Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedogogika unversiteti boshlang`ich ta’lim fakulteti sirtqi jismoniy madaniyat yo`nalishi


Download 1.03 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1030152
Bog'liq
abduqodirov

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDOGOGIKA UNVERSITETI BOSHLANG`ICH TA’LIM FAKULTETI SIRTQI JISMONIY MADANIYAT YO`NALISHI


Sport bayramlari fanidan tayyorlagan taqdimoti
203-gruh talabasi Abduqodirov K.I

1-MAVZU: TANLAB OLINGAN SPORT TURIDAN CHUQURLASHTIRILGAN MASHQ QILISH BOSHQICHLAR

  • Futbol bu chinakam atlеtik o’yin. U tеzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam bеradi. Futbolchi o’yin paytida xaddan tashqari ko’p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma'naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam bеradi. Futbol o’ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rishda yaxshi vosita bo’lib xizmat qila oladi. Yonalishni o’zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, to’pni tеpish, to’xtatib olish va olib yurish, maksimal tеzlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bo’lgan ko’pgina muxim xislatlarni o’stiradigan sport o’yini dеb xisoblash imkoniyatini bеradi.

JARAYONDAN LAVHALAR

2-MAVZU: Umumxalq jismoniy tarbiya va sportning ravnaqi

  • O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish xususiyatlari. Sovetlar davrida jismoniy tarbiya va sport tizimi. Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash. Mehnat va o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport. Sport inshootlarini qurish. Respublika va Butunittifoq spartakiadalari. O’zbekiston sportchilarining xalqaro ushrashuvlari.Yangi sovetlar Ittifoqi davlati tuzilgandan so’ng davlatni mustahkamlash maqsadida harbiy-jismoniy tayyorgarlik ishlari kuchaytirildi. Bunda eski mutaxassislardan foydalanish va yangi kadrlar tayyorlash ishlari tez amalga oshirildi. Buning yana bir sababi shundaki, 1918-yil fuqarolar urushi boshlandi. Shu sababdan, 1918-yilning aprelidan boshlab harbiy majburiy ta'lim (Vsevobuch) e'lon qilindi. Unda faqat harbiy tayyorgarlikkina emas, balki jismonan sog'lom aholini majburiy ravishda o'qitish amalga oshirildi.

JARAYONDAN LAVHALAR

3-MAVZU: Kun tartibida o`tkaziladigan sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish


Ertalabki gimnastika. Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli bolalar bog‘chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o‘tkazib turilishi bolalar asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg‘otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko‘nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning a hamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so‘ng asab tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o‘tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy xislar uyg‘otadi. Uyqudan so‘ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb yetadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko‘rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi asab tizimi ish qobiliyatini va organizmining hayot faoliyatini tiklaydi.

JARAYONDAN LAVHA

4-MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR BILAN MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O`TKAZISH METODIKASI

Musobaqalar o`quv trеnirovka ishining davomi hisoblanadi. Ular sportchi bilan murabbiyni sеrmashaqqat ishiga yakun yasaydi. Musobaqalar qatnashchilarini har xil tayyorgarligi darajasini aniqlashga yordam bеradi, tеxnik va taktik takomillashishni rag`batlantiradi. Musobaqalarda qatnashish jarayonida o`yinchilarda intizomlik, hamjihatlik, o`zining manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo`ysundirish va o`zining ustidan boshqara bilishni, g`alaba qozonishda tirishqoqlik va kuchli irodani, jamoa oldidaga ma`suliyat hislarini tarbiyalaydi.

JARAYONDAN LAVHALAR

5-MAVZU: BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

  • Munosabat kategoriyasiga shaxs ijtimoiy-psixologik faolligiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida qarash mumkin.
  • O‘quv faoliyatiga munosabat motivatsiyasining shakllanishi eng avvalo, o‘quvchi shaxsi ustanovkalariga, refleksiya va identifikatsiya jarayonlariga, ta’lim ob’ektlarining samaradorligiga, o‘quv faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi motivlarning saviyasiga bog‘liq bo‘ladi.
  • Ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir etuvchi munosabat zamirida o‘quv faolligini amalga oshiruvchi o‘quv komponentlari va shaxs umumiy yo‘nalganligi doirasidagi o‘z-o‘ziga, o‘zaro muloqotga va faoliyat natijalariga bo‘lgan xayrixohlikni keltirib chiqaruvchi motivlar yotadi.
  • Munosabat tizimining ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida talqin qilinishi nazariy jihatdan munosabat tushunchasiga kengroq ilmiy yondashuvlar tahlilini taqdim qilish imkoniyatini yaratsa, amaliy jihatdan esa shaxs faolligi va faoliyat samaradorligini ta’minlashga bo‘lgan “ichki” – “tashqi” omillar ishtirokiga baho berish va shu asosda shaxsga individual yondoshuv bilan bog‘liq tarbiyaviy usullarni qo‘llash imkonini beradi.

JARAYONDAN LAVHALAR


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling