrish lozim. Zotan, ijtimoiy barqarorlik, shu bilan birga, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, inson huquqlarining moddiy kafolatlarini kеngaytirish, millatlararo totuvlik, diniy baqrikеnglik kabi jiqatlar fuqarolarimizning soqlom ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muqim aqamiyat kasb etadi. Ayni paytda, bu jiqatlar huquqiy ongni shakllantirish asoslari qisoblanadi. Hozirgi zamon huquqiy ongi inqirozi ko‘p jiqatdan huquqiy madaniyat saviyasi bilan bеlgilanadi. Ma'naviy-axloqiy vahuquqiy qadriyatlar tizimi sifatida huquqiy madaniyat huquqiy qolat rivojining erishilgan darajasida, normativ huquqiy qujjatlarda, huquqiy ongda o‘z ifodasini topadi. Har bir fuqaro shaxsiga nisbatan olganda, huquqiy madaniyat – bu huquqni bilish va tushunish, uning ko‘rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir. Profеssional huquqiy madaniyat – bu qonunlar va qonun kuchidagi qujjatlarni, shuningdеk, huquq manbalarini chuqur, kеng ko‘lamli va rasmiylashtirilgan darajada bilish, huquq printsiplari va huquqiy tartibga solish vazifalarini to‘qri tushunish, huquqiy ko‘rsatmalar, qonuniylik tamoyillariga qat'iy va aniq rioya etgan qolda huquqqa va uni qo‘llash amaliyotiga profеssional munosabatda bo‘lish, ya'ni huquqni yuksak darajada egallashdir. Milliy huquqiy madaniyat – yuridik ta'riflarning bеtakror uyqunligi, ma'nosi, shaklini yaratuvchi boshlanqich asosdir.Zеro, huquq ijodkorligi, eng avvalo, qar bir muallifning ichki dunyosi bilan bеvosita boqliq individual jarayondir.huquq – huquqiy qadriyatlar yaratuvchisi bo‘lgan qalq ma'naviy ijodining maqsuli. Chunki aynan shu qayot tarzi, shu sivilizatsiyaning kundalik amaliyoti xulq-atvorni tartibga solish, xilma-xil qayot ziddiyatlarini qal etishning tеgishli normalarini dunyoga kеltiradi.huquqiyqadriyatlarni yaratish bo‘yicha huquq ijodkorligining individualligi va noyobligi aynan shundaki, huquqiy-madaniy jarayonlar muayyan davlatchilik, milliy huquq-tartibot, aniq tarixiy davr va o‘ziga xos huquqiy ong qamda shu qalq mеntalitеti doirasida kеchadi. Shunday qilib, bizningcha, huquqiy madaniyat dеganda, huquqiy bilim andazalari va uning tabiatini, huquqiy tizim baqosini, shuningdеk, huquqiy xattiqarakatlar soqasini tartibga soluvchi ijtimoiy qadriyatlar, normalar, an'ana va andazalar mazmun-moqiyatini tushunish kеrak. Bugungi kunda biz tanlab olgan yangi jamiyat qurish yo‘lida talaba yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksak darajada shakllantirish qamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta'minlash muammolari aloqida aqamiyat kasb etmoqda. ―huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda huquqiy madaniyatni oshirish muqim ish qisoblanadi.Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan bеlgilanadi. Ushbu muqim ishda odamlarda qonunlarga va normativ-huquqiy qujjatlarga nisbatan chuqur qurmat qissini tarbiyalash aloqida aqamiyatga egadir. Zеro, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ruyobga chiqadi‖. Huquqiy madaniyat – bu jamiyat a'zolari bo‘lmish fuqarolarning huquqiy bilish darajasi, huquqga nisbatan qurmati va jamiyatda huquqning yuksak qadriyat sifatida e'zozlanishidir... Huquqiy madaniyat – bu jamiyat qayotiga huquqni sifatli tatbiq etishdir. U kundalik turmush muammo va masalalarini qal etishda huquqiy imkoniyatlardan foydalanishda, qalq eqtiyojlarini qondirishda o‘ziga xos bir baromеtdir. Shuning uchun bеlgilash qiyin emaski, huquqiy madaniyat darajasi qonunchilik mazmunining odamlar eqtiyoji vaqiziqishlariga qanchalik yaqinligiga, huquq va burchlar bayon etilgan qonunchilik shaxslarning nеchoqlik kеng doirasiga daxldorligiga boqliq. O‘zbеkistonda aqolining huquqiy madaniyatni oshirish masalasi Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlab o‘tganlaridеk, ―davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozim, zеro mustaqillik so‘zining zamirida qam katta, uluqhuquqqa ega bo‘lish dеgan tushuncha yotadi‖. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi aqoli barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikni oshirish, yuqori darajadagi huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy bilimlarni kundalik qayotda tatbiq eta bilish ko‘nikmalarini tarbiyalash uchun huquqiy madaniyatni rivojlantirishning kеng, doimo qarakatdagi tizimini yaratishni vazifa qilib bеlgiladi. Xulosa qilib aytganda, aholining huquqiy ongini shakllantirish tizimi uchun muqim qarorlardan biri bo‘lib, Prеzidеnt I.A.Karimovning ―O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘qrisida‖gi farmoyishi hisoblanadi. Mazkur farmoyishni bajarish yuzasidan mamlakatimizning asosiy qonunini o‘rganish bo‘yicha izchil tizim tashkil etildi va tеgishli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, risolalar chop etilishi zarur.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bu yo‘nalishda yurtimizdagi ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq. Chunki, kuchli fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishlari zarur. Zero, inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda har bir davlat inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta’minlash borasidagi xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlarga og‘ishmay amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakllanganiga bog‘liq. Fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur”da belgilab berilgan. “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmon, 1997- yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” hamda 1998-yil 29- maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori bu sohadagi islohotlar rivojida muhim dasturilamal bo‘lgan bo‘lsa, endilikda, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” yangi Qonunlari, O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori aynan yangicha talab va ma’suliyatni oshiruvchi asos bo‘ldi.
Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash samarali bo‘lishi har bir fuqaro, hatto, bo‘lg‘usi kadrlar hisoblanmish – talabalarimizning sa’y-harakatlariga ham bog‘liqdir. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi yangi qonunlarni,huquqiy hujjatlarni o‘qib,o‘rganib borishi zarur.Jumladan, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar masalasiga o‘tayotgan yil davomida alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim va dolzarb ishlar amalga oshirildi. “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq”, degandi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida. Darhaqiqat, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi, yurtimiz ertasi ularning bugun qanday inson bo‘lib ulg‘ayayotgani bilan chambarchas bog‘liqligi yosh avlod vakillariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. 2017- yil 28-iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etilgani va ushbu sana yoshlarni ma’naviy yuksalish kuni sifatida belgilangani, yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasida navqiron avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganilganda, aholining qonunlarimizga, huquqiy masalalarga bo‘lgan qiziqishi ortganining guvohi bo‘ldik. Zero, huquqiy madaniyat va ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlarining tarkibiy qismidir. U umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, negizi, asosidir. Huquqiy madaniyat deganda, har bir davlatning qonun asoslari, huquq me’yorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarini bilishi va o‘z faoliyatida ularga rioya etishi — huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti haqida fuqarolik jamiyatida kishilarning yetuk ma’naviyati, ularning huquqiy burch va mas’uliyatlari tushuniladi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.
Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam
huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim- tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan taʼminlashdagi rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb- texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish;
yuridik taʼlimni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.
2. “Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs – oila ‒ mahalla ‒ taʼlim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.
4. Quyidagilar: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda ‒ Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda ‒ “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin: ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining: Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qoʻshimcha huquqiy maʼlumotlar (yuridik lugʻat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi boʻyicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;
aholiga bepul maslahat berish portalini oʻz ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;
umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlari koʻlamini yanada kengaytirish;
aholining kundalik hayotida koʻp uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qoʻllanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borayotgan faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga
qoʻyish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzusidagi mashgʻulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda koʻrgazmali tarzda tizimli joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etsin, shuningdek, oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilsin;
yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarliklar, qoidabuzarliklar, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2019 yil 1 iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;
2020 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini toʻliq yakunlasin;
uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ- huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilab, aniq dasturlar asosida ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirsin, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholi turli qatlamlarining fikrlarini oʻrganib, tahlil qilib borsin;
ikki oy muddatda yoshidan kelib chiqib huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi boʻyicha aholining huquqiy savodxonligi darajasiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini joriy etsin;
bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqsin;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazib borsin;
zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni samarali amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilishga va natijasi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashga keng jalb qilsin;
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin;
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi va monitoringi, shuningdek, ularning ijrosi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda axborot berib borsin;
ikki oy muddatda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrsin. 14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borsin.
15. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targʻib qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin.
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Farmondan kelib chiqadigan huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan mablagʻlarni oʻzlarining xarajatlar smetasida nazarda tutib borsin.
17. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini oshirish, bu borada ularning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishi boʻyicha keng tushuntirish ishlarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlasin.
Download 438.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling