Namangan viloyatida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Ibrat” nomli spektakl hisoboti


Download 1.56 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1613482
Bog'liq
01.04.2023 Muzeyga tashrif


Namangan viloyatida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Ibrat” nomli spektakl HISOBOTI
T eatr orqali inson, jamiyat hayotining o'ziga xos jihatlarini aktyorlar tomonidan mohirlik bilan ijro etilgan, o'zida his-hayajon va ibrat tarbiyasini mujassamlashtirgan sahna ko'rinishlarida chuqur ruhiy va ma'naviy ozuqa oladi.
Talaba-yoshlarning dunyoqarashlarini kengaytirish va ma'naviyatlarini yuksaltirish maqsadida o'tkazilayotgan “Teatr haftaligi” doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida “Ibrat” spektakli namoyish etildi.
Spektakl davomida, talaba-yoshlar ma'rifatparvarlik harakatining yorqin vakili, Namangan farzandi Is'hoqxon To'ra Ibrat hayoti, uning o'lkada ilm-ma'rifat taraqqiyoti uchun chekkan mashaqqatlari, yurtimiz hududidagi ilk matbaachilik harakati asoschisi ekanligi, xalqi uchun umrini baxshida etgan inson sifatida yod etilishi sahna ko'rinishlari orqali ta'sirchan tarzda yoritib berildi.


Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishla bo‘yicha dekan o‘rinbosari : X.Raximov


Pedagogika fakul’tet dekani: dost. O‘.Abdullayev
Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling