Nizomiy nomidagi toshkent davlat psixologiya universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Xorij psixolog olimlari izlanishlarida intellektning tadqiq etilishi


Download 79.65 Kb.
bet3/8
Sana07.03.2023
Hajmi79.65 Kb.
#1244119
1   2   3   4   5   6   7   8

Xorij psixolog olimlari izlanishlarida intellektning tadqiq etilishi

Intellekt ko‘pligi nazariyasining qisqacha bayoni. Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug‘ilgan) ishlab chiqqan. Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:


Verbal-lingvistik intellekt-so‘z xotirasi, so‘z boyligi yaxshi, o‘qishni yaxshi ko‘radi,so‘z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.

  1. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar,boshqotirmalarni echishni, shaxmat o‘ynashni yaxshi ko‘radi, tengqurlariga nisbatanко proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog liqliklarini tushunadi. Bularmatematik, fizik va boshqalar.

  2. Vizual-fazoviy intellekt-ko‘rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarnitekstga nisbatan oson o‘qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellarkonstrukstiyalashni yaxshi ko‘radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi,shaxmatchilar.

  3. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari,mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo‘l tekkizish, buyumlarniqismlarga ajratish va yig‘ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko‘radi.Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mini, artist, sportchilar.

  4. Musiqiy-ritmik intellekt-qo‘shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqaasbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so‘zlashi ritmli, ozichasezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor,musiqachi, qo‘shiqchi, raqqoslar.

  5. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o‘ynash va ulargao‘rgatishni yaxshi ko‘radi, turli holatlarda yetakchi bo` lib qoladi, hamdardlikni, boshqalargag amxo‘rlik ko‘rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo‘lishga intiladilar. Bular diniyxodim, siyosatchi, diplomatlar.

  6. Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi, o‘zinining yaxshi vayomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi,o‘zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko‘radi, oz hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`zxatolaridan ibrat oladi, о z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o‘qituvchi,tarbiyachilar.

  7. Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, o‘simliklarga qiziqadi,tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash,tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo‘jalik xodimlari.

Ayrim bolalar o‘zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq o‘qishlari mumkin. Har bir boladagi o‘z vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho‘qqilarga erishish uchun yo‘l ochib beradi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.
Intellekt ko‘pligi nazariyasining qisqacha bayoni. Bugun ta’lim-tarbiya jarayonini davr talablariga mos ravishda amalga oshirishning eng zarur omili bo‘lgan zamonaviy darsning har biri o‘quvchi-yoshlar uchun o‘ziga xos quvonch doirasiga, har bir ta’lim dargohi esa shodlik maskaniga aylanishi lozim. Xususan, darsga ishonch bilan kelib, o‘z o‘qituvchisini alohida hurmat va e’zoz bilan kutib olish tuyg`usini shakllantirish bugungi kun ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy mezonlaridandir. Uqituvchi dars paytida o‘quvchilarga to‘g`ri yo‘l-yo‘riq berib tursa, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan bolalar faol ishtirokchiga aylanganini o‘zlari bilmay qoladilar.
Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining yuksak shakli. Shuning uchun o‘quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy fikr yurituvchi yoshlargina mamlakatimiz kelajagining porloq bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘sha oladilar.3
Intellekt ko‘pligi nazariyasining qisqacha bayoni. Ma’lumki, o‘quvchi faoliyati butun ta’lim-tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o‘qituvchi turli-tuman usullardan foydalangan holda o‘quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo‘naltirib turadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, psixologik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormokda. Innovastion texnologiyalar, psixologik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar psixologik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi — ular faqat pedagog, o‘quvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday psixologik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: o‘quvchi-talabani dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo‘llash; o‘quvchi-talabalarning o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarining doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlash; o‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish; pedagog va o‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etilishi.
Psixologik texnologiyaning maqsadi — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etib natijaga erishish, o‘quv jarayonida o‘quvchining mustaqil fikrlay olishi, ijodiy ishlay olishi, izlanishi, tahlil eta olishi va xulosa chiqara olishi, shuningdek, o‘ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olishi kerak. O‘qituvchining esa bunday faoliyat uchun imkoniyat va sharoit yarata bilishi o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir darsning mavzusi, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. Psixologik texnologiya yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, o‘quvchi ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan psixologik jarayondir. Fikrimizni quyidagicha ifodalash mumkin.
1980-yillarga kelib Spiremenning yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadbiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.
Gardner o‘z tadbiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadbiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadbiq etishgan. Tadbiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40, 50, 60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadbiqotlarda tadbiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadbiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadbiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktor deb qarashadi. Shaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir. Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda. Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qayerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. Shu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. Chunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.

Download 79.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling